biriga o'tkazish funksiyasini bajaradi.Orqa
miya kulrang moddasining
bir
juft oldingi, va bir juft orqa bir juft shoxlari bo'ladi.
2-rasm. Markaziy nerv
sistemasining ko`rinishi: 1-bosh
miya; 2- orqa miya.
Oldingi shoxlarida
harakatlantiruvchi nerv hujayralari,
orqa
shoxlarida sezuvchi, yon
shoxlarida
vegetativ nerv
hujayralari joylashgan. Ulardan
harakatlantiruvchi, sezuvchi va
vegetativ nervlaming uzun tolalari
chiqib, to'qima
va organlarga
boradi. Nerv hujayralarining kalta
o'simtalari hujay ralarni bir-biri
bilan tutashtiradi. Ular
umurtqa
pog'onasining kanalidan tashqariga
chiqmaydi.
3-rasm. Orqa miyaning
ko`ndalang kesimi: 1-oq
modda; 2-kulrang modda; 3-
orqa
shoxdan chiqqan
sezuvchi nerv; 4- oldingi
shoxdan chiqqan
harakatlantiruvchi nerv; 5 -
sezuvchi va
harakatlantiruvchi nervning
qo`shilishidan hosil bo`lgan
aralash nerv tolasi.
ORQA MIYANING
FUNKSIYASI.
Orqa miya ikki xil: reflektor va o'tkazuvchilik fimksiyasini bajaradi.
Orqa miyaning reflektor
funksiyasi. Orqa miyaning reflektor funksiyasi reflekslar hosil qilishdan iborat. Refleks - bu tashqi
va ichki muhit ta'siriga organizmning javob reaksiyasidir. Refleks markaziy nerv sistemasining
asosiy va maxsus funksiyasi hisoblanadi. Odam organizmining barcha
faoliyati reflekslar orqali
amalga oshadi. Masalan, og'riqni sezish, qo'l va oyoqlarning harakati, nafas olish va
chiqarish,
ko'zni yumish va ochish kabilar.
Do'stlaringiz bilan baham: