Nemis adabiyoti tarixi


Download 5.22 Mb.
bet32/95
Sana22.09.2023
Hajmi5.22 Mb.
#1684572
TuriУчебник
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   95
Bog'liq
Karimov SH Nemis adabiyoti tarixi darslik 2009

Krista Volf (1929)1
Y osh GDR adabiyotining Diter Nyoll, Robert Becher, Bruno Apitz kabi namoyondalari, Anna Zegers, Bertold Brecht kabi vakillari davlat mafkurasiga moyilliklarini ifodalagan asarlar yaratgan bir paytda, voqelikka tanqidiy nazar bilan boqqan va bu reallikni asarlariga ko’chirgan Rayner Kuntse, Yurek Bekker, Krista Volf va Ulrix Pflentsendorflar mansub bo’lgan guruhi ham bor edi. O’tgan asrning yetmishinchi yillarida ayrim mualliflarning asarlari tazyiqqa uchragan GDRda depressiv tadbirlar o’tkazila boshlagan paytlarda ko’plab mualliflar Germaniyaning g’arbiy hududlaridan boshpana topdilar.
Ular orasida Rayner Kuntse, qo’shiqchi va shoir Volf Biyermannlar bor edilar. Ammo GDR adabiyotining mashhur vakilasi Krista Volf Germaniyaga demokratik respublikasida qolishni maqbul ko’rdi. Krista 1929-yilda Sharqiy Germaniyaning Landebergdagi Varte degan kichik shaharchada tavallud topdi. Yenadagi Shiller universitetida germanistikadan saboq oldi. O’z asarlari bilan juda erta muxlislar orttirgan adiba asarlari nufuzli mukofotlarga loyiq ko’rilgan. Ular orasida GDRning “San’at va adabiyot uchun” milliy mukofoti, Georg Byuxner mukofoti kabi e’tiroflar bor. Muallif Germaniyaning har ikkala qismida birdek suyib o’qilgan. Uning “Bo’lingan samo” (Der geteilte Himmel, 1963) qissasi GFRda 1973-yili chop etilgan. Mazkur asarda Krista Volf shakl va tabiiy mazmun mushtarakligiga – ravon til va tabiiy mazmunga erishgan bo’lib, unda nemis zamini va millatining bo’linishi muammosini qayta jonlantirgan. Bo’lingan samo bo’lingan mamlakat ramzi sifatida ifodalangan: yosh oshiq-ma’shuqlar bu bo’linish qurbonlari. Bu juftlik Rita Zaydel va Manfred Xerrfurt g’arbu sharq bo’linishi oqibatida o’zaro ko’rishish imkonidan mahrumlar. Yosh olim Manfred martaba ilinjida g’arbga (G’arbiy Germaniyaga) yo’l oladi, yosh o’qituvchi Rita Sharqda qoladi. Kutilmaganda bunyod etilgan Berlin devori bu ayriliqning uzil-kesilligiga sabab bo’ldi.
Ammo muhimi voqealar o’zgarishining motivlaridir. Rita Saharqiy Germaniyada qoladi, chunki u yer uning Vatani, u yerda uning do’stlari yashaydilar, ular iliq insoniy munosabatlar – axloq, birdamlik va boshqa fazilatlar bilan bog’langanlar.
Bo’lingan samo” GDRdagi mavjud tuzumga befarq emas. Unga tanqidiy nigoh bilan qaraydi. GDRda odatiy sanalgan kollektiv ong haqidagi tushunchalar asar qahramonlari tomonidan salbiy qarshi olinadi. Millatni boshqaruvchilar va nazoratchilarning sobit qadam emasliklari, shuningdek, partiyadagi mansabparastlarning o’z kelajaklariga ishonchsizligi qayd etilgan asarda o’z ifodasini topgan. Krista Volfning GDRdai tartib-qoidalarga tanqidiy munosabati keyingi asarlarida ham, jumladan “Krista haqida o’ylar”da (Nachdenken über Krista, 1968) gavdalantirilgan. Bunda u davlat tomonidan olib borilgan qatag’on jarayonlarini qalamga oladi. Bu bilan u o’zining professional mahorati, axloqiy, insoniy fazilatlarini namoyon qildi. Hozirgi kunda adiba Berlinda yashab ijod etmoqda. vaqti-vaqti bilan turli adabiy anjumanlarda va konferentsiyalarda jamoatchilik e’tiborida bo’lib turadi.

Download 5.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling