Nemis tilida yaratilgan adabiyot manbalari


Ma'rifatparvarlikning ikkinchi


Download 0.57 Mb.
bet9/17
Sana26.02.2023
Hajmi0.57 Mb.
#1233037
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   17
Bog'liq
NEMIS adabiyotchilari 203

Ma'rifatparvarlikning ikkinchi davri (60-yillar) hayotni tasvirlashning realistik tamoyillari g‘alaba qilishga olib keldi.
Ma'rifatparvarlilming bu davri tepasida G.E. Lessing turar edi. U o‘zining "Loakoon", "Hamburg dramaturgiyasi" asarlarida ma'rifat-parvarlik realizmi asoslarini ishlab chiqdi. Ma'rifatparvarlik realizmi bu uyg‘onish davri realizmidan keyingi jahon reaslistik sao‘ati rivojlanishining navbatdagi bosqichidir. Ma'rifatparvar realistlar (Lessing, Shiller, Gyote) o‘zlari zamondosh bo‘gan jamiyatning ziddiyatlarini o‘z pozitsiyalaridan turib ifodalaydilar. Hayoming tarixiy haqiqati manzaralarini chizadilar. o‘z asarlarida ijobiy qahramon obrazini yaratar ekanlar, ularni yuksak ma'rifatparvar davrning peshqadam kishilari etib tasvirlaydilar. (Lessingning "Odoardo", "Minna fon Barmhelm", "Shillerning Ferdinand", "Luisa Miller" va b.) Ma'rifatparvarlik realizmida ikki qatlam ko‘zga tashlanadi: real (bema'niliklami fosh etuvchi) va ideal (go‘zallikni ezgulikni ezozlovchi ideal). Ammo ma'rifatparvarlik nuqtai nazaridan "ideallik" o‘ylab topilgan, to‘qib chiqarilgan narsa bo‘lmay, hayotdan olingan va katta obyektiv mazmunni o‘zida mujassamlashtirgan bo‘lmog‘i lozim.
Bu kayfiyat Gyote va Shillerning ilk ijodida to‘laligicha o‘z tajassumini topgan.
Uchinchi davr yozuvchilari (70-80 yillar) o‘zlarini shtyurmerlar deb atab, o‘zlari mansub yo‘nalishni "Bo‘ron va hujum " (Sturm und Drang) deb nomlaganlar.
Shtyurmerlik adabiyoti isyonkor qahramonning qaror topishi, unda katta hayotiy konkretlik, yorqin ifodalangan individual chizgilar bo‘lishi bilan xarakterlidir.
Nemis ma'rifatparvarlik adabiyotining to‘rtinchi bosqichi (XVHI asr, 80-90 yillarning ikkinchi yarmi) klassisizm tendensiyalari alohida, "Vaymar varianti"da qayta jonlangan. Bu yo‘nalish amaliy jihatdan samarasiz bo‘lgan shtyurmerlar isyonkorlariga javob tarzda bunyodga kelgan edi. Nemis xalqi inqilobiy kurashga tayyor emas. Voqelikni inqilobiy yo‘l bilan o‘zgartirishdan hafsalasi pir bo‘lgan Gyote va Shiller gumanizm insoniyatni estetik tarbiyalash tomoniga moyil deb hisoblaydilar.
"Vaymar klassisizmi"ning eng namunali asarlari qatoriga Gyotening
"Ifigeniya tavridda" , Shillerning antik mavzudagi she'rlari,
"Yunoniston xudolari" kiradi. Vaymarda XVIII asr fransuz inqilobi arafasida va jarayonida yaratilgan yuqoridagi asarlar qahramonlari isyonkor tarzda emas, gumanistik fikrlovchi kishi sifatida, o‘z insoniyligi bilan atrofidagilarga ijobiy ta'sir etuvchi kishi sifatida ifodalanadi. "Vaymar klassisizmi"da eng avvalo hayotning ijobiy, ideal xodisalari o‘z ifodasini topgan. o‘zida yuksak ijobiy ideallarni mujassamlantirgan axloqiy go‘zal inson bunday asarlarning qahramonlaridir (Ifigeniya, Tasse, Vilhelm Tell, Hoappa va b.). "Vaymar klassisizmi" garchi boshqa yo‘nalishlardan ayricha ish ko‘rgan bo‘lsa ham, tarixning katta haqiqatini aks ettirishda realizmga yaqin edi.



Download 0.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling