Nemis tilida yaratilgan adabiyot manbalari
YANGI POSTMODERN ADABIYOTNING VUJUDGA KELISHI
Download 0.57 Mb.
|
NEMIS adabiyotchilari 203
YANGI POSTMODERN ADABIYOTNING VUJUDGA KELISHI
1. Pa'tik Zyuskind 2. Robert Shnayder Germaniya voqeligi manzaralarini gavdalantirgan asr so‘nggi adabiyoti bilan bir qatorda Yevropada mazmun va qurilishiga ko‘ra yangicha bo‘lgan adabiyot yozilish uslubiga ko‘ra ao‘anaviy adabiyotdan keskin farqlanuvchi postmodern adabiyot paydo bo‘ldi. Bu yangilik ilk bora italyan adabiyotshunosi Umberto Eko asarlarida o‘z tajassumini topgan. Uning 1980-yilda e'lon qilingan romani "Atirgul nomi" (Der Name der Rose) unga jahonshumul shuhrat keltirdi. Amerikalik Paul Auster "Oynavand shahar" (Oynadan qurilgan shahar) "Stadt aus Glas" (1985) asari bilan postmodern adabiyotining tamal toshini qo‘yganlardan. Haydelberglik germanist Manuela Kopp-Marksning ta'biriga ko‘ra "Madonna" (2005) - postmodern uslubidagi roman bo‘lib, mazkur yo‘nalishning keng qamrovli nazariy tahlili va bahosi o‘z ifodasini topgan. Muallif unda real hayot chizgilarini bermasdan, aksincha subyektiv hayolot dunyosini tasvirlaydi. Obyektivlik asarda xotirot, xayolot va orzular, o‘tmishni qumsash kayfiyati va hayoliy kelajakni kutib yashash hislari uyg‘unligidagi subyektivlik tomonidan siqib chiqariladi. Bu holatlar zamirida hikoya maromning psixologik omillari oldingi planga chiqadi. Bu mazmun va strukturaga yangicha yondashuv janrning yo‘nalish formalaridan kengroq tashqariga chiqishga olib keldi. Postmodernga xos hikoya ko‘pincha tarixiy epizodlar, detektiv roman, utopiya yoki oddiygina trillerdir. Janr sifatidagi yangi qorishiq forma shu tarzda dunyoga keldi. O‘zlashmalar, sitatalar va xayoliylik texnikasi asarda G‘arb va Sharq falsafasi nafasi bilan ufurib turadi. Manuella Kopp-Marks o‘z izlanishlarini mulohaza bilan "Petrarka va Madonna oralig‘i" deb ataydi. Postmodernda o‘tmish va bugun bog‘lanadi, Dantening ilohiy komediyasi, Servantes va uning shamoi tegirmonlari bilan kurashgan Don Kixoti, shuningdek, Madonnaning pop-art (ommabop san'at)ini qamrab olinadi. Shaxsiy va o‘zlashma detallar chegarasi, sitata va plagiat (ko‘chirmachilik) chegaralari unda buzilib ketadi. PATRIK ZYUSKIND (Patrick Suskind) va Robert Shnayder (Robert Schneider) Patrik Zyuskind o‘zining "Mushk-anbar" (Das Parfiim, 1985) asari bilan nemis adabiyotidagi postmodern janrining ilk vakili hisoblanadi. "Mushk-anbar" o‘ziga xos usulda yuksak bo‘yoqlarda tasvirlangan elementlami mu-jassam qiladi. Bu asar triller bo‘lib, unda axloqan buzuq ashaddiy qotil hayoti qa-lamga olinadi. Voqealar 18-asr oxirlarida Parijda yuz beradi. Muallif reallik chega-rasidan chetga chiqadi. Asar qahramonini u favqulodda g‘ayriodatiy hid bilish qobiliyati bilan qurollantiradi. Voqealar tizimi bir tekis bo‘lishiga qaramay, ruhiy muvozanatiar chizgilari o‘quvchini chalkashtiradi. Grenuil, badbashara va beso‘naqay odam, u odamlar hislarini boshqaradigan, ularning sevgisini qozonadigan mo‘jizakor atirni kashf qilish yo‘llarini qidiradi. Bu atirni u o‘z tuzog‘iga tushgan go‘zal ayollar terisidan oladi. U bu qizlarni bir qancha chaqirim uzoqdan hid bilish vositasida topib keladi. Iso kabi u tog‘-adirlarga - uzlatga chekinadi. U kabi ommani o‘ziga ergashtirar ekan, bunda u non bilan siylash emas, o‘tkir hid bilan jalb qiladi. Roman fojiali yakun topadi. Grenuil Parijda vafot etadi. U ustiga mo‘jizakor atirni to‘kib yuboradi va uni odamlar shafqatsizlarcha burdalab yeb tashlashadi. Zyuskindning romani ao‘anaviy yozuvchilik qolipiga tushmaydi. Unda fikrlar mutanosibligi minimal darajada, "Mushk-anbar"ni triller sifatida qaralsa, muallif e'tirofiga ko‘ra ham, uning qo‘shimcha nomi -Bir qotillik tarixi - diqqat markazida turadi. Patrik Zyuskind hayotining o‘z asari mazmuniga hech bir aloqasi yo‘q. U hozirda, ommaning diqqat nazarida, Myunxenda istiqomat qiladi. Erix Maria Remarkning "G‘arbiy frontda o‘zgarish yo‘q" asaridan so‘ng (1929-yildan buyon) hech bir nemiszabon muallifiga bunday olamshumul muvaffaqiyat nasib qilmagan ("Spiegel", Hamburg). "Kontrabas" asari bilan erishgan muvaffaqiyati uning dramaturglik borasidagi iqtidorini namoyon qildi. "Kontrabas" nemis sahnalarida o‘z sao‘atini ko‘rsatuvchi odatiy sao‘atkor inson obrazini aks ettiradi. Patrik Zyuskind bilan bir qatorda avstriyalik Robert Shnayder ham postmodern mualliflari qatorida muvaffaqiyatli ijodi bilan ajralib turadi. U 1961-yilda Forarlbergda tug‘ilgan, ilk romani "Uyquning og‘asi" bilan (1992) u shuhrat qozondi. Kitob 20 dan ortiq tillarga tarjima qilindi, 2007-yilda asarning 30-nashri bosmadan chiqdi. Robert Shnayderning romani Zyuskindning "MushM-Anbar" (Parfyum) asari bilan talay mushtarakliklarga ega. O‘xshash tarzda voqealar o‘tmishda yuz beradi. Forarlbergdagi tog‘li qishloq Eshbergda 19-asr boshlari tasvirlanadi. Grenuil kabi asar qahramoni Elias Alder favqulodda qobiliyat egasi. U atrofidagi odamlar yurak urishini eshitib turadigan darajada kuchli eshitish xususiyatiga ega. Elias Grenuil kabi, rivojlanib, daho musiqachi bo‘ladi va roman nihoyasida urenuu Kam sevgi lztirobida o‘zini o‘limga mahkum qiladi. Zyuskind kabi Robert Shnayder tarixiy muhitdagi primitiv (sodda, ibtidoiy, jo‘n) hayot tarzini, tog‘li qishloq misolida o‘chko‘zlik, g‘araz va zo‘ravonlikni tasvirlaydi. Bu yerdan Elias musiqiy jilo beruvchi nur sifatida ko‘tarilib chiqadi. Lekin, Grenuil singari u ham o‘zi tashna bo‘lgan muhabbatga yetolmay, iztirobda qoladi. Romanning postmodern tarkibi sodda va tushunarli: tarixiy material, asar bosh qahramonining g‘ayriodatiy qobiliyati, ajabtovurlikdan mamnun, sarhadsiz xayolot va Umberto Ekoga taqlidan o‘zlashtirilgan belgi-ishoralar. Patrik Zyuskind romani upa-elik ishlab chiqarish tarixi jarayoni kabi o‘qilsa, Robert Shnayderning asari tog‘li qishloq an'analarining tadqiqiga o‘xshaydi. Ikkala roman ham tarixiy va sohaga oid xususiyatlar xazinasi kabidir. Postmodern adabiyoti janri Schnayder tomonidan vatanning, qishloq adabiyotining elementlarini arxaik formada boyitdi. Manuela Kopp-Marks postmodern o‘z namunalarini o‘tmishdan izlashini aniq belgiladi va uning asarlarida bu o‘z tasdig‘ini topdi. Postmodernistik nashrlar qatorida yangi, ayni zamonda so‘nggi muvaffaqiyatli chiqqan roman Daniel Kelmanning "Dunyoning o‘lchovi" (Die Vermessung der Welt, 2005) asaridir. Bu roman qisqa vaqt ichida 40 dan ortiq tillarga tarjima qilinib og‘izga tushdi va mazkur asarning ekranlashtirilishi rejalashtirilmoqda. D.Kelmann 1975-yilda Myunxenda tavallud topgan. Uning qalamiga mansub ishlari - roman va nazariy tadqiqotlari ko‘psonli mukofotlar bilan taqdirlangan. D.Kelmann Konrad Adenauer jamg‘armasi va Doderer va Klayst nomidagi nufuzli mukofotlarga loyiq ko‘rilgan. "Dunyoning o‘khovi" postmodernistik bayonga xos odatiy mezonlar asosida yozilgan sarguzasht roman bo‘lib, voqealar XIX asrda sodir bo‘ladi. Xarakterlar yorqin ifodalangan Men ekstsentrik9 chizgilar orqali gavdalantirilgan. Asardagi Men jamiyatdan ajralib qolgan, aql bovar qilmas qobiliyatlar sohibi va g‘oyalarga mukkasidan ketgan shaxs sifatida tasvirlanadi. Aleksandr fon Humboldt, nabototchi olim dunyoni o‘lchash va uni bo‘laklashni katalog tarzida ko‘rishni xohlaydi. Gyottingenlik mashhur tabiatshunos professor Karl Fridrix Gauss dunyoni matematik formulalardan iborat to‘r deya talqin qiladi. Har ikkala shaxs o‘z ulug‘liklarini namoyon etadilar, ammo har ikki shaxs chin ma'noda olimlar ayni paytda tabiatan ziddiyatlidirlar. Humboldt dunyosi barcha tog‘u toshlarni kezgan, barcha katta-kichik ko‘llarni kechgan Janubiy Amerika dunyosi. Gauss ruhi Gyottingendagi ish stolida o‘tirgancha makon va raqamlar dunyosiga yengilgina safar qiladi. Ayni paytda "Mushki anbar"dagi va "Uyquning og‘asi" asarlari personajlari va voqealar g‘ayritabiiyligi o‘quvchini o‘ziga jalb etadi. D.Kelmann asaridagi kinoyali nigoh va yumor dahoning ulug‘ligi va kulgili holatlarni o‘quvchi xotirasiga muhrlab qo‘yganday tasavvur qoldiradi. D.Kelmann o‘z asari markaziga real tarixiy shaxslarni - Karl Fridrix Gauss va Aleksandr fon Humboldtni qo‘yadi. Garchi roman qahramonlari olimlar bo‘lsa-da, mazkur asar ilmiy nashr bo‘lmay, badiiy janr mahsuli sifatida qabul qilinadi. D.Kelmanning badiiy mahorati yuksak bo‘lib, til imkoniyatlari va istiqbolga intilgan inson mohiyatini idrok etish Gauss va Humboldtni postmodernistik xarakterlar doirasiga ko‘taradi. Adabiyotdagi postmodermstik yo‘nalish hali uzoq vaqt o‘quvchilar e'tiborida bo‘lishi mumkin yoki tez orada tijoratga yo‘naltirilgan omadli "yozuvchilik" sifatida oxir oqibatda o‘tmishga ravona bo‘lishi mumkin. Buni kelajak ko‘rsatadi. Hozirgi kungacha birinchi navbatda realistik, ijtimoiy-tanqidiy roman Tomas Mann timsolida insonparvar jamiyatga xos bo‘lgan, urushdan keyingi nemis adabiyotiga shuhrat keltirgan Haynrix Byoll, Gyunter Grass, Herta Myuller kabi ijodkorlarning sa'i~harakatlari tufayli global mashhurlikka erishdi. Nemiszabon adabiyot vakillaridan kattagina qismi Nobel mukofotiga loyiq ko‘rilganligi fikrimiz dalilidir. Download 0.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling