Nerv (asab) sistemsi


Nerv sistemasi kasalliklari


Download 0.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/15
Sana08.03.2023
Hajmi0.53 Mb.
#1248365
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
Odam miyasi xujayralaridagi RNK ni tahlil ( taxrirlash)

Nerv sistemasi kasalliklari 


Yuqorida aytilganidek, nerv sistemasi ikki qismdan, ya'ni periferik va markaziy qismdan iborat. 
Ulaming kasalliklari ham o'ziga xos xususiyatlarga ega. 
Periferik nerv sistemasi kasalliklari. Ma'lumki, periferik nerv sistemasiga nerv tugunlari va nerv 
tolalari kiradi. Nerv tugunining kasalligi ganglion it, nerv tolasining kasalligi nevrit yoki nevralgiya 
deb ataladi. 
Nerv tugunining kasalligi, ya'ni ganglionit shamollash, o'pkaning zotiljam kasalligi, turli xil 
yuqumli kasalliklar, ya'ni gripp, ichburug', ich terlama kabilarning asorati tufayli yuzaga keladi. 
Kasallangan nerv tuguniningjoylashuviga ko'ra, o'sha sohada va undan chiqadigan nerv tolasi 
ta'minlaydigan to'qima va a'zolar sohasida og'riq seziladi, mazkur a'zolarning ishi buziladi. 
Binobarin, bo'yinning yuqorigi nerv tuguni yallig'langanda bo'yin va bosh sohasidagi teri hamda 
muskullarda og'riq paydo bo'ladi. Bo'yinning pastki nerv tuguni yallig'langanda ko'krak qafasining 
yuqori qismi terisi, muskullar, qo'l terisi hamda muskullarida og'riq yuzaga keladi. Umurtqa 
pog'onasining ko'krak sohasida joylashgan nerv tugunlari yallig'langanda ko'krakning pastki 
qismidagi teri va muskullarda og'riq paydo bo'lishi bilan birga yurak ishi tezlashadi, unda og'riq 
seziladi, nafas olish tezlashadi hamda qiyinlashadi. Sezuvchi nerv tolalarining 
yallig'lanishi nevralgiya deb atala¬di. Bu shamollash, gri pp hamda boshqa yuqumli kasalliklarning 
asorati tufayli sodir bo'ladi. Kasallangan nerv tolasi sohasida og'riq yuzaga keladi. Masalan, uchlik 
nervi yallig'langanda yuz, ko'z sohasida, tishlarda kuchli og'riq seziladi. 
Harakatlantiruvchi nerv tolasining yallig'lanishi nevrit deb ataladi. Uning sababi ham 
yuqoridagidek. Belgisi shundan iboratki; kasallangan nerv bilan ta'minlanuvchi tana muskullari 
falajlanib qoladi. Masalan, yuz nervi kasallanganda yuz muskuli falajlanishi tufayli yuzning bir 
tomoni pastga osilib, og'izning chekkasi tortilib qoladi. 
Umurtqa pog'onasining bel-dumg'aza qismlaridan chiqadigan nerv tolalarining zararlanishi bel-
dumg'aza radikuliti deb ataladi. Bu kasallik shamollash yoki og'ir yuk ko'targanda umurtqalar 
orasidagi nerv tolalarining qisilishi natijasida yuzaga keladi. Bel dumg'aza sohasida og'riq paydo 
bo'ladi. Odamning o'tirib-turishi, harakatlanishi qiyinlashadi. Ba'zida o'tirg'ich nervi ham 
zararlanadi va ishioraoikulit kasalligi sodir bo'ladi. Bunday vaqtda qaysi tomondagi o'tirg'ich nervi 
kasallangan bo'lsa, o'sha oyoqning harakati qiyinlashadi, oyoqning orqa sohasida qattiq og'riq 
seziladi. 
Ma'lumki, tanadagi hamma muskul tolalari mayda nerv tolalari bilan tutashib, nerv-muskul harakat 


birligini hosil qiladi. Bu haqda «Tayanch-harakatlanish sistemasi» mavzusida batafsil tushuncha 
berilgan. Odam biror jismoniy mashq bajarib, terlab turgan vaqtida birdaniga kiyimini yechsa, nerv-
muskul tolalari shamollashi tufayli nevrit - miozit kasalligi yuzaga kelishi mumkin. Qovurg'a-oraliq 
mayda muskullar bu kasallikka ayniqsa beriluvchan bo'ladi. Shamollash tufayli bir necha minutning 
o'zidayoq odamning ko'krak qafasida, kuragining atrofida sanchiq paydo bo'lib, harakatlanishi, 
bukilishi, chuqur nafas olishi, hatto 
yo'talishi qiyinlashadi. Shuning uchun sportchilar mashq bajarib terlagan vaqtda tezgina issiq 
kiyimni yelkalariga tashlab olishadi. Yuqoridagi kasallik belgilari yuzaga kelishi bilanoq, odam 
asab kasalliklari shifokoriga murojaat qilishi kerak. 

Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling