Nerv tizimi haqidagi ilm (neurologia)


-rasm. Bosh miyaning gorizontal kesmasi


Download 0.54 Mb.
bet14/39
Sana28.12.2022
Hajmi0.54 Mb.
#1011476
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   39
Bog'liq
AXMEDOV A.G’.Odam anatomiyasi 4

130-rasm. Bosh miyaning gorizontal kesmasi.

1-genu corporis callosi; 2-caput nuclei caudati; 3-claustrum; 4-putamen; 5-globus pallidus; 6-capsula interna; 7-cornu posterius ventriculi lateralis; 8-thalamus; 9-splenum corporis callosi.


Ixota (to‘siq) (claustrum) orolcha sohasida, qobiq bilan orolcha po‘stlog‘i orasida joylashgan, yupqa kulrang modda qatlamidir. U qobiqdan tashqi kapsula (capcula externa) bilan, orolcha po‘stlog‘idan esa eng tashqi kapsula (capcula extrema) vositasida ajralib turadi.


Bodomsimon tana (corpus amigdoloideum) chakka bo‘lagining uchida qobiq ostida joylashgan bir nechta o‘zaklardan iborat bo‘lib, ular tuzilishiga qarab bir-biridan farq qiladi. Bodomsimon tana po’stloq osti hidlov markazi vazifasini bajaradi.
Bazal o‘zaklar yangi tug‘ilgan chaqaloqda yaxshi ko‘rinadi. Ularning rivojlanishi po‘stloqqa nisbatan tez. Bola ikki yoshga to‘lgunicha ularning uzunligi 2 marta o‘sadi. Bu davrda dumli o‘zakning kengligi 2 marta, yasmiqsimon o‘zakniki 3 marta kattalashadi. Ularning shakli kam o‘zgaradi va 5 yoshdan keyin hajmi sekin o‘sadi. Bola tug‘ilgan vaqtdan to katta bo‘lgunicha yasmiqsimon o‘zak balandligi 30%, dumli o‘zakniki esa 60 % kattalashadi.

Yon qorincha


Yon qorincha (ventriculus lateralis) juft bo‘lib, har bir yarimsharning ichida joylashgan. Yon qorincha bo‘shlig‘i murakkab tuzilishga ega bo‘lib, uning qismlari yarimsharning barcha bo‘laklari (orolchadan tashqari) ichida joylashgan. Yon qorincha to‘rt qismdan iborat. Uning markaziy qismi tepa bo‘lagida, oldingi shoxi peshona bo‘lagida, orqa shoxi ensa bo‘lagida, pastki shoxi esa chakka bo‘lagida joylashgan.
Yon qorinchaning markaziy qismi (pars centralis) gorizontal joylashib, ust tomondan qadoq tana tolalari qoplab turadi. Uning tubini dumli o‘zak tanasi va talamusning dorsal yuzasi, medial devorini esa gumbaz tanasi hosil qiladi.
Yon qorinchaning oldingi shoxi (cornu anterior) pastga va tashqariga qarab bukilgan bo‘lib, peshona bo‘lagida joylashgan. Uning medial devorini tiniq to‘siq (septum pellicidum) hosil qiladi. Oldingi shoxni lateral va qisman pastki devori dumli o‘zakning boshi bilan, qolgan qismlari esa qadoq tana tolalari bilan chegaralangan.
Yon qorinchaning pastki shoxi (cornu inferior) chakka bo‘lagi ichida joylashgan. Uning lateral, qisman ustki devorini yarimsharning oq moddasi hosil qiladi. Ustki devorini hosil qilishda dumli o‘zakning dumi ham ishtirok etadi. Uning medial devorida dengiz oti egati botib kirishidan hosil bo‘lgan qavariq (hippocampus) yotadi. Uning uchi qalinlashib mayda egatlar bilan bo‘laklarga, dengiz oti barmoqlariga (digitationes hippocampi) bo‘lingan. Gippokampning ichki tomoniga gippokamp gajimlari (fimbria hippocampi) birikkan. Pastki shoxning tubida aylanma egatning botib kirishidan hosil bo‘lgan tepacha - eminentia collateralis yotadi.
Yon qorinchaning orqa shoxi (cornu posterior) ensa bo‘lagiga botib kirib, hamma tomondan oq modda gilam (tapetum) bilan o‘ralgan. Uning ichki devorida, pix egatining botib kirishidan hosil bo‘lgan qush pixi (calcar avis) joylashgan. Yon qorinchalar oldingi shoxi sohasida joylashgan foramen interventriculare orqali uchinchi qorinchaga qo‘shiladi.



Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling