Nemis tilida yaratilgan adabiyot manbalari
Download 0.57 Mb.
|
NEMIS adabiyotchilari 203
YENA ROMANTIZMI
Friydrix Shlegel (Friedrich Schlegel) Friydrix ShlegeJ nemis romantizminiiig buyuk nazariyotchisidir. U madaniy ao‘analarga ega byurger oilasida 1772-yilda dunyoga kelgan. Adabiy ijod bilan u yoshligidanoq shug‘ullana boshlagan. Yosh Shlegelning estetik va ijtirnoiy-siyosiy qarashlari uning "Yunon she'riya-tini o‘rganish haqida" (Uber das Studiutn der grechischen Poesie, 1797), "Respubli-kanizm tushunchasi tajribasida" (Versuch iiber den Begriff des Republikanismus, 1796), Georg Foster- 1797, „Lessing haqida" (Uber Lessing, 1797) kabi ishlari-da namoyon bo‘lgan. Qayd etilgan risolalarda F. Shlegel ilg‘or e'tiqod kishisi sifatida namoyon bo‘ladi. "Yunon she'riyati haqida" nomli maqolasida RShlegel antik va zamonaviy yozuvchilar ijodini o‘zaro muqoyasa qilib, ular o‘rtasida demarratsion chiziq o‘tkazishga intiladi. Qadimgi yunon adabiyotining farqlanuvchi belgisini Shlegel obyektivlik va obrazlar plastikligida ko‘radi. Yosh Shlegelning erkparvarligi uning "Georg Forster" nomli maqolasida o‘z ifodasini topgan. Nemis inqilobchisi G.Forster fikrlaridagi mustaqil obraz, har qanday kuch ishlatishga nisbatan nafrat F.Shlegelga ma'qul keladi. "Lessing haqida" nomli maqolasida esa u har qanday turg‘unlikka qarshiligi, ozodlik uchun kurashchilarga moyilligini ko‘ramiz. F.Shlegel R.Lessingni "ncmis asrining Prometeyi" deb ataydi. F.Shlegel estetik nuqtai-nazarlarini tushunishida "Vilxelm Mayster xarakteristikasi" (tavsifi) muayyan qiziqish uyg‘otadi. Mazkur maqolada Gyote romani poeziya mohiyatini o‘zida mujassamlashtirgan durdona, davr asari sifatida baholanadi. o‘z fikrini rivojlantirib, F.Shlegel "Vilxelm Mayster"ni o‘z ahamiyatiga ko‘ra Fransuz inqilobi kabi tarixiy voqea va Fixte falsafasi bilan bir qatorga qo‘yadi. Chunki tarixiy moment monarxik tuzumni yo‘q qilish, burjua munosabatlarining shakllanishi va Fransiyadagi inqilobiy hodisalar Shlegel fikricha "xususiy manfaat"larning g‘alabasidan guvohlik beradi. Fixte dunyo markaziga o‘z "Men"ini qo‘yar ekan, kardinal o‘zgarishlarni falsafiy nuqtai nazardan siyosiy umumlashtiradi. Gyote esa sodir bo‘lgan ijtimoiy-siyosiy o‘zgarishlarni estetik jihatdan idrok etib, insonning rivojlanish jarayonini diqqat markaziga qo‘yadi. Romantizm nazariyasi F.Shlegelning "Parchalar" (Fragmente) degan tadqiqotida 1798 yilda ifodalangan. "Romantik poeziya, deb yozadi, -Shlegel, - taraqqiyotparvar, universal poeziyadir" Romantik poeziya-ning ikkinchi muhim belgisi unversallik bo‘lib, san'atkor-shoir voqeilikni har tomonlama tasvirlashga intiladi. Romantizm poetik hisoblangan barcha narsani, eng buyuk, muntazamlik asosiga qurilgan san'at asarlaridan tortib, to sevgi izhori-yu e'tirofigacha, bolalik soddaligigacha qamrab oladi. Bu holda F.Shlegel o‘z tarifini klassisizm estetikasiga, ya'ni sao‘atkorni faqat axloqiy yuksak holatlar va voqealarni aks ettirishi-gagina qarshi qo‘yib, romantiklar klassisistlardan farqli o‘laroq adabiyot chegaralarini kengaytirganliklari voqelikni barcha ko‘rinish-larini aks ettirishga qaratganliklarini alohida uqtirdi. Ular badiiy ijod faqat go‘zallikni aks ettiribgina qolmay, romantik iddeallar pozitsiyasidan turib jirkanch, tuban narsalarni ham ifodalashi lozimligini uqtirdilar. San'at predmeti mundarijasini kengaytirish romantiklarni jiddiy xizmatlari hisoblandi. Romantiklar badiiy ifoda doirasini kengaytirib, tanqidiy realism nazaryasini tayyorlashda katta ijobiy rol o‘ynadilar. Shuni qayd etish o‘rinliki, F.Shlegel romantizmni tarixan mahalliy hodisa deb, faqatgina XVIII asr oxiri XIX asr boshi bilan chegaralamaydi, u adabiyotdagi romantik unsurlarni o‘rta asrlar va uyg‘onish davri adabiyotida ham ko‘radi. "Romantik ruh"ni deb yozgan edi, Shlegel "Roman haqidagi xafida qadimgi va yangi shoirlar, V.Shekspir va Servantesda, italyan she'riyatida, ritsarlik asrida muhabbat va ertaklar olamida qidiraman va topaman. Romantizm, - deb davom ettiradi u alohida janr bo‘libgina qolmay, har qanday poeziyaning zaruriy elementidir, u (romantizm, Sh.Karimov) oz yoki ko‘p darajada badiiy asarda hukmronlik qilishi yoki ikkinchi planga surilishi mumkin, ammo butunlay bo‘lmasligi mumkin emas" deydi F.Shlegel. Download 0.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling