Nemis tilida yaratilgan adabiyot manbalari


XVIII ASR BIRINCHI YARMIDA MA'RIFATPARVARLIK ADABIYOTI


Download 0.57 Mb.
bet8/17
Sana26.02.2023
Hajmi0.57 Mb.
#1233037
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   17
Bog'liq
NEMIS adabiyotchilari 203

XVIII ASR BIRINCHI YARMIDA MA'RIFATPARVARLIK ADABIYOTI

1. Adabiyotda "Bo‘ron va hujum" davri 2. Herdervajahon adabiyoti


3. LGottshed - nemis marifatparvarligi tashabbuskori 4. G.E. Lessing - nazariyotchi, tanqidchi va dramaturg 5. Romantizm. Yena romantizmi
Mavzuga doir tayanch so‘z va iboralar: laokoon, tadqiqotning tarixiy metodi, estetik idrok yo‘llari, "Bo‘ron va hujum" yo‘nalishi, Shtyurmer, klassisizmning Vaymar varianti.
Germaniya XVIII asrda rmlliy siyosiy birlikka ega bo‘lmagan, bir-biri bilan yaxshi munosabatda bog‘lanmagan feodal davlatlar yig‘indisidan iborat edi. Mamlakatni 300 dan ortiq hukmdorlar boshqarar edi. Ularning har biri o‘zi hokim bo‘lgan davlatda hayotning barcha jabhalarda o‘ziga ma'qul bo‘lgan siyosatni olib borar edi.
Mamlakatning milliy-siyosiy parokandaligi nemis jamiyatining iqtisodiy va madaniy taraqqiyotiga monelik qilar edi. Bu muammolarni hal etish uchun barcha nemis peshqadam ma'rifatparvarlari va yozuvchilari kurashar edilar.
XVIII asrda Germaniya taraqqiyot kuchlari o‘ta kuchsiz edilar. Germaniyaning peshqadam kishilari yorqin kelajakni vatan adabiyotida deb bilardilar. Faqat adabiyotgina barcha g‘oyalaming tashuvchisi rolini bajardi. Ijtimoiy-siyosiy tazyiqdan norozilik kayfiyatlari adabiyotda o‘z ifodasini topdi. XVIII asr adabiyotiga bir qator buyuk yozuvchi ma'rifatparvarlarni yetishtirib berdi. (Lessing, Herder, Gyote, Shiller va b.) Ularning pozitsiyalari Yevropa ma'rifatparvarligi ideallari bilan hamohang edi.
Ma'rifatparvarlik harakati ayniqsa, Fransiyada ravnaq topgan bo‘lib, u Volter, Didro, Russo kabi buyuk ma'rifatparvar va ijtimoiy adabiy arboblarni kashf etadi. Nemis ma'rifatparvarlari Germaniyaning qoloqligi tufayli o‘z ijtimoiy-siyosiy qarashlarida nisbatan mo‘tadil edilar. Shunga qaramay, ularning barchasi antifeodal kayfiyatda bo‘lib, knyazlar despotizmini, siyosiy passivlikni qoralar edilar.
VIII asrda Germaniyada falsafa ilmi muvaffaqiyatlarga erishdi. Nemis yozuvchi- ma'rifatparvarlari ayni zamonda faylasuflar ham edilar. Ular o‘z falsafiy risolalarida insonni gumanistik ruhda tarbiyalash masalalarini qo‘yar, san'at turlarining o‘ziga xosliklari, muammolarini ishlab chiqar, estetik idrok yo‘Uarini o‘rganar, fanga tadqiqotning tarixiy metodini joriy qilar, inson didi va qarashalari uning nuqtai nazari bilan bog‘liqligini o‘rganar edilar.
Nemis marifatparvariik adabiyoti o‘z taraqqiyot jarayonida to‘rt bosqichni bosib o‘tadi.
Birinchi davr XVIII asrning 20-50 yillariga to‘g‘ri keladi, bu davrda asosan klassisizm hukmronlik qilgan.
Klassisistlar manba qidirib, tarixiy o‘tmishga murojaat etadilar. Ularning ijodida yashovchan zamonaviylik o‘z ifodasini topmagan. Poetik so‘zdan ular o‘z axloqiy-siyosiy harakatlarini targ‘ib etuvchi vosita sifatida foydalanishgan. 40- yillarda klassisizm o‘rnini realistik byurger adabiyoti egallay boshaydi. Ularning namoyandalari (Gellert va b.) o‘zlari zamondosh bo‘lgan voqelikni ifoda eta boshlaydilar. Ularning ijobiy qahramonlari endi Gottshed tasvirlaganday "temir qalbli" kishi bo‘lmay, eng oddiy byurger. Unga hissiyot ham, insonparvarlik ham begona emas.

Download 0.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling