Nerv (asab) sistemsi


Markaziy nerv sistemasining kasalliklari


Download 0.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/15
Sana08.03.2023
Hajmi0.53 Mb.
#1248365
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
Odam miyasi xujayralaridagi RNK ni tahlil ( taxrirlash)

Markaziy nerv sistemasining kasalliklari. 
Bosh va orqa miyani ustidan o'rab turgan pardalarning yallig'lanishi meningit deb ataladi. Bu 
kasallikni ko'pincha meningokok deb ataluvchi mikroblar qo'zg'atadi. Bundan tashqari, u gripp, 
o'rtaquloqning yiringli yalliqlanishi, o'pka sili va zotiljam kasalliklari tufayli ham 
sodir bo'lishi mumkin. Bunda bemorning boshi og'riydi, tana harorati ko'tariladi, ko'ngli aynib, qayt 
qiladi. Qo'l-oyoqlari va bo'yin muskullarining tarangligi ortadi. Xastalik og'ir kechganda bemor 
hushini yo'qotishi va unda tirishish belgilari yuzaga kelishi mumkin. Bosh miya to'qimasining 
yallig'lanishi ensefalit deb ataladi. Bu yuqorida aytilgan meningit kasalligini o`z vaqtida 
davolamaslik tufayli yoki gripp, qizamiq, suvchechak, quloqning yiringli yallig'lanishi va boshqa 
xastaliklar oqibatida yuzaga kelishi mumkin. Bu xastalikda be morning tana harorati ko'tariladi, 
umumiy ahvoli og'irlashadi, qo'l-oyoqlari qaltiraydi, yuz muskullari pirpiraydi, vaqt-vaqti bilan 
titrash, hushni yo'qotish holatlari sodir bo'ladi. Bosh miyaning yallig'langan sohasidagi nerv 
markazlarining faoliyati buzilishi tufayli ular tomonidan boshqariladigan ishchi a'zolar ham 
falajlanib qoladi. Bunda muskullarningtarangligi ortib, bir tomondagi qo'l-oyoq tarashadek qotib, 
harakatsizlanib qoladi. Yuz va qovoq muskullari falfijlanishi tufayli yuzning bir tomoni osilib, og'iz 
chakkasi tortilib, yuqorigi qovoqning osilib qolishi holatlari yuzaga keladi.
Bosh miya ham orqa 
miya kabi oq va kulrang moddalardan tashkil topgan. Bosh miyaning kulrang moddasi turli xil 
neyronlardan tashkil topgan. Bosh miyada 14 mlrd. nerv hujayralari joylashgan. Bundan tashqari 
bosh miyaning 60-90% ni neyrogliya hujayralari tashkil etadi. Neyrologiya himoya qiluvchi va 


ushlab turuvchi tayanch to’qima hisoblanadi. Neyrogliyada gormonlar va gormonga o’xshash 
moddalar hosil bo’ladi. Bosh miya uzunchoq miya va Voroliy ko’prigi, miyacha, o’rta miya, oraliq 
miyadan iborat bo’lib bu qismlarni bosh miya. sopi deb yuritiladi. Bu qismlarni miya katta yarim 
sharlari qoplab turadi. 

Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling