Nemis tili va adabiyoti kafedrasi


II. bob bo’yicha xulosalar


Download 180.97 Kb.
bet10/13
Sana10.02.2023
Hajmi180.97 Kb.
#1187359
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Chet tilini o\'rganishda madaniyatlar aro munosabatni shakllantirish

II. bob bo’yicha xulosalar
Xulosa qilib aytish mumkinki, nemis tilini oʻrganishni osonlashtirish uchun oʻquvchilar eʻtiborini ingliz va nemis tillardagi mosliklar va farqlarni topishga yoʻnaltirish kerak. Xorijiy tillarni oʻqitish kompetensiyasi oʻquvchining xorijiy til boʻyicha egallagan bilim, koʻnikma va malakalarini kundalik hayotda, aniq bir sohada amaliyotda qoʻllay olish qobiliyatini shakllantiradi.
YUqoridagilardan tashqari o`quvchilar matn muallifi haqida to`liq ma`lumotlarga ega bo`lishi, uning ismi, sharifi, tug’ilgan joyi, kasbi, tahallusi kabilarni xotirasida saqlab qolishi shart. O`quvchi matn qaysi janrga mansubligini u maqolami yoki esse, ocherk, hikoya, inter’vyu ekanligini ajrata olishi, farqlashi muhim ahamiyat kasb etadi.
O`quvchi matnni o`qir ekan, unda ko`tarib chiqilgan muammolarni va avtorning fikrini, nima demoqchi ekanligini ilg’ab olishi, idrok etishi zarur. Ko`p kitob o`qigan o`quvchi muallif qo`llagan tasviriy vositalarni tez fahmlaydi, idrok eta oladi. O`quvchi tanlangan matn, maqola yoki biror ilmiy asar bo`lsa, u vaqtda foydalangan adabiyotlar ro`yxatini ko`zdan kechirishi tavsiya etiladi.

UMUMIY XULOSA
Ushbu bobda madaniyatlararo muloqot atamasiga hozirgi kun nuqtai nazaridan ta`rif berildi. Til vositasida amalga oshadigan muloqotning turli vaziyatlariga tayyorlash muammolariga e`tibor qaratildi. Muloqotni o`rgatish uning maqsadi (xabar berish, ko`ndirish, so`rash va h.k), predmeti (mavzusi, nima haqidaligi), vaqti va kimga qaratilganligi (sharoiti) kabi tushunchalar farqlandi. O`quvchilarga muloqot boshlashdan oldin kim bilan suhbatlashishi, nima haqida gapirishi, muloqot qaerda va qachon bo`lishi va undan ko`zlangan maqsadni aniqlab olish kerakligi o`rgatildi. Juft nutq shaklidagi muloqot jarayonida uning verbal va noverbal tomonini inobatga olish xususida fikr yuritildi.
Nemis tili amaliy mashg’ulotlarida madaniyatlararo muloqot layoqati shakllanganlik darajasini nazorat qilish texnikasi ishlab chiqildi. Nazorat maqsadi, xususiyatlari, vositalari, shakllari, obyekti, vazifalari kabi dolzarb metodik muammolar yuzasidan qisqacha ilmiy muloҳazalar yuritildi. Nemis tilidan darsdan tashqari ishlarni tashkil etishda o`qish va tinglab tushunish ya`ni nutq faoliyati turlarining retseptiv va reproduktiv (passiv nutq) jihatlari shakllantiriladi

Kurs ishining yakunlovchi ushbu bobida til o’rganuvchilarning nemis tilida o`qish orqali og’zaki nutqini o`stirishga mo`ljallangan tajriba-sinov jarayoni va natijalari o`z ifodasini topgan.

Nashr etilgan nemis tili darsliklari va qo`llanmalarida mamlakatshunoslikka oid matnlarning berilishi tahlil qilindi. Matnni o`qib undan foydali axborot olish o`quvchilarning intellektual qobiliyatlarini o`stirishga hizmat qilishi va ularning oғ’zaki nutq ya`ni nutq madaniyatini rivojlantirishga xizmat qilishi aniqland. Shu bilan birga ushbu bobda matnlarga qo`yiladigan talablar yoritib o’tiladi. Unda o`zbek metodist olimlaridan professor J.J.Jalolov fikri keltirib o’tiladi, yani, o`qilgan matn mazmunini rollarga kirib ijro etish, matndagi qahramonlar fikrini o`z so`zlari bilan bayon etish mustaqil fikrlashga va o`z fikrini erkin ifodalay olishga undashi aaytib o’tiladi. SHu bois, o`qish ta`lim-tarbiyaning muhim vositasi matnlarni tanlashda quyidagi metodik talablarga amal qilindi: (1) tanlangan matnlar o`quvchilarning yosh xususiyatlariga mos kelishi; (2) o`quvchilarga tavsiya etilayotgan matnlar, ularning ma`naviy saviyasini shakllantirishga xizmat qilishi; (3) taqdim etilayotgan matnlarda tili o`rganilayotgan mamlakatning siyosiy va ijtimoiy tuzilishi, milliy madaniyati, urf-odati to`g’risidagi boy ma`lumotlar o`z aksini topganligi; (4) matnlarni tanlashda nemis tili til normasi o`z aksini namoyish etishi, ular ilmiy-publitsistik bo`lishiga e`tibor berish. O`qituvchi badiiy janrdagi matnlar bilan birga, ilmiy sohaga oid matnlarni tanlashi ham mumkin. Bunday matnlar bilan ishlash o`quvchilarni ilmiy izlanishlarga tayyorlab boradi.




Download 180.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling