Nemis adabiyoti tarixi
YANGI POSTMODERN ADABIYOTNING VUJUDGA KELISHI
Download 5.22 Mb.
|
Karimov SH Nemis adabiyoti tarixi darslik 2009
17. YANGI POSTMODERN ADABIYOTNING VUJUDGA KELISHI
Patik Zyuskind Robert Shanyder Germaniya voqeligi manzaralarini gavdalantirgan asr so’nggi adabiyoti bilan bir qatorda Yevropada mazmun va qurilishga ko’ra yangicha bo’lgan adabiyot yozilish uslubiga ko’ra an’anaviy adabiyotdan keskin farqlanuvchi postmodern adabiyot paydo bo’ldi. Bu yangilik ilk bora italyan adabiyotshunosi Umberto Eko asarlarida o’z tajassumini topgan. Uning 1980-yilda e’lon qilingan romani “Atirgul nomi” (Der Name der Rose) unga jahoniy shuxrat keltirdi. Amerikalik Paul Auster “Oynavand shahar” (Oynadan qurilgan shahar) “Stadt aus Glas” (1985) asari bilan postmodern adabiyotining tamal toshini qo’yganlardan. Haydelberglik germanist Manuela Kopp-Marksning ta’biriga ko’ra “Madonna” (2005) – postmodern yo’nalishidagi roman bo’lib mazkur yo’nalishning keng qamrovli nazariy tahlili va bahosi o’z ifodasini topgan. Muallif unda real hayot chizgilarini bermasdan, aksincha sub’yektiv xayolot dunyosini tasvirlaydi. Ob’yektivlik asarda xotirot, xayolot va orzular, o’tmishni qumsash kayfiyati va hayoliy kelajakni kutib yashash hislari uyg’unligidagi sub’yektivlik tomonidan siqib chiqariladi. Bu holatlar zamirida hikoya maromning psixologik omillari oldingi planga chiqadi. Bu mazmun va strukturaga yangicha yondashuv janrning yo’nalish formalaridan kengroq tashqariga chiqishga olib keldi. Postmodernga xos hikoya ko’pincha tarixiy epizodlar, detektiv roman, utopiya yoki oddiygina trillerdir. Janr sifatidagi yangi qorishiq forma shu tarzda dunyoga keldi. O’zlashmalar, sitatalar va hayoliylik texnikasi asarda G’arb va Sharq falsafasi nafasi bilan ufurib turadi. Manuella Kopp-Marks o’z izlanishlarini mulohaza bilan “Petrarka va Madonna oralig’i” deb ataydi. Postmodernda o’tmish va bugun bog’lanadi, Dantening ilohiy komediyasi, Servantes va uning shamol tegirmonlari bilan kurashgan Don Kixoti, va nihoyat Madonnaning pop-art (ommabop san’at)ini qamrab olinadi. Shaxsiy va o’zlashma detallar chegarasi, sitata va plagiat (ko’chirmachilik) chegaralari unda buzilib ketadi. Download 5.22 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling