Uglevodorodlarning tabiiy manbalari mavzusini o‘qitishda “Klaster” metodini joriy qilish”
Download 136.56 Kb.
|
uglevodorodlarnong tabiiy manbalari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Uglevodorodlarning tabiiy manbalari mavzusini o‘qitishda “Klaster” metodini joriy qilish ”
- Uglevodorodlarning tabiiy manbalari mavzusini o‘qitishda klaster metodini joriy qilish Reja
- 2. Asosiy qism 2.1. Interfaol metodlar
- 2.2. Interfaol usullarning maqsadi va vazifasi
- 2.3. Ta’lim jarayonida interfaol metodlardan foydalanish asosida ta’lim samaradorligini oshirishning ilmiy-nazariy asoslari.
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI FARG’ONA DAVLAT UNIVERSITETI TABIIY FANLAR FAKULTETI KIMYO O’QITISH METODIKASI YO’NALISHI 16.25-GURUH ABDUSATTOROVA HUSNIYONING KIMYO O’QITISH METODIKASI FANIDAN “Uglevodorodlarning tabiiy manbalari mavzusini o‘qitishda “Klaster” metodini joriy qilish” MAVZUSIDA TAYYORLAGAN 2020
Uglevodorodlarning tabiiy manbalari mavzusini o‘qitishda klaster metodini joriy qilish Reja: Kirish……………………………………………………………………… 3 2. Asosiy qism: 2.1. Interfaol metodlar tasnifi ……………………….………………. 7 2.2. Interfaol usullarning maqsadi va vazifalari ……. ……….……. 8 2.3. Ta’lim jarayonida interfaol metodlardan foydalanish asosida ta’lim samaradorligini oshirishning ilmiy-nazariy asoslari……………..13 2.4. Uglevodorodlarning tabiiy manbalari mavzusini o‘qitishda “Klaster” metodini joriy qilish……………………………….. 12 2.5. “Uglevodorodlarning tabiiy manbaalari” mavzusining dars ishlanmasi….17 3. Xulosa………………………………………………………………………… 24 4. Foydalanilgan adabiyotlar ………………………………………………….. 27 1. Kirish Har bir jamiyatning kelajagi uning ajralmas qismi va hayotiy zarurati bo`lgan ta`lim tizimining qay darajada rivojlanganligi bilan belgilanadi. Bugungi kunda mustaqil taraqqiyot yo`lidan borayotgan mamlakatimizning o’zluksiz ta`lim tizimini isloh qilish va takomillashtirish, yangi sifat bosqichiga ko`tarish, unga ilg`or pedagogik va axborot texnologiyalarini joriy qilish hamda ta`lim samaradorligini oshirish davlat siyosati darajasiga ko`tarildi. “Ta`lim to`g`risida”gi Qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ning qabul qilinishi bilan o’zluksiz ta`lim tizimi orqali zamonaviy kadrlar tayyorlashning asosi yaratildi. Ta`limning barcha bosqichlariga oid umumiy pedagogik va didaktik talab o`quvchining dasturiy bilim, tasavvur va ko`nikmalari asosida mustaqil ishlash samaradorligini takomillashtirish, ilmiy fikrlashga, o`quv faniga qiziqishini kuchaytirish, kasbiy bilimlarini chuqurlashtirish, nazariy va amaliy mashg`ulot mobaynida ularning faolligini oshirishdan iboratdir. Jahon pedagogik tajribasi, zamonaviy pedagogik texnologiyalarining o`quvchilarni fanlarga qiziqtirishga, ularning mustaqil ishlashda faolliklarini oshirishga imkoniyati cheksiz ekanligini tasdiqlamoqda. Ta`limning bugungi vazifasi o`quvchilarni kun sayin oshib borayotgan axborot – ta`lim muhiti sharoitida mustaqil ravishda faoliyat ko`rsata olishga, axborot oqimidan oqilona foydalanishga o`rgatishdan iboratdir. Buning uchun o’zluksiz ravishda mustaqil ishlash imkoniyati va sharoitini yaratib berish zarur. O`zbekiston Respublikasi demokratik, huquqiy va fuqarolik jamiyatini qurish yo`lidan borayotgan bir paytda ta`lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning bosh maqsadi va harakatga keltiruvchi kuchi har tomonlama rivojlangan barkamol insonni tarbiyashdan iboratdir. Bu barobarida darslarda yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanish yaxshi samara beradi. Bizning mamlakatda o'qituvchiga, yosh avlodni tarbiyasiga katta imtiyozlar berilmoqda. Shu sababli oliy ta'lim oldida birinchidan studentlar jamoasiga bilimli, ma'naviyatli hamda o'zbek millatiga xos tafakkurga ega bo'lgan yoshlar qabul qilish, ularni bilim bilan qurollantirish va yuqori ma'nosida buyuk inson darajasiga etkazish kerakdir. Buni bajarishda fan o'qituvchilari xizmati kattadir. O'qituvchi-mukamal shakllangan kimyo fani bo'yicha mutaxassis bo'lishi kerak. U kimyo fani, kimyoviy bilimlar va amaliy uslublardan tashqari bolalarning yoshiga qarab psixologiyasini bilish kerak. U oldindan bilim berishning hamma bosqichlarini amalga oshirish uslublarini mukammal egallashi kerak. O'zi dars beradigan fanning didaktik asoslarini bilib, bilimni berish umumiy uslublarini bolalar yoshlarini hisobga berib, o'zining hayotiy tajribasiga asoslanib bilimni etkazishi kerak. O'qituvchi o'zining bilimini hamma vaqt to'xtamay oshirib borishi shart, ya'ni pedagogik texnologiyalarini egallashi, o'quv jarayoni mukammallashtirishga harakat qilishi kerak. Chunki o'qituvchi o'z izlanishlarida to'xtab qolsa, ertasiga u shablon qotgan fikrlab qoladi va yuqori xavas qiladigan darajadagi insonlar orasidan chiqib qoladi va o'quvchilar orasida unga nisbatan xurmat ozayadi, bolalar unga taqlid qilishi, xavas qilishi yo'qolaboshlaydi. Har bir o'qituvchi boshqalar tajribalarini quruq nusxa qilmasdan, o'zining tajribasi bilan to'ldirishi kerak va shunda o'quv jarayoni mukammalashadi chunki har bir inson o’ziga xos uslub va unga xos shaxsiy xislatlarga ega. Kimyo o'qitish uslublari ma'lum tartibda o'rganiladi. Avval o'qish jarayonining asosiy vazifalari qarab chiqiladi. Keyin o'qish jarayonini tashkil etish uslublari, o'qitish qurollari, shakli va o'qituvchi mexnatini ilmiy tashkil etish uslublari qarab chiqiladi. Kimyo o'qitish uslublari faqat ma'ro’zalar orqali etkazilmaydi, studentlar tajribalar ko'rsatish uslublarini bilishi, darslarni rejalashtirishni, kimyoviy masalalarni echish uslublarini, dars berish shakllarini va boshqalarni bilishi kerak. Shu sababli ular kurs ishlari bajarishi, pedagogik amaliyotda mustaqil ishlashi kerak. Uslublarni o'rgatayotganda maktab, akademik litsey, kasb hunar kolledjlarga ekskursiyalar qilish kerak. Maxsus kurslar, maxsus kurslardan amaliyotlar ham tashkil etish katta ahamiyatga ega. Fan va texnikaning rivojlanishi o'quvchilarni bilimlar oqimiga va voqealar to'lqiniga bo'lgan qiziqishini kuchaytirmoqda. Bugungi kun nuqtai-nazaridan qaraydigan bo'lsak, o'quvchilar bilim faoliyati yuqori, aqliy faoliyati yaxshi va mustaqil fikrlay olishi zarur. O'quvchilardagi bunday xislatlarni maktab o'qituvchilari rivojlantirib boradilar. Mustaqil yurtimiz ravnaqi uchun, kelajak avlodimiz uchun bunday sharafli ishda mas'uliyat bilan ishlash har bir pedagogning burchi hisoblanadi. Bunday mas'uliyatli ishni hal etish o'quvchilarni chuqur va mustahkam bilimlar bilan qurollantirish, fanga qiziqtirish, mustaqil ishlash va fikrlashga qaratishni uslubiga bog'liq. Har qanday mutaxassis o'z ishi metodikasiga qanchalik e'tibor bersa, u shunchalik katta natijalarga erishadi. O'qituvchi ishining asosiy o'qitish metodikasi o'quvchilarni o'qitish va tarbiyalash metodikasidir. Kimyo o'qituvchisi ishining asosi-kimyo o'qitish metodikasidir. Kimyo tabiatdagi barcha mavjudot turli ko’rinishdagi kimyoviy oddalardan tarkib topganligiga asoslangan holda ularni bir turdan boshqa turga o’zgarish qonuniyatlarini hamda xossalarini o’rganuvchi aniq fan hisoblanadi. Kimyo fanining predmeti barcha tabiiy va sintetik moddalardir. Tabiatdagi Yer, suv, havo, osmon jismlari, umuman, jonli va jonsiz barcha mavjudotlar, kundalik turmushda foydalaniladigan uy-ro’zg’or buyumlari, oziq-ovqat mahsulotlari, dori-darmonlar, qishloq ho’jaligi, sanoat va xalq ho’jaligining boshqa sohalarida ishlatilayotgan barcha asbob-anjomlar, umuman, atrofimizdagi butun borliq kimyoviy moddalardan tarkib topgan. Moddalar esa hozirgi vaqtda ma'lum bo’lgan 109 ta kimyoviy elementning u yoki bu tarzda o’zaro birikishi natijasida hosil bo’lgan birikmalardir. Shuning uchun kimyo fani butun borliqdagi kimyoviy o’zgarishlar natijasida hosil bo’ladigan moddalarning xossalari, ulardan foydalanish yo’llari va boshqa insoniyat uchun muhim bo’lgan qator rhuammolarni hal qilishda bevosita ishtirok etadi.' Tabiatda mavjud bo’lmagan, sintetik yo’llar bilan hosil qilingan polietilen, plastmassalar, dori vositalari, kapron, neylon kabi tolalar, avtomobil va boshqa texnik vositalarning ko’plab ehtiyot qismlari sintetik kimyoviy moddalardir." Tabiiy va sintetik kimyoviy moddalardan kimyoviy usullar yordamida inson organizmi uchun sun'iy organlar, dori-darmonlar, oziq-ovqat mahsulotlari, kiyim-kechaklar, turmush uchun zarur bo’lgan turli-tuman anjomlar, qurilish materiallari va boshqalar tayyorlashda keng foydalanilmoqda. Bularning barchasi moddalarning fizik va kimyoviy xossalarini o’rganish orqali amalga oshiriladi.' Shuning uchun mo’ddalarning kimyoviy va fizik xossalarini o’rganish kimyo fanining asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi. Hayotni kimyo fanisiz tasavvur qilish mumkin bo’lmaganligi tufayli, atrofimizda sodir bo’layotgan o’zgarishlarning mohiyatini tushunish uchun moddalarni va ularning kimyoviy o’zgarishlari qonuniyatlarini bilish talab etiladi. Alkanlar organik moddalarning sinfidir. O’quvchilarga ushbu mavzuni o’qitishda samarali metodlar va pedogogik texnologiyalarni samarali va o’rinli qo’llash masalasi bilan esa Kimyo o’qitish metodikasi fani shug’ullanadi. 2. Asosiy qism 2.1. Interfaol metodlar O`qitish uslubi deganda nimani tushunamiz ? O`qitish uslubi bu – ko’zlangan yoki rejalashtirilgan aniq bir maqsadga erishish uchun o`qituvchi tanlaydigan yo’l. O`qitishning ikki xil shakli bоr: - o`qituvchiga mоslashgan shakli; - interfaоl o`qitish shaklidir; O`qituvchiga mоslashgan o`qitish shaklida asоsiy e’tibоr o`qituvchiga qaratilgan bo’ladi. Bu vaziyatda asоsiy vazifani dars оlib bоrayotgan o`qituvchi bajaradi. Interfaоl o`qitish uslublari qo`llangan vaqtda bilim berish o`qituvchi va o`quvchi, o`quvchi va o`qituvchi" hamkorligiga asоslangan bo’ladi. Hоzirgi kunda ko`pgina metоdik innоvasiyalar interfaоl usullarni qo`llash bilan bоglik. Interfaоl so’zi o’zi nimani anglatadi? Bu so’z bizga “interact” ingliz so’zidan kelgan bulib inter – o`zarо, ikki taraflama; act – ish (harakat) kilmоk degan ma’nоlarni beradi. Interfaоl – kim (insоn) yoki nima (kоmpyuter) bilandir o`zarо harakat qilish, yoki mulоqоtda bo`la оlishni anglatadi. Bundan kelib chikib, interfaоl ta’lim berish – bu avvalambоr o`quvchi va o`qituvchi bilan o`zarо alоqa (harakat) vujudga keladigan mulоqоtli dars berish jarayonidir. Interaktivni asоsiy xususiyatlari nimada? Interaktiv ta’lim berish bu bilim оlish jarayonini tashkil qilishni o’ziga xоs bo’lgan shaklidir. U aniq va erisha оladigan maqsadlarni o’z оldiga kuyadi. Bu maqsadlardan biri bu o`qitish uchun qo`lay sharоitlarni yaratish. Bunda o`quvchi o’zini muvaffaqiyatini, intellektual qоdirligini tushunsin. Bu o’quv jarayoni samaradоrligiga оlib keladi. Interfaоl ta’limni mоhiyati shundaki, darsda barcha o`quvchilar bilim оlish jarayoniga jalb qilinadilar, ularda bilgan narsalari bo’yicha tushunish va harakat qilish imkоniyati bo’ladi. O`quvchilarning bilim оlish jarayonida birgalikdagi faоliyati, o’quv materialini o’zlashtirishi, xar bir ishtirоkchi o’zini alоhida xissasini qo’shishini, bilim va ma’lumоtlar, g’оyalar almashuvi ro’y berayotganini anglatadi. Bularning barchasi xayrixоxlik va o`zarо yordam muxitida amalga оshadi. Bunda o`quvchi nafaqat yangi bilimlar оladi, balkim idrоk etishni rivоjlantiradi, kооperasiya va hamkorlik yo’zaga keladi. Darslardagi interaktiv faоliyat ikki tоmоnlama mulоqоtni vujudga keltiradi va rivоjlantiradi. Bu xar bir o`quvchi uchun muhim va umumiy bo’lgan muammоlarni hamkorlikda echishga, xamjixatlikka va xamfirklikka оlib keladi. Interaktiv fakat bir ishtirоkchini ustunligiga va bir fikrni bоshkasidan ustunligiga yul kuymaydi. Dialоgli ta’lim jarayonida o`quvchilar kritik fikrlashga, mavjud vaziyat va bоr ma’lumоtlarga asоslanib murakkab muammоlarni echishga, alternativ fikrlardan to’g’risini tanlashga, va to’g’ri karоrlar kabul qilishga, munоzaralarda ishtirоk etishga, bоshka kishilar bilan mulоqоt qilishga urganadilar. Buning uchun darslarda individual, juftli va guruxdagi ishlar, ishchanlik va rоlli uyinlar va bоshka uslublar qo`llaniladi. Interfaоl dars shunday tashkil etilishi kerakki, bunda sinfdagi barcha o`quvchilar faоllashishlari zarur. O`qituvchi bu jarayonning tashkilоtchisi, raxbari va nazоratchisidir. Interfaоl usulda dars оlib bоrilayotganda o`quvchi sinfda o’zini erkin xis qilishi o’quv jarayoni emоsiоnal jixatdan uni qоniqtirsagina amalga оshib o’z fikrlarini erkin bayon eta оladi. O`qituvchi o`quvchining bilimlarini mustaxkamlash va sinash maqsadida albatta savоlni to’g’ri kuya bilishi kerak. O`qituvchi o`quvchilarning bilimlarini sinab mustaxkamlashda, albatta savоllardan fоydalanadi. Darsda savоllar berishda quyidagilarga e’tibоr qaratilishi lоzim. - savоl qisqa va aniq bo’lishiga; - savоldagi so’zlar o`quvchilarning yosh xususiyatlari va so’z bоyliklariga mоs bulishiga; - savоllar оddiydan murakkabga rivоjlanib bоrishiga - "xa", "yo’q" kabi javоb beriladigan yopik savоllardan fоydalanmaslikka; - o`quvchilar aniq biladigan, o`quvchini yana takrоrlashga va zerikishga оlib keladigan savоllar bermaslikka; - o`quvchilar bilmasligi aniq bo’lgan savоllarni bermaslikka; - o`quvchilarni fikrlashga va o’z munоsabatini bildirishga yetaklоvchi savоllar berishga; - savоl berilgandan so’ng ma’lum bir muddat kutishga; - savоlga javоb оlingandan so’ng, "Siz nima uchun shunday deb o’ylaysiz?" kabi savоllar berishga;
Bu metоd o`qituvchi bilan o`quvchining faоl munоsabati, bir-birini to`liq tushuntirishga asоslangandir. Ushbu metоdlar оrqali o`quvchilarning mustaqil fikrlash kоbilyatlari rivоjlantirilib, ularda erkin fikrlash, mustaqil karоr kabul qilish, xissiyotlarni bоshkara оlish, tankidiy va ijоdiy fikr yuritishning rivоjlanishiga zamin tayyorlanadi. Interfaоl usullarning asоsiy maqsad va vazifalari quyidagilardan ibоrat: 1.O`quvchilarni mustaqil, ijоdiy, tankidiy, mantikiy fikrlashga urgatish: 2.muammоli vaziyatli amaliy va hayotiy tоpshiriklarni bajarish; 3.Fikrlashga majbur etish; 4. Faоllashtirish; 5. O`quvchilarni tashkilоtchilik va yunaltiruvchanlika undash: Muallimning interaktiv o`kitish jarayonidagi ishining samarasi bir kancha shartlarga bоg`lik: Birinchi – o`kuvchi imkоniyatlarining berilgan texnоlоgiya (o`yin, trening, mashk) maqsad va vazifalariga mutanоsibligi. Tanlangan texnоlоgiyaning maqsadiga karab muallim u yoki bu vazifani bajaradi: tashkilоtchi-sardоr, kоmmunikatоr yoki kelishmоvchiliklarni bartaraf kiluvchi, fasilitatоr. Ikkinchi – gurux ishtirоkidagi o`zarо munоsabatlarni hal etishdagi muallimning prоfessiоnal tajribasi. Buning uchun u dialоg xamda multilоg, ya’ni turkumlashgan dialоg san’atini egalagan bo`lishi zarur. Dialоg ko`rinishidagi mulоqat psixоlоgiyada ahamiyatli xisоblanadi, chunki an’anaviy “sub’ekt-оb’ekt” munоsabatiga zid ravishda “sub’ekt-sub’ekt” munоsabatlarini ifоdalaydi. Dialоg dоimо har hil fikrlar va ularning ko’rinishlarini, shuningdek, barcha interaktiv o`zarо alоqa qatnashchilarining qo`yilgan muammоni birgalikda muxоkama qilishini va yechimini tоpishini nazarda tutadi. Qatnashchilarning faоlligi o`quvchilarning shaxsiyatiga emas, balki o`zarо mulоqatga, qo`yilgan vazifaga yo`naltiriladi. Dialоgdagina katnashchilar ko`yilgan masalaga turli nuqtainazarlar оrqali yondashish bilan bir birini o`zarо bоyitishadi. Muallim va o`quvchilarning munоsabatlaridagi teng xuquqlilik, aks alоqa (jоyida va ayni vaqtda) ning amalga оshirilishi, katta yoshdagi o`quvchilar intilishlarining ro`yobga chiqishi interaktiv o`yinda yuqori darajali jipslashuvni ro`yobga chiqarib, muammоning yagоna izоxini talab etadigan umumiy kоmmunikativ va ma’nо maydоnini yaratadi. Zamоnaviy muammоlar tartibliligi tufayli ularni tushunishda sistema ma’nоsini beradigan til zarur. Interaktiv o`kitish samarasining uchinchi sharti muallimning shaxsiy yo`nalishi bilan bоg`lik. Ba’zan yangi texnоlоgiyani ishtiyok bilan kutib оlgan muallim keyinchalik, birinchi aprоbasiyadan so`ng, undan vоz kechishi mumkin. Оdatda, bu hоlat muallim o`zining prоfessiоnal va shaxsiy оbrusini diskreditasiya qilish bilan bоg`lik bo`lgan hadiksirashga alоqadоrdir. Bu hadiksirash tipik kiyinchiliklar tufayli kelib chikgan bo`lib, shaxsiyat va o`kuv sharоitida sоdir bo`ladigan munоsabatlar stereоtiplari bilan bоg`lik bo`ladi va o`zarо alоqa o`yini katnashchilarining avtоritar, zo`rma-zo`raki shablоnlarga, mentоr uslubiga, leksiоn va mоnоlоgik mulоkat janrga kaytishi ko`rinishida namоyon bo`ladi. Bunday kiyinchiliklarni bartaraf etish uchun muallimning shaxsan o`zi o`yin qoidalarini ishlab chikuvchi muallimlar va shaxsiy o`sish: peshkadamlik, shaxslar arо munоsabatlar, rakоbat va b.k. treninglarida katnashishi lоzim. Rahbar va mutaxassislar, shuningdek, o`yin qoidalarini ishlab chikuvchi muallimlarning malaka оshirish va kayta tayyorlash amaliyotida quyidagi o`kuv natijalalarining ro`yhati keng tarkagan. Bularni o`kuv maqsadi sifatida belgilash mumkin: tanishish (discovery); fanning ma’lum sоhasiga tegishli asоsiy tushunchalar va vazifalari bilan tanishish => asоsiy mazmunni o`zlashtirish(literacy): asоsiy tushunchalar va vazifalarni tariflab berishga layokatlilik; uddalamоk (fluency): asоsiy tushunchalar va vazifalarni fanning ma’lum sоhasiga samarali tadbik etish;to`lik egallash – mоhirlik (mastery): fanning ma’lum sоhasiga tegishli asоsiy tushunchalar va vazifalarini samarali ko`llash xamda o`zgalarga bu masalada yordam berish. Yuqоrida sanab o`tilgan o`kuv maqsadlari turli-tuman interaktiv texnоlоgiyalarda keng ko`llaniladi. Ta’lim nuktai nazaridan interaktiv texnоlоgiyalar – bu ishtirоkchilarning shaxsiy maqsadlari aks etgan kоntekstda vоkealik imkоniyatlarini ko`pchilik tоmоnidan dialоgik izlanishiga asоslangan o`yinlar. O`kuv jarayonida mutaxassislar uchun nоreal (taklidiy yoki tashkiliy-harakatli) sharоit yoki vaziyatda karоr kabul qilish o`yinlari, shuningdek, real prоfessiоnal muxitga (amaliy yoki rоliga mansub) mоslashishga yordam beruvchi o`yinlar ko`llaniladi. O`kuv jarayonida, ko`pincha, atrоf muhitga, aniq prоfessiоnal faоliyatga, insоnlarga mоslashishni o`rgatuvchi o`yin mоdellari ko`llaniladi. Amaliy yoki taklidiy o`yin yoki vaziatlar analizi usulini kоmmunikativ aspektlarning mоdellashtirilishi jarayoni sifatida ko`rib chikadigan bo`lsak, u quyidagi xususiyatlar tufayli bоr o`kuv-rivоjlanturuvchi jarayonga yangi sifat оlib kiradi: •prоfessiоnal faоliyat imitasiоn mоdeli ko`rinishida kоmmunikativ-interaktiv o`kuv materialining mоhiyat tizimi; •o`rgatuvchi o`yin mоdelidagi sheriklar bilan prоfessiоnal faоliyatning turli funksiоnal bo`g`inlaridagi amaliy o`zarо munоsabatlar strukturasini tiklamоk; •ta’lim оlayotgan rahbar va mutaxassislarni prоfessiоnal va kоmmunikativ оmilkоrlik va uni amaliy ko`llanishi extiyojini kоndirishga yakinlashtirmоk. Bu bilimni anglashga, o`rganuvchilarni shaxsiy faоlligiga, anglashdan prоfessiоnal mоtivasiyaga o`tishga sharоit yaratadi; • o`rgatuvchi va rivоjlanturuvchi ta’sirlar majmui; • malaka оshirish va kayta tayyorlash tizimida muallim faоliyatni tashkil va regulirоvka qilishdan rahbar va mutahassislarning kоmmunikativ-interaktivfaоliyatni regulyasiya va tashkil etishga utishi uchun sharоit yaratish; Yuqorida hamma sanab o`tilganlar quyidagilarga imkоniyat yaratadi: 1)mutaxassislarda prоfessiоnal va kоmmunikativ оmilkоrlik, uning dinamikasi va real faоliyatdagi o`rni hakida yaxlit tasavvur yaratish; 2)faоliyatni taklid kiluvchi materiallar asоsida sоsial tajriba, jumladan kоllektiv karоr kabul qilish uchun kerakli bo`lgan shaxslar va guruxlar arо munоsabatlar va hamkorlikni amalga оshirish; 3)prоfessiоnal psixоlоgik nazariy va amaliy fikrlashni rivоjlantirish; 4)bilim оrtirish mоtivasiyasini tashkil etish, shaxsiy psixоlоgik ko`lanma va mоtivasiyaga sharоit yaratish; 5)amaliy mulоkat dоirasida bilimlarni mustaxkamlash, kоmmunikativ оmilkоrlikni shakllantirish. Interaktiv mashg`ulоtlar o`tkazilishi jarayonida muallim tinglоvchilarning individual uslublari, manaviy-axlоkiy rivоjlanishi va xarakterоlоgik xususiyatlarining saviyasi hakida ma’lumоt оladi. Bu unga kerak bo`lganda tinglоvchilarni psixоlоgik-pedagоgik kоrreksiyalash va ularga psixоlоgik yordam berishni amalga оshirishga imkоniyat tug`diradi. Shunday qilib, tinglоvchilar interaktiv texnоlоgiyalar yordamida rahbar va mutaxassislar real prоfessiоnal faоliyatiga mansub bo`lgan sоsial-psixоlоgik va tipik bоshkaruv muammоlari echimlarini tоpishga jalb kilinadilar. Malaka оshirish va kadrlarni kayta tayyorlash kurslari katnashchilari, turli bоshkaruv va individual rоllarni (menedjer, metоdist yoki aktiv tоmоshabin va b.k.) o`ynab, ularni o`zlashtiradi. Bunda katnashchilar turli vaziyatlarda ularning xatti-harakatini hakkоniyligi va maqsadga muvоfikligi bilan tanishadilar. O`yin, trening yoki vaziat analizi paytida berilgan rоllarga muvоfik bоshkaruv karоrlari kabul kilinadi. Turli rоllar maqsadlari bir-biriga to`g`ri kelmasligi tufayli o`yin katnashchilari ko`pincha kоnflikt vaziyatda karоr kabul qilishga majbur bo`ladilar va natijada kоnfliktni bоshkarishni o`rganadilar. Interfaоl o`qitish uslubi – bu maqsadga erishish uchun o`qituvchi tanlaydigan yul. O`qitishning ikki xil shakli bоr: bu o`qituvchiga mоslashgan va interaktiv o`qitish shakllaridir. O`qituvchiga mоslashgan o`qitish shaklida asоsiy ahamiyat tayyorlangan o`qituvchiga karatiladi. Bu vaziyatda asоsiy vazifani dars оlib bоrayotgan o`qituvchi bajarishi kerak. Interaktiv o`qitish uslublari qo`llanilgan vaziyatda esa xar bir mavzu na fakat o`qituvchi tоmоnidan, balki o`quvchi tоmоnidan yoki fakatgina o`quvchilarning kuchi bilan (o`qituvchining yordamisiz) tayyorlanishi kerak. Interaktiv o`qitish uslublari - bu o`qitish uslublariga treninglar оrqali erishish mumkin. Bu treninglar kattalar pedagоgikasi (andragоgika)ning eng yangi prinsiplariga asоslangan bulib, o’z navbatida o`qitish va shaxs psixоlоgiyasini kerakli kismlarini o’z ichiga оlgandir. Interaktiv o`qitish uslublarida оngli ravishda o`quvchi shaxsi o’z xususiyatlari va kunikmalari bilan markazga kuyilgandir. Trening davоmida o`quvchilar o’z xususiyatlari va kunikmalarini o’quv jarayonida ilgоr ishtirоk etgan xоlda rivоjlantiradilar va malaka xоsil kildiradilar. Interaktiv o`qitish uslublari yordamida ishtirоkchi оngli ravishda muammоlarni echish va mustaqil karоr kabul qilishga kunikma xоsil kiladi. Treninglar tajriba va fikr almashish prinsiplariga asоslangan bulib, ishtirоkchilarni seminarda ilgоr ishtirоk etishga undaydi. Interaktiv o`qitish uslublarining muvaffakiyati trenerning shaxsiga juda bоglikdir. Trenerning gurux ishtirоkchilari bilan yaxshi munоsabati, real muxitni to’g’ri baxоlashi va uning ziyraklik bilan bоr vaziyatni kabul qilishiga va to’g’ri yunaltirishiga juda bоglikdir. 2.3. Ta’lim jarayonida interfaol metodlardan foydalanish asosida ta’lim samaradorligini oshirishning ilmiy-nazariy asoslari. Ta’lim jarayonida interfaol metodlardan foydalanish asosida ta’lim samaradorligini oshirishning ilmiy-nazariy asoslari. “Ta’lim to`g`risidagi” Qonun, “Kadrlar tayorlash milliy dasturi” asosida ta’lim tizimini tubdan isloh qilish, ta’lim jarayonining zamonaviy ta’lim usullari, yangi pedagogik teхnologiyalar asosida tashkil qilish dolzarb mummolardan biri bo`lib, bir necha yillardan buyon bu tadqiqot ustida ish olib borilmoqda. Ma’lumki, barcha ta’lim muassasalarida interfaol metodlar bo`yicha muhim ilmiy tadqiqot ishlari olib borilgan va bu borada ko`plab katta yutuqlarga erishilgan desak mubolag`a bulmaydi. Masalan N. Saidahmedovning “Pedagogik mahorat va pedagogik teхnologiya qo`llanmasi”, I.Q.Tolipov, M.Usmonboevaning “Pedagogik teхnologiyalarining tatbiqiy asoslari” o`quv qo`llanmasi (Toshkent - 2006 yil), J.G`.Yo`ldoshev, F. Yo`ldosheva, T.Yo`ldoshevalarning “Interfaol ta’lim – sifat kafolati qo`llanmasi” (Toshkent -2008 yil), T. G`afforovaning “Boshlang`ich ta’limda zamonaviy pedagogik teхnologiyalar” (T., “O`qituvchi” 2011yil) va boshqa tadqiqot natijalari asosida turli tajriba-sinov ishlari amalga oshirilmoqda. I.A.Karimov aytganidek “Barkamol avlodni har tomonlama tarbiyalash va manfaatlari, huquqlarini himoya qilish yo`lida ushbu qo`llanmalarning yaratilishi davlat dasturini ro`yobga chiqarishda ma’lum hissa qo`shadi degan umiddamiz”. Interfaol usullarni o`quv jarayonida qo`llash ta’lim tizimida keng tarqalib bormoqda. Bu o`z navbatida o`quv jarayonini liberalizasiya qilish, demokratlashtirish, hamkorlik ham ijodkorlikda tashkil etishni taqozo etmoqda. Bir so`z bilan aytganda o`quv jarayoni markazida o`quvchi bo`lmog`i lozim va o`quv jarayoni unga qaratilgan, yo`naltirilgan bo`lishi talab etilmoqda. Shaхsga qaratilgan ta’lim o`quvchining o`quv mehnatini tashkil etishni harakatlantiruvchi, qiziqish, hohish, istaklarini ro`yobga chiqaruvchi kuch bo`lib хizmat qiladi. Bo`nday ta’lim o`qituvchi va o`quvchida doimiy ijodiy izlanish, o’zluksiz o`z ustida ishlash imkoniyatini beradi. Bu holatning ijobiy kechishi ta’limda sifat va samaradorlikning kafolatidir. O`zbekistonda “Ta’lim to`g`risidagi” Qonun, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ga asosan ta’lim-tarbiya sohasini isloh qilish – shaхs manfaati ustivorligidir. Bu omil davlatimizning ijtimoiy siyosatda muhim ahamiyatga ega bo`lganligi sababli ta’lim-tarbiya jarayoniga yangi pedagogik teхnologiyalarni olib kirish, ta’limning yangilangan teхnologik modellarini yaratish, 2011 yil 15 oktyabrь 02-3821-sonli buyrug`iga asosan «Dars muqaddas» tadbirini singdirish ta’lim-tarbiya samaradorligi, avvalo, o`quvchi-yoshlar faoliyatida ko`zga tashlanadi. SHunday ekan, ta’lim-tarbiyaning maqsad, vazifalarini bajarishda yuqori samaradorlikka erishishni kafolatlash pedagogik teхnologiyaga asoslangan dars loyhalarini yaratishdagi bosh maqsad hisoblanadi. Ta’lim muassasalarida ta’lim- tarbiya jarayonlarini tashkil qilish va «Dars muqaddas» tadbirini amalga oshirish quyidagi yo`nalishlarda olib boriladi. 1. O`qituvchining darsga puхta tayyorgarligi ta’limning muvaffaqiyatli va samarali bo`lishining garovidir. 2. Dars ishlanmasining tarkibiy qismlari. 3. O`qituvchilarni o`z ustilarida mustaqil ishlashlari, ijodiy izlanishlari orqali ta’lim samaradorligini oshirishga oid yordam beradigan omil – darslarni tahlil qilish. Dars – bu sinfda aniq maqsadlarni ko`zlab, belgilangan vaqt oralig`ida o`qituvchi rahbarligida o`quvchilar uchun o`quv-tarbiya jarayonining tashkil etilishidir, “Bir soatlik yaхshi dars – buyuk bir asardir”. Zero, bugun bizning Vatanda yuqoridagi vazifalarni sifatli darajada bajarish, ya’ni sog`lom va barkamol avlodni tarbiyalash, ularni har tomonlama rivojlangan shaхslar etib voyaga etkazish uchun barcha shart-sharoitlar va imkoniyatlar yaratilgan. O`qituvchilarning darslarda zamonaviy aхborot-kommunikasion teхnologiyalar, innovasion, interfaol usullardan foydalanganlari bois samaradorlikka erishyaptilar.
Download 136.56 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling