Nerv (asab) sistemsi


Download 0.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/15
Sana08.03.2023
Hajmi0.53 Mb.
#1248365
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
Odam miyasi xujayralaridagi RNK ni tahlil ( taxrirlash)

KEYINGI MIYA
Keyingi miya uzunchoq miya bilan Varolio ko’prigidan iborat. Uzunchoq miyaning asosiy 
funksiyalari unda hayot uchun muhim markazlarning borligidan kelib chiqadi. Bundan tashqari, orqa 
miyadan markazga intiluvchi yo’llar, shuningdek bosh miyaning yuqoridagi boplimlaridan 
markazdan qochuvchi yo’llar keyingi miya orqali o’tadi. Uzunchoq miyadagi ba’zi nerv 
hujayralarining opsiqlari orqa miyaning turli boiimlariga boradi va uzunchoq miya bilan orqa miyani 
bir-biriga bog’laydi.
Boshqa nerv hujayralarining opsiqlari esa, uzunchoq miyadan kelib chiqib. bosh miya nervlarini hosil 
qiladi.
Uzunchoq miyada nerv hujayralarining topplamidan vujudga keladigan markazlar muhim reflektor 
aktlarni yuzaga chiqaradi.
Yuqorida aytilganidek, uzunchoq miyada hayot uchun muhim bir qancha markazlar bor. Jumladan. 
nafas markazi, yurak faoliyati markazi, tomirlarni harakatlantiruvchi markaz, modda almashinuvini 
idora etadigan markaz uzunchoq miyadadir.
Bu markazlaming fiziologiyasi darslikning tegishli boblarida mukammai bayon qilingan.
Nafas markazida qo’zg’alish reflektor yopl bilan, shuningdek qonning ximiyaviy tarkibining ta’siri 
tufayli kelib chiqadi.
Adashgan nervning markazga intiluvchi tolalari orqali o’pkadan keluvchi impulslar nafas markazini 
refleks yopli bilan uzluksiz qo’z gpab turadi. Qondagi karbonat angidrid asosan ximiyaviy ta’sir 
lovchi ekanligini yuqorida aytilganlardan bilamiz.


Shunday qilib, nafas markazining faoliyati refleks yopl bilan ham, ximiyaviy yopl bilan ham idora 
etiladi.
Yurak faoliyatining markazi nerv hujayralarining topplamidan iborat. Bu markazning asosiy 
ahamiyati yurakning ishini idora etishdan iborat. Nafas markazi kabi, yurak faoliyatining markazi 
ham refleks yopl bilan va ximiyaviy moddalar ta’siri bilan qo’zg’aladi. Aorta yoyidan va umumiy 
uyqu arteriyasining tashqi hamda ichki uyqu arteriyalariga bo’linadigan joyidan boshlanuvchi 
reflekslar yurak faoliyati markazining refleks yopl bilan qo’zg’alish iga misol bopla oladi. Yurak-
tomir tizimining boshqa ko’p qismlari kabi shu qismlarida ham qon bosimi oshganda yurak faoliyati 
refleks yopli bilan tormozlanadi.
Tomirlarni harakatlantiruvchi umumiy markaz ham reflektor va ximiyaviy ta’sir lar ostida bo’ladi.
Bu markaz orqa miyadagi tomirlarni harakatlantiruvchi markazlaming faoliyatiga ta’sir etadi. Aorta 
yoyidan va uyqu arteriyasidan boshlanuvchi refleks (yuqoriga qaralsin) tomirlami harakatlantiruvchi 
markazning faoliyatiga ta’sir etib, tomirlami kengaytiradi. Simpatik nerv tizimi esa tomirlami 
toraytiradi.
Modda almashinuvi markazlari modda almashinuvini idora etadi. Uzunchoq miyaning muayyan 
qismlariga igna sanchilganda siydik bilan qand chiqa boshlaydi yoki suv va tuz almashinuvi buziladi.
Metabolizm, energetik talablar va ozuqa moddalari Metabolizm organizmni yaratish, 
o’zgartirish va parchalash yo’li bilan hayotni saqlab turish uchun zarur bo’lgan barcha biokimyoviy 
jarayonlarni o’z ichiga olgan bo’lib, uni konstruktiv (produktiv, anabolik) va energiyani 
o’zgartiruvchi (katabolik) metabolizmga bo’lish mumkin. Anabolizm (konstruktiv metabolizm) 
organizmning o’sishida ishtirok etuvchi hujayra moddalarini ishlab chiqarish, ya`ni endogen 
moddalarni (organizmning o’z moddalarini) sintez qilishni (jumladan Oqsillar, uglevodlar, yog’lar) 
o’z ichiga oladi.


XULOSA 
Hayvonda miyachaning bir tomoni shikastlansa, hayvon shu miyachasi shikastlangan 
tomoniga qarab og’ib, yiqilib ketaveradi. Bir necha kundan so’ng hayvon xarakatlari normallashadi. 
Agarda 
hayvon 
miyachasining 
ikkala 
yarim sharlari olib tashlansa, hayvon butunlay nogiron bo’lkb qoladi. 
Nogironlikning birinchi kunlarida hayvon o’rnidan turolmaydi, oddiy harakatlarni ham bajara 
olmaydi. Odamda miyacha faoliyati izdan chiqsa harakatlar koordinatsiyasi buziladi. Odam tez 
charchab, oyeqlarini juda kerib, gandiraklab va qaltirab yuradi. Bir necha oydan so’ng harakatlar 
tiklanadi, chunki muskul harakatlari koordinetsiyasida katta yarim sharlar po’stlogi ishtirok etadi. 
Miya yarim sharlari miyacha orqali skelet muskullarining tonusini va koordinatsiyasini reflektor yo’l 
bilan boshqarib turadi. Ung yarim sharlar miyachaning chap yarim sharlari funktsiyasini, chap yarim 
sharlar esa o’ng yarim sharlari funktsiyasini boshqaradi. Miya yarim sharlari miyacha orqali vegetativ 
funktsiyalar-yurak, qon tomirlar faoliyatini, ovqat hazm qilish va boshqa funktsiyalarni boshqaradi, 
chunki miyachada juda ko’p vegetativ markalar joylashgan. 
Yangi tugilgan bola miyachasining og’irligi 20,5-23 g 6 oylikda 62-65 g bo’ladi. Bolada 
miyachaning oq moddasi kulrang moddasiga nisbatan tez rivojlanib 7-6 yoshida tugaydi. Miyachada 
reflektor funkpiyalar shakllanishi uzunchoq miya, o’rta va oraliq miyani shakllanishi bilan bog’liq. 
O’rta miya. O’rta miya 4 ta tepalik plastinkasi va miya oyoqchalaridan tashkil topgan. Bundan 
tashqari qizil yadro, qora modda va bosh miyadan chiqadigan 3-4 juft ko’z olmasini harakatga 
keltiruvchi va 4 juft g’altaksimon nervlarning yadrolari bor. 
O’rta :miya yadrolari faoliyatiga qarab ikkiga - sezuvchi va haraxat yadrolariga bo’linadi. 
harakat yadrolari organizmda muskullar tonusiga to’g’ridan-tutri ta`sir etadi. Agarda hayvon bosh 
miyasini ochib, uzunchoq miya bilan o’rta chegarsidan 45° qilib qirqilsa, operatsiyasidan so’ng 
hayvon boshi orqaga qarab ketadi, dumi ko’tariladi. Agar miya sopi o’rta miyaning yuqorisidan 
kesilsa, bunday holat kelib chiqmaydi. Sezuvchi yadrolar eshitish va ko’rish 
funktsiyalarida ishtirok etadi. O’rta miyasi shikastlangan odamda faqat to’g’rilovchi 
reflekslar buziladi, lekin muskullar tonusi saqlanib qoladi. Chunki, odamda muskullar tonusini 
boshqarilishi bosh miya ishtirokida amalga 
oshiriladi. Shuningdek, o’rta miyada katta yarim sharlariga boradigan 


o’tkazuvchi yo’llar jomlashgan. O’rta miya ishtirokida vujudga keladigan reflekslar 
xomilani ona qornida rivojlanishida shakllana boshlaydi. Yangi tug’ilgan bolada qorachig’ refleksi 
yaxshi rivojlangan bo’ladi. Tovush va teri ta`sirotlariga ko’z qorachigini kengayishi bolaning 10 
haftaligidayeq , vujudga keladi. Bolaning 2-3 oyligidan boshlab labirint resfleksi yaxshi 
*/ namoyon bo’ladi. Bola yoshi ortishi bilan fazoda tana holatini ushlab turish refleksi ham 
yaxshi rivojlanib boradi. O’rta miyaning o’sishi va funktsional rivojlanishi miya sopining boshqa 
qismlarini taraqqiyoti bilan bogliq. 
Yangi tug’ilgan bolada o’rta miyaning vazni 2,5 g. Qizil yadro yaxshi rivojlangan bo’ladi. 
Shuningdek qora substantsiya ham taraqqiy etgan bo’lib hujayralari differentsiyalashgan bo’ladi 


Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling