Nemis tilida yaratilgan adabiyot manbalari


Download 0.57 Mb.
bet7/17
Sana26.02.2023
Hajmi0.57 Mb.
#1233037
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17
Bog'liq
NEMIS adabiyotchilari 203

HANS GRIMMELSHAUZEN

KGrimmelshauzen XVII asrning yirik adibi hisoblanadi. Uning hayoti va ijodi adabiyot tarixida yaxshi o‘rganil-magan, tarjimai holiga dahldor ko‘p tomonlari hozirgacha noma'lumiigicha qolmoqda.


Grimmelhauzen o‘z asarlarini turli taxalluslar bilan chop etganligi bois, bu kitoblarning haqiqiy mualliflari noma'-lumligicha qolmoqda. Faqat XIX asrdagina uzoq izlanishlardan so‘ng "Simplisismus"-
ning haqiqiy muallifi H.Grimmelshauzen ekanligi ma'lum bo‘ldi. Adibning ota-onalari Shvarsvalddagi Gelnhauzen shahrining o‘rta hol fuqarolari bo‘lganlar. 30 yillik urush boshlarida u ota-onasidan ajralib yetim qolgan. 1634 yilda uning ona shahri imperiya qo‘shinlari tomonidan talon-taroj qilinadi. Bo‘lajak adib beixtiyor 30 yillik urush guvohi va ishtirokchisiga aylanadi. Urush nihoyasida, 1648 yilda, u xalq kotibi martabasida edi. Hech qaysi yozuvchi H.Grimmelhauzen kabi urush uqubatlari va azoblarini ko‘rmagan, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.
Grirnmelshauzen adabiy faoliyatining boshlanishi XVII asrning 50-60 yillariga to‘g‘ri keladi. U o‘zining eng yaxshi asarlarida keng demokratik doiralaming orzu-umidlarini, urush tufayli hech vaqosi qolmagan fuqarolarning armonlarini aks ettirdi. o‘zi guvoh bo‘lgan davrining ijtimoiy-siyosiy masalalarini ko‘tarib chiqishga jasorat topa oldi va asarlarini turli taxalluslarda bitdi.
Uning eng mashhur va yorqin asari "Nemis Simphsismusining sarguzashtlari" (Der abenteuerliche Simplicismus Deutsch, 1668) romani bo‘lib, keyin "Kuraj", "Girring Insfeld", "Simplisismusning davomi" va boshqa asarlarini e'lon qildi. Ammo qayd etilgan ilk asarlaridan keyingilari g‘oyaviy-badiiy jihatidan kuchsiz edilar. "Simplisismus" sahifalarida o‘ttiz yillik urush natijasida rutubatli, toptalgan, haqoratlangan Germaniya yorqin aks ettirilgan.
Bosh qahramon Simpliziy taqdiri yuqorida tasvirlangan manzaralarda tasvirlanadi. Uning bolalikdan to ulg‘aygunchalik hayoti mungli ohanglarda chiziladi.

ANDREAS GRIFIUS (1616-1664)


XVII asrning yana bir yirik nemis shoiri va dramaturgi A.Grifiusning ijodiga muqarrar fojeaviylik xos xususiyatdir.


Pastor (rohib) oilasidan chiqqan, yoshligi turli cheklovlar tufayli qiyin-chilikda o‘tgan, ammo Hayden univer-sitetida (Hollandiya) yaxshi tahsilga muyassar bo‘lgan shoir bir necha xorijiy va klassik tillarni o‘rgangan, dunyo-qarashi keng iqtidorli kishi bo‘lgan. 1649-yildan to umrining oxirigacha Grifius o‘z ona shahriGlogauda (Sileziya) sindik1 lavozimida ishlagan. Tabiatan ta'sirchan va haqiqatgo‘y bo‘lgan shoirga 30 yillik urush tufayli vayronaga aylangan o‘z yurtining fojeali taqdiri og‘ir kechinmalar tarzida qabul qilinadi. Shu bois hayot uning yuzida qiynoq va iztiroblardan tashkil topganday tasavvur qoldiradi. Yagona taskin uningcha shuki, foniy dunyo - bu o‘tkinchi va bir zumlikdir.
Grifiusning lirik poeziyasidagi pessimistik ohanglarning katta kuch bilan berilishi, uning syujetlari satira va epigrammalari XVII asr nemis she'riyatining cho‘qqisi, deb e'tirof etilishishi ham shundan.
Mashhur "Ona yurt ko‘z yoshlari" (Tranen des Vatkerlandes 1636) syujetida tahqirlangan Germaniyaning ayanchli manzarasi berilgan, zero bu tuproqda yong‘in, ajal va qora bulutlar hukmron. Bu zaminda o‘g‘lonlarni o‘lim kutadi, qizlarning nomuslari toptalgan.
Ammo Grifius lirikasi to‘laligicha qora ranglarda, desak uncha to‘g‘ri bo‘lmaydi. Uning optimistik ohanglardagi she'rlari ham yo‘q emas. Bunday she'rlarda baxt haqidagi tasavvurlar iztirob va qiyinchiliklar haqidagi o‘ylar bilan omuxta bo‘lib ketadi. Grifius ijodiy merosining muhim qismini dramaturgiya band etadi. U 5 tragediya va 3 komediyaning muallifidir. Mazkur asarlarda ham lirikasida bo‘lgani kabi voqelikning pessimistik io‘ikosi o‘z ifodasini topgan. Grifius tragediyalarida g‘oyaviy va badiiy jihatdan qarama-qarshi munosabatlar ko‘zga tashlanadi. Yozuvchi qisman klassisizm tamoyillaridan kelib chiqsa-da, ayni zamonda barokko adabiyotining kuchli ta'sirida bo‘lgan. Uning IX asr Vizantiya tarixidan olib yozilgan "Lev Armani" (Leo Arminius, 1646), "Gurjistonli Yekaterina" {Chatrina von Georgien, 1647), "o‘layotgan Papinion" (Der sterbende Papinionus, 1659) kabi tragediyalari, milliy kolorit va realistik tendensiyalar blian yo‘g‘rilgan "Qovushmagan hazil yoki janob Peter Skvens" (Absurda comica, oder Herr Peter Sqwenz, 1650) "Sevimli atirgul" (Die geliebte Dornrose, 1660) komediyalari sevilib tomosha qilingan asardir.



Download 0.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling