Uglevodorodlarning tabiiy manbalari mavzusini o‘qitishda “Klaster” metodini joriy qilish”


Uglevodorodlar mavzusini o’qitishda ”Klaster” metodidan foydalanish


Download 136.56 Kb.
bet2/2
Sana22.05.2020
Hajmi136.56 Kb.
#109133
1   2
Bog'liq
uglevodorodlarnong tabiiy manbalari


2.4. Uglevodorodlar mavzusini o’qitishda ”Klaster” metodidan foydalanish

Tarmoqlar metodi (Klaster) texnologiyasi

Ushbu metod mantiqiy fikrlash, umumiy fikrlash doirasini kengaytirish, mustaqil ravishda adabiyotlardan foydalanishni o‘rgatishga qaratilgan. Biron-bir mavzuni chuqur o‘rganishdan oldin o‘quvchilarning fikrlash faoliyatini jadallashtirish hamda kengaytirishga xizmat qiladi.

1.Katta o‘lchamdagi qog‘oz yoki doskaning o‘rtasiga mavzuga doir so‘z yoziladi.

2.O‘quvchilar ushbu so‘z bilan bog‘liq xayolga kelgan so‘z va jumlalarni uni atrofiga yoza boshlaydilar.

3.Yangi g‘oyalar paydo bo‘lishi bilan xayolga kelgan so‘zlar ham darhol yozib qo‘yiladi.

4.So‘zlarni yozish jarayoni o‘qituvchi tomonidan belgilangan vaqt tugaguncha yoki barcha so‘z va g‘oyalar tugaguncha davom etadi.

Klasterlarga ajratishda bir qator qoidalarga ham rioya qilish zarur.

1.Xayolga kelgan hamma narsani ularning mazmuniga e‘tibor bermasdan yozib borish.

2.Orfografiya va boshqa omillarga e‘tibor bermaslik.

3.Vaqt tugaguncha, iloji boricha to‘xtalmasdan yozish.

4.Iloji boricha ko‘proq bog‘lanishlar hosil qilishga harakat qilish.



5. G‘oyalar va so‘zlar sonini cheklab qo‘ymaslik.



UGLEVODORODLARNING TABIIY MANBALARI mavzusining dars ishlanmasi

1.Ta’limiy maqsad: O’quvchilarga berilgan mavzu yo’zasidan ilmiy asoslangan, Davlat Ta’lim Standarti talablariga javob beradigan bilimlar berib , ularda amaliy ko’nikmakarni hosil qilib, tegishli malakalarini shakllantirish.

2.Tarbiyaviy maqsad:

O’quvchilarimizni Ona-Vatanga , tarixiy va madaniy merosimizga , O’zbek xalqining buyuk siymolariga , Ota-onaga muhabbat va milliy iftihor tuygusi ruhida tarbiyalash. Ularda ekologok madaniyatni shakllantirish va tarbiyalash.



3.Rivojlantiruvchi maqsad:

Ilimni amaliyotga tatbiq etish. O’quvchilarning bilim va tafakkurini, kitobxonlik malakasini oshirish, mustaqil fikrlash ko’nikmalarini shakllantirish va rivojlantirish, kimyo fani va shu sohadagi kasblarga qiziqishlarini shakllantirish

TK-2,FK-1,FK-2

Darsning jihozlari : Plakatlar , kimyoviy moddalardan namunalar , kimyoviy jihozlar

Darsda qo’llaniladigan metod : Aralash , Interfaol metodlar.

Darsning borishi : Tashkiliy qism: 1. Salomlashish. 2. Davomatni aniqlash. 3. Darsga tayyorgarlik ko’rish.

Uyga vazifani tekshirish: Konspektni tekshirish ,test, savol-javob tariqasida uyga vazifani so’rash.

Test.

1. Quyidagi formulasi berilgan moddalar orasidan gazolin tarkibida uchraydiganlarini toping.

a) C15H32

b) C10H22

c) C7 H16

d) C4 H10

2. Quyidagi formulasi berilgan moddalar orasidan kerosin tarkibida uchraydiganlarini toping.

a) C15H32

b) C17H36

c) C8 H18

d) C5 H12

3. Quyidagi formulasi berilgan moddalar orasidan mazut tarkibida uchraydiganlarini toping.

a) C14H30

b) C18H38

c) CH4

d) C9 H20

4. C4 H10 tarkibli alkan termik kreking jarayonidan o‘tkazilganda, nechi xil mahsulot hosil bo‘ladi.

5. C5 H12 tarkibli alkan kreking jarayonidan o‘tkazilganda, nechi xil mahsulot hosil bo‘ladi.



O’quvchilar so`zlarni davomini topadilar.

Neft –…

asfalt asosli….

gazolin, ya’ni benzinlar…..

qoramoy (mazut)…..

Yengil benzin…..

O’rtacha benzin…..

Og‘ir benzin…..

Kerosin fraksiyasi…..

Qoramoy (mazut) fraksiyasi…..

Gudron…..

Parchalanish…..

termik va katalitik u…….

Yangi mavzu bayoni.

Tabiiy gaz tarkibida ko‘proq molekulyar massasi kichik bo‘lgan uglevodorodlar bo‘ladi. Uning taxminiy hajm jihatdan tarkibi quyidagicha: 80-98% metan, 2-20% uning eng yaqin gomologlari – etan, propan, butan va ozroq miqdorda aralashmalar – vodorod sulfid, azot, nodir gazlar, uglerod (IV) oksid va suv bug‘lari.

Odatda, neft tarkibida erigan holda uni qazib olishda ajralib chiqadigan yo‘ldosh gazlar ham tabiiy gazlar jumlasiga kiradi. Yo‘ldosh gazlar tarkibida metan kamroq, lekin etan, propan, butan va yuqori uglevodorodlar ko‘proq bo‘ladi. Bundan tashqari, ular tarkibida neft konlariga aloqador bo‘lmagan boshqa tabiiy gazlardagi kabi qo‘shimchalar, ya’ni: vodorod sulfid, azot, nodir gazlar, suv bug‘lari va karbonat angidrid bo‘ladi. Neftning yo‘ldosh gazlari tabiatda neftdan yuqorida yoki bosim ostida unda erigan holda bo‘ladi. Yo‘ldosh gazlardan, shuningdek neftni krekinglashda olinadigan gazlardan past temperaturalarda haydash yo‘li bilan alohida-alohida uglevodorodlar olinadi. Gazdan polimer materiallar – polietilen, polivinilxloridlar olish mumkin. Propan va butandan degidrogenlash yo‘li bilan to‘yinmagan uglevodorodlar – propilen, butilen va butadiyen olinadi, so‘ngra ulardan kauchuk va plastmassalar sintez qilinadi.

Neft yo‘ldosh gazlarining xarakteristikasi

Gazli benzin - Pentan, geksan va boshqa uglevodorodlar aralashmasi- Dvigatelni ishga tushirishni osonlashtirish uchun benzinga qo‘shiladi

Propanbutan -Propan va butan aralashmasi- Suyultirilgan gaz holida yonilg‘i sifatida ishlatiladi

Quruq gaz -Tarkibi jihatidan tabiiy gazga o‘xshash -C2 H2 , H2 va boshqa moddalar olishda hamda yonilg‘i sifatida ishlatiladi.

Tabiiy gaz eng yaxshi yoqilg‘i, to‘liq yonadi va juda katta issiqlik beradi. Bu jihatdan boshqa yoqilg‘ilardan farq qiladi. CH4 + 2 O2 =CO2 + 2H2O + Q Hozirgi vaqtda tabiiy gaz kimyo sanoatida har xil sintetik va organik birikmalar olishda asosiy xomashyo bo‘lib qolmoqda. Metanni 1500o C gacha qizdirib asetilen va vodorod olinadi.



2CH4 =HC≡CH + 3 H2

Elektrkimyo kombinatlarida asetilendan sirka aldegid, benzol, sirka kislota, etil spirt, kauchuk va boshqa moddalar, vodoroddan esa ammiak, nitrat kislota, kaliy, natriy va ammoniyli selitralar olinadi. Metanni suv bilan yuqori haroratda katalizator ishtirokida qizdirib is gazi va vodorod olinadi. Bu aralashma sintez gaz deyiladi.



CH4 + H2O =CO + 3H2

Tabiiy gazlarni qayta ishlashning ko‘p usullari ishlab chiqilgan. Qayta ishlashdan asosiy maqsad – to‘yingan uglevodorodlarni to‘yinmagan uglevodorodlarga aylantirishdan iborat, so‘ngra to‘yinmagan uglevodorodlar sintetik polimerlarga (kauchuk, plastmassalarga) aylantiriladi. Bundan tashqari, uglevodorodlarni oksidlash yo‘li bilan organik kislotalar, spirtlar va boshqa mahsulotlar olinadi. Toshko‘mir. Yoqilg‘i sifatida ishlatilishidan tashqari, undan metallurgiya sanoatida rudalardan temirni suyuqlantirib olishda ko‘p miqdorda kerak bo‘ladigan koks ham tayyorlanadi. Toshko‘mir maxsus koks pechlarida havosiz sharoitda qizdirib, quruq haydaladi (kokslanadi), bunda uchuvchan moddalar, uglerod va kul aralashmasidan iborat g‘ovak birlashma (substansiya) - koks hosil bo‘ladi. Hosil bo‘lgan aralashma sovutilganda undan toshko‘mir smolasi, ammiak suvi, koks gazi deb ataluvchi gazsimon mahsulotlar olinadi.



Toshko‘mirni quruq haydash yo‘li bilan smola olinadi. Toshko‘mir smolasi tarkibida aromatik va geterosiklik birikmalar bo‘ladi. Undagi organik birikmalar fraksiyalarga bo‘lib ajratiladi. Bu fraksiyalar bir-biridan harorati bilan farq qiladi. Bu fraksiyalar quyidagilardir:

Koks gazidan ammiak, vodorod sulfid alohida ajratilgandan so‘ng benzol va boshqa qimmatbaho moddalar olinadi.



Mustahkamlash

Tabiiy gazni tarkibidagi metanni yoqish uchun 67,2 l (n.sh.) kislorod sarflangan bo‘lsa, hosil bo‘lgan karbonat angidrid massasini (g) aniqlang.

Masalaning yechimi. Dastlab, metanning yonish reaksiyasini yozamiz. CH4+ 2O2 =CO2 + 2 H2O

Reaksiyadan ma’lumki, 2 mol kislorod reaksiyaga kirishsa, 1 mol karbonat angidrid gazi ajralib chiqadi. Demak, kislorodning molini topamiz va proporsiya yo’zamiz.

n= 67,2 22,4 =3 mol

Agar 2 mol kislorod reaksiyada ishtirok etganda 1 mol karbonat angidrid hosil bo‘lsa, 3 mol kisloroddan qanday miqdordagi gaz hosil bo‘ladi?

n= 2 3•1 =1,5 mol CO2

Endi hosil bo‘lgan gazning massasini topamiz.

m=Mr·n m = 44·1,5 = 66 g Javob: 66 g

Test.


1. Quyidagi formulasi berilgan moddalar orasidan gazli benzin tarkibida uchraydiganlarini toping.

a) C15H32 b) CH4 c) C6 H14 d) C4 H10

2. Quyidagi formulasi berilgan moddalar orasidan suyuq yonilg‘i tarkibida uchraydiganlarini toping.

a) C3 H8 b) CH4 c) C7 H16 d) C15H32

3. Quyidagi formulasi berilgan moddalar orasidan quruq gaz tarkibida uchraydiganlarini toping.

a) C4 H10 b)C10H22 c) C2 H2 d) CH4

4. Quyidagi formulasi berilgan moddalar orasidan koks tarkibida uchraydiganlarini toping

a) kumol - C9 H12

b)sulfat kislota – H2 SO4

c) osh to’zi - NaCl

d) benzol – C6 H6

5. Tabiiy gazni tarkibidagi metanni yoqish uchun 11,2 l (n.sh.) kislorod sarflangan bo‘lsa, hosil bo‘lgan karbonat angidrid massasini (g) aniqlang.

Dars yakuni: O`quvchilarni baholash.

Uyga: mavzuga savol to’zish,masala yechish.



3-ras,3

3-rasm: Navoiy yonilg’I zavodi



3. Xulosa.

Hozirgi zamon mutaxassislari , faoliyat doiralari qanday bo’lishidan qat’iy nazar yangi pedagogik texnologiyalar bo’yicha keng ko’lamdagi bilimlarga, zamonaviy hisoblash texnikasi informatsion aloqa va kommunikatsiya tizimlari, orgtexnika vositalari va ulardan foydalanish borasida etarli malakalarga ega bo’lishi kerak. Ayniqsa kimyo fanini o’qitishda amaliy mashg’ulotlar va laboratoriya jixozlari o’rni beqiyos bo’lib, shu darslarni olib borishda yangi metodlar o’qituvchiga qo’l keladi.

Yangi pedagogik texnologiyalar bilan o’tkazilgan darslar o’quvchini mustaqil fikrlashga, nutqi rivojlanishiga, o’zaro bir-biri bilan muloqatga va xatto o’zi xulosa chiqarishga o’rgatadi. Qo’llanmada keltirilgan interfaol dars usullar kimyo darslarini yanada qiziqarli o’kazishga va barcha o’quvchilarni dars davomida faol qatnashishiga undaydi. Bu usullar bilan dars olib borgan o’qituvchi sinflarda yuqori sifat ko’rsatgichiga erishadi. Bundan tashqari kimyo darslarida nafaqat didaktik materiallardan, balki axborot kommunikatsion texnologiya(AKT)laridan foydalanilsa maqsadga muvofiq bo’lar edi. Biz AKT dan o’qituvchilar va o’quvchilar o’rtasidagi kimyoning dunyoviy muammolari bilan bog’liq bo’lgan munozara yig’ilishladagi aloqalarga ko’maklashish maqsadida foydalanishimiz kerak. Huddi shunday laboratoriya tajribalarini modellashtirish o’quvchilarimo’zga real maktab laboratoriyasida o’tkazilishi muammo bo’ladigan murakkab tajribalarni boshqarish imkonini beradi va moddalarni tejaydi. Darslarda elektron darsliklardan foydalanishimiz, kimyodagi qiyin atom (molekular) jarayonlarni, elektron bulut va elektronlar qo’zg’alishi, struktur izomeriya, gibrid orbitallar tushunchalarini osonlashtiradi.

Shunday ekan, biz o’quvchilarning fikrlash qobiliyati va fanning rivojlanishini ta’minlashimiz kerak.

O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonuni, «Kadrlar tayyorlashning Milliy dasturi» va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ta’lim sohasidagi Qarorlari asosida respublikamizning akademik litsey va kollejlarida hozirgi zamon talablariga javob beradigan o‘quvchilar va kasb-hunar ta’limi mutaxassislari tayyorlashga imkon yaratildi. Bu qarorlarda o‘quvchilarning milliy, ma’naviy-ma’rifiy o‘zligini anglashi, zamonaviy-iqtisodiy tafakkurini o‘z faoliyatiga tatbiq eta olishi, elektron-hisoblash mashinalaridan foydalanish usullarini bilishi, fanlarni to‘liq o‘zlashtirishi, kasbining fidoyisi bo‘lishligi ta’kidlab o‘tilgan. Organik kimyoning nazariy asoslarini puxta o‘rganish, avvalo, bo‘lg‘usi kasb-hunar mutaxassislariga tabiatdagi biokimyoviy jarayonlarni va ulardan olinadigan kimyoviy moddalarning olinish texnologik uslublarini o‘zlashtirishga yaqindan yordam beradi. Hozirgi vaqtda xalq xo‘jaligining biron tarmog‘i yo‘qki, unga kimyo fani kirib bormagan bo‘lsin. Masalan, xalq xo‘jaligida ishlatilayotgan polietilen quvurlar, plyonkalar, ekinlarning hosildorligini oshirishda qo‘llaniladigan organik o‘g‘itlar, o‘simliklarni kasalliklardan hamda har xil zararkunandalardan saqlaydigan preparatlar va boshqa kimyoviy moddalarning deyarli hammasi kimyoviy modda — organik birikmalardir. Qishloq va o‘rmon xo‘jaligida yetishtiriladigan m ahsulotlar organik birikmalarning asosiy manbayi hisoblanadi.

Kadrlar tayyorlash milliy dasturi o’qituvchilar oldiga har tomonlama yetuk, barkamol, sog’lom va yuksak manaviyatli yoshlarni tarbiyalab voyaga yetkazishdеk katta mas’ulyat yuklaydi. Xususan Rеspublikamiz iqtisodiyotining asosiy tarmoqlaridan biri bo’lgan kimyo sanoatiga malakali kadrlar tayyorlashda o’quvchilarga kimyo fani asosiy tushunchalari maktabda bеriladi. Kimyo fanini 7-11 sinfda o’qitishda, o’quvchilar tomonidan mavzuni o’zlashtirilishiga katta ahamiyat bеrish zarur. Bugungi kunda o’quvchilar tomonidan mavzuning o’zlashtirilishi, eshitish orqali 10-15 % , ko’rish orqali 25-30 % , o’zi amaliy bajarish orqali 40-45 % ni tashkil qilishi adabiyotlardan ma’lum. Shunday ekan bugungi kun kimyo o’qituvchisi, mavzuga oid matеriallarni faqat axborot sifatidagina o’quvchiga yetkazadigan bo’lsa, oldiga qo’ygan maqsadga erisha olmaydi. Shuning uchun kimyo fanini o’qitishda har bir mavzuni tushuntirishda yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanib o’qitish,mavzuni har tomonlama yoritish, joiz bo’lsa qiziqarli tajribalar va masala yechish usullaridan foydalanish yaxshi natija beradi.

2012 yilga kеlib kadrlar tayyorlash milliy dasturiga muvofiq maktab va o’rta maxsus kasb-hunar tizimini isloh qilish dеyarli oxiriga yetkazildi va 2018 yilga kelib ta’lim sifatini oshirish maqsadida umumiy o’rta ta’limda 10- 11 sinflar tizimi tashkil etildi. Maktablar zamonaviy talablar asosida yetarli miqdordagi asbob - uskunalar bilan jihozlandi. 7-11 sinf uchun mavjud davlat ta’lim standartlariga muvoffiq bеlgilangan mavzular bo’yicha ko’rgazmali matеriallar jamlanmalari (plakatlar) slaydlar tayyorlangan.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI

 1. Karimov I. Yuksak ma’naviyat- yengilmas kuch. T., 2008  


 2. Karimov N. XX asr adabiyoti manzaralari.T.: “O’zbekiston”,2008 
 3.Zunnunov A. Hotamov N. Adabiyot o’qitish metodikasi. T., 1992 

  4.Dolimov S. Ubaydullayev H. Adabiyot o’qitish metodikasi. T., 1967 


  5.Yo’ldoshev Q. Adabiyot o’qitishning ilmiy-nazariy asoslari. T., 1996   
 6.To’xliyev B.Adabiyot o’qitish metodikasi.T., 2006. 
 7.Yo’doshev Q. Yoniq so’z. T.: “Yangi asr avlodi”, 2006. 

8. Karimov I.A. O‘zbekiston milliy istiqlol, siyosat, mafkura. «O‘zbekiston» nashriyoti. T.,1993.


9. Abdullaeva M.M, Mardonov O’.M -Akademik litsey va kasb hunar kollejlari uchun darslik T. O’zbekiston 2002-yil

10. M.Nishonov, Sh.Mamajonov, B.Xo`jayev “Kimyo o`qitish metodikasi” Toshkent, O`qituvchi 2002, 112 b.



  1. A.Mavlonov S.Abdalova “Davlat Ta`lim Standartlari asosida pedogogik texnologiyani shakllantirish va amaliyotga joriy etish”. “Ta`lim texnologiyalari”, ”Ta`lim muammolari” Toshkent, 2009. 96 b. ilmiy-uslubiy jurnal.

  1. Asqarov I, Qayumova M, Rahimov X. Anorganik va umumiy kimyodan masalalar yechish. Toshkent “O‘qituvchi” 1995.

  2. I.A. Toshev, R.R. Ro’ziyev, I.I.Ismoilov “Anorganik kimyo” Toshkent 2004. 148b

  3. H.Rahimov N.Parpiyev A.Muftahov “Anorganik kimyo nazariy asoslari Toshkennt O`zbekiston 2000 yil 230 b

Elektron ta’lim resurslari:
1. www. tdpu. O’z
2. www. pedagog. O’z
3. www. Ziyonet. O’z


Download 136.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling