Yomg’ir chuvalchangining ichki tuzilishi: - 1 - og’iz;
- 2 - halqum;
- 3 - qizilo’ngach;
- 4 - jig’ildon;
- 5 - oshqozon;
- 6 - ichak
- 7 - yurak;
- 8 - orqa qon tomiri:
- 9 - qorin qon tomiri;
- 10 - tana bo’shlig’i to’siqlari
- 11 - halqum usti nerv tuguni:
- 12 - halqum osti nerv tuguni;
- 13 - qorin nerv zanjiri
Sezgi organlari va refleksi. Yomg’ir chuvalchangining maxsus sezgi organlari bo’lmaydi. U terisida joylashgan sezgir nerv tolalarining uchlari orqali yorug’lik, harorat, kimyoviy va mexanik ta’sirlarni yaxshi sezadi. - Sezgi organlari va refleksi. Yomg’ir chuvalchangining maxsus sezgi organlari bo’lmaydi. U terisida joylashgan sezgir nerv tolalarining uchlari orqali yorug’lik, harorat, kimyoviy va mexanik ta’sirlarni yaxshi sezadi.
- Yomg’ir chuvalchangi refleksi ancha murakkab va xilma-xil bo’ladi. Tanasining qaysi qismiga ta’sir qilinsa, o’sha tomoni ta’sirlanib har xil harakat qiladi. Reflekslar yordamida chuvalchang o’z ozig’ini qidirib topadi, dushmanlaridan saqlanadi, kuchli yorug’lik va issiqlikdan yashirinadi.
Nafas olishi. - Nafas olishi. Yomg’ir chuvalchangi terisi orqali nafas oladi. Kislorod teri orqali kapillarlardagi qonga o’tib, hamma organlarga tarqaladi. Moddalar almashinuvi natijasida hosil bo’lgan karbonat angidrid ham teri orqali chiqib ketadi. Chuvalchang terisi shilimshiq modda bilan namlanib turadi. Nam teri kislorodni yaxshi o’tkazadi.
Yomg’ir chuvalchangining ayirish sistemasi: - 1 - ayirish naychalari;
- 2 - naychalarning tana bo’shlig’iga ochiladigan uchi;
- 3 - naychalarning teri sirtiga ochiladigan uchi.
QORINOYOQLI MOLYUSKALAR SINFI - Yashash muhiti va tashqi tuzilishi. Chuchuk suv shillig’i hovuz va ko’llarda, daryolarning tinch oqadigan sayoz joylarida hayot kechiradi. Tanasi spiral o’ralgan chig’anoq ichida joylashgan. Chig’anoq o’ramlari ingichkalashib, o’tkir uchni hosil qiladi. Chig’anoqning kengaygan uchida tanasi chiqadigan keng teshigi bo’ladi. Shilliq tanasini mantiya teri o’rab turadi. Mantiyadan chig’anoq hosil bo’ladi. Boshining ostki tomonida og’iz teshigi, uning ikki yonida bir juft paypaslagichlari bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |