Nerv tizimi haqidagi ilm (neurologia)


Qorin va chanoq bo‘shlig‘i vegetativ chigallari


Download 0.54 Mb.
bet32/39
Sana28.12.2022
Hajmi0.54 Mb.
#1011476
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   39
Bog'liq
AXMEDOV A.G’.Odam anatomiyasi 4

Qorin va chanoq bo‘shlig‘i vegetativ chigallari.
Qorin va chanoq bo‘shlig‘ida nerv tolalarining o‘zaro birikishidan hosil bo‘lgan va tarkibida nerv tugunlari bo‘lgan turli kattalikdagi nerv chigallari joylashadi. Bu chigallar tugunlarida ikkinchi neyron hujayralari tanalari joylashgan bo‘lib, ularning o‘simtalari ichki a’zolar va qon tomirlarga borib ularni innervatsiya qiladi. Vegetativ chigallarning postganglionar tolalari ko‘proq qon tomirlar atrofida chigal hosil qilib yo‘naladi. Qorin bo‘shig‘idagi vegetativ chigallarning eng kattasi qorin aortasi atrofida joylashgan va uning tarmoqlariga davom etgan qorin aortasi chigali (plexus aorticus abdominalis).
Qorin aortasi chigali qismlaridan asosiysi qorin chigali yoki quyosh chigalidir (plexus coeliacus). U qorin aortasining oldingi yuzasida qorin o‘zani atrofida joylashgan ko‘p sonli nerv va yirik tugunlardan iborat. Qorin chigali tarkibiga qorin poyasining o‘ng va chap tomonida yotgan juft yarimoysimon qorin tuguni (ganglia coeliaca), buyrak arteriyasining aortadan boshlangan joyida yotgan juft aorta-buyrak tuguni (ganglia aortarenalis) va ustki ichaktutqich arteriyasining boshlanish joyida yotgan toq ustki ichaktutqich tuguni (ganglion mesenteicum superior) kiradi. Qorin chigaliga simpatik poyadan chiquvchi katta, kichik ichki a’zolar nervlari va bel ichki a’zo nervlari qo‘shiladi. Bundan tashqari qorin chigaliga o‘ng diafragma nervining sezuvchi va o‘ng adashgan nervning parasimpatik qismining preganglionar tolalari kelib uzilmasdan o‘tib ketadi. Qorin chigali tugunlaridan boshlangan postganglionar simpatik tolalar va preganglionar parasimpatik tolalar qon tomir bilan birga a’zolarga yo‘naladi. Ular qon tomirlar atrofida periarterial vegetativ chigallar hosil qilib, qorin chigali tugunlaridan bir necha guruh shoxlar chiqadi. Juft qorin tugunlaridan:
1.Pastki diafragma arteriyalari atrofida vegetativ chigal hosil qilib yo’naluvchi shoxlar diafragmani qoplovchi qorinparda va uning qon tomirlarini simpatik innervatsiya qiladi.
2. Qorin o‘zani tarmoqlari atrofida yo‘nalib taloq, jigar, me’da va me’da osti bezi chigallarini hosil qilgan shoxlari tarkibida o‘ng diafragma nervining sezuvchi tarmoqlari ham bo‘ladi.
3.Qorin tugunlarining tashqi tomonidan chiqqan shoxlar juft buyrak usti bezi chigalini hosil qilib buyrak usti beziga yo‘naladi. Bu shoxlar tarkibida buyrak usti bezining mag‘iz qismiga boruvchi preganglionar tolalar bor. Qorin va aorta-buyrak tugunlaridan chiqib buyrak arteriyasi atrofida buyrak chigalini hosil qilgan shoxlar buyrak va siydik yo‘lini innervatsiya qiladi.
Yuqori ichak tutqich tuguni hamda aorta chigali shoxlari ustki ichak tutqich arteriyasi atrofida ustki ichak tutqich chigalini hosil qiladi. Uning ichak arteriyalari bo‘ylab yo‘nalgan shoxlari ingichka, ko‘r ichak, ko‘tariluvchi va ko‘ndalang chambar ichaklarni innervatsiya qiladi.
Aorta chigali tarmoqlari jinsiy bezlar qon tomirlari atrofida chigallar hosil qilib yo‘nalib, jinsiy bezlarga boradi.
Pastki ichak tutqich chigali o‘z nomidagi arteriya va uning tarmoqlari bo‘ylab pastga tushuvchi chambar, sigmasimon va to‘g‘ri ichakning yuqori qismini innervatsiya qiladi.
Ustki qorin osti chigali (plexus hypogastricus superior) nerv tolalari va tugunlaridan tashkil topgan bo‘lib, oxirgi bel umurtqasi oldida joylashgan. Uning tarkibiga simpatik poyaning pastki bel va dumg‘aza qismi tugunlaridan chiqqan shoxlar ham qo‘shiladi. Bu chigal pastga tomon ikkiga bo‘linib, to‘g‘ri ichakning yon tomonida joylashgan pastki qorin osti chigalini (plexus hypogastricus inferior) hosil qiladi. Bu chigalga dumg‘aza tugunlaridan keluvchi dumg‘aza ichki a’zolar nervi qo‘shiladi. Bu chigal ichki yonbosh arteriyasi tarmoqlari va a’zolar atrofida chigallar hosil qiladi. Pastki qorin osti chigali tarkibiga parasimpatik qismning dumg‘aza markazidan chiquvchi chanoq ichki a’zolar nervini hosil qiluvchi preganglionar tolalar ham kiradi. U tolalar yo‘g‘on ichakning chap qismini va siydik-tanosil a’zolarni parasimpatik innervatsiya qiladi.
Sezgi a’zolari
Umumiy ma’lumotlar
Sezgi a’zolari organizmning tashqi muhit bilan aloqasini bog’lovchi murakkab tuzilishga ega hosilalardir. Ular tashqi ta’sir energiyasini qabul qilib, uni nerv impulsiga aylantirib miyaga yetkazib beruvchi anatomik tuzilmalardan iborat. Sezgi a’zolariga tushayotgan tashqi muhitning turli ta’siri natijasi miya yarimsharlari po‘stlog‘i ishtirokida dunyoni sezishning turli: sezish, qabul qilish va faraz qilish shakllarida paydo bo‘ladi. Har turli tashqi ta’sirot teri, ko‘rish, eshitish, hidlov va tam bilish a’zolari bilan qabul qilinadi. Sezgi a’zolari vositasida odam tashqi muhitni sezadi, unga moslashadi va uning ta’siriga ma’lum bir harakat bilan javob beradi. Ba’zi bir tashqi ta’sirot buyumga bevosita tekkan vaqtda seziladi (kontakt sezgi): bunga teri sezgisi (og‘riq, harorat), tilning shilliq pardasidagi so‘rg‘ichlar ovqatni mazasini biladi. Boshqa bir ta’sirotlar uzoqdan seziladi (distant sezgi): ko‘rish a’zosi nurni, eshitish a’zosi tovushni, hidlov a’zosi turli hidlarni. Sezgi a’zolari faqat tashqi ta’sirotlarni qabul qiladi. Bu ta’sirotlarning tahlili esa bosh miya po‘stlog‘ida bo‘lib, bu yerga ta’sirot nervlar orqali boradi. Ta’sirotlarni qabul qilish, o‘tkazish va tahlil qilishda ishtirok etadigan elimentlar yig‘indisini sezgi a’zolarini I.P. Pavlov analizator deb ataydi. Analizator tashqi muhitning murakkab ta’sirini alohida elimentlarga ajratadi. Analizator uch qismdan iborat: 1. Periferik qism - retseptor, kimyoviy va fizik ta’sirot energiyasini qabul qilib, nerv qo‘zg‘olishiga aylantirib beradi. 2.O‘tkazuvchi qism -qonduktor, qo‘zg‘olishni retseptordan po‘stloq osti markazlari, keyin esa yarimsharlar po‘stlog‘iga o‘tkazadi. 3.Analizatorning po‘stloq markazida kelayotgan qo‘zg‘olishlar tahlil qilinadi va boshqa markazlar bilan aloqalar paydo bo‘ladi. Markaz qancha yuqori joylashsa, qo‘zg‘olishlar shuncha nozik taxlil qilinib ma’lum bir sezgi paydo bo‘ladi.
Sezgilar ikki guruhga bo‘linadi: 1.Atrof muhitdagi hodisalar va predmetlarning xususiyatlarini sezish (og’riq, bosim va harorat sezgisi, eshitish, ko‘rish, tam bilish, hid bilish sezgisi). 2.Tananing ayrim qismlari harakati va ichki a’zolar holatini sezish (harakat sezgisi, tana muaozanati sezgisi, a’zolar va to‘qimalar sezgisi). Shularga asosan sezgi a’zolari ikki guruhga bo‘linadi.
1.Tashqi sezgi a’zolari impulsni ekstraretseptorlardan qabul qiladi. Ular beshta: teri sezgisi, eshitish, ko‘rish, tam bilish va hid bilish a’zolari.
2.Ichki sezgi a’zolari: a) impulslarni propriotseptiv sohadan: mushaklar, bo‘g‘imlar va muvozanat a’zosi (ichki quloq) propriotseptorlaridan qabul qiluvchi. b) Intratseptiv soha ichki a’zolar va qon tomirlardagi interoretseptorlardan qabul qiladi. Ichki a’zolardan keluvchi impulslar mutadil holatda sezilmaydi. Ular ma’lum bir kasalliklarda og‘riq shaklida bilinadi.


Ko‘rish a’zosi
Ko‘rish a’zosi (organon visus) odam hayotida uni tashqi muhit bilan aloqasida katta ahamiyatga ega. Ko‘rish a’zosi ko‘z kosasida joylashgan bo‘lib, ko‘z va ko‘zning yordamchi a’zolaridan iborat.

Ko‘rish a’zosining taraqqiyoti


Odamda ko‘z olmasi bir nechta manbaadan: yorug‘lik sezuvchi to‘r parda miya pufagining yon devoridan, ko‘z gavhari -ektodermadan, tomirli va fibroz pardalar - mezenximadan taraqqiy etadi.
Homila taraqqiyotining 2 oyi boshlarida birinchi miya pufagining yon devorida bir juft o‘simta ko‘z pufagi paydo bo‘ladi. Uning uchi kengayib ektodermaga qarab o‘sadi. Miyaga qo‘shilgan oyoqlari torayib ko‘ruv nervini hosil qiladi. Taraqqiyotning keyingi oylarida ko‘z pufagining oldingi devori ichkariga botib kirib ikki qavatli ko‘z jomini hosil qiladi. Jomning tashqi devori keyinchalik to‘r pardaning tashqi pigmentli qismiga, ichki devori esa yorug‘lik sezuvchi qismiga aylanadi. Shu davrda ko‘z jomi oldida turgan ektoderma avval qalinlashadi, keyin unda gavhar chuqurchasi paydo bo‘lib, gavhar pufagiga aylanadi.
Homila hayotining 2 oyida ko‘z jomi ichiga mezenxima hujayralari o‘sib kirib, ko‘z jomining ichki tomonida tomirli pardani, tashqi tomonida esa fibroz pardani va qon tomirlar to‘rini hosil qiladi. Fibroz pardaning oldingi qismi rangsizlanib shox pardaga aylanadi. Homila hayotining 3 oyida ustki va pastki qovoqlar ektoderma burmalari holida paydo bo‘ladi. Ko‘zning biriktiruvchi to‘qimali pardasi (kon‘yunktiva) epiteliyasi ham ektodermadan taraqqiy etadi. Ko‘z yoshi bezi kon‘yunktiva epiteliyasning o‘simtalaridan homila hayotining 3 oyida qovoqlarning tashqi qismida taraqqiy etadi.
Ko‘z
Ko‘z (oculus, grekcha ophthalmos) ko‘z olmasi va ko‘ruv nervidan iborat.
Ko‘z olmasi (bulbus oculi) yumaloq shaklga (148-rasm) ega bo‘lib, unda oldingi qutb (polus anterior) va orqa qutb (polus posterior) tafovut qilinadi. Oldingi qutb shox pardaning eng chiqqan joyiga to‘g‘ri kelsa, orqa qutbi ko‘ruv nervining chiqish sohasidan lateralroq joylashgan. Shu ikki nuqtani birlashtirgan chiziq ko‘zning tashqi o‘qi (axis bulbi externus) deb atalib, uzunligi 24 mm. Ko‘z olmasining ichki o‘qi (axis bulbi internus) shox pardaning orqa yuzasidan to‘r pardagacha bo‘lib, uzunligi 21,75 mm. Ko‘z olmasining vertikal o‘lchami 23,5 mm, ko‘ndalangi 23,8 mm. Ko‘zning oldingi qutbi bilan to‘r pardaning markaziy chuqurchasini bog‘lovchi chiziq ko‘zning ko‘ruv o‘qi (axis opticus) deb ataladi. Ko‘z olmasi ko‘zning ichki muhiti (oldingi va orqa kameralar suyuqligi, ko‘z gavhari, shishasimon tana) va uni qoplagan uch qavat pardadan iborat.
Tashqi fibroz parda (tunica fibrosa bulbi) himoya vazifasini bajaradi. U ikki: oldingi shox va orqadagi oqsil pardadan iborat. Ularning o‘rtasida uncha chuqur bo‘lmagan aylanma egat (sulcus sclerae) bor.
S
148-расм.Ko‘z olmasini gorizontal kesmasi
1-lens; 2-camera anterior bulbi; 3-camera posterior bulbi; 4-corpus vitreum;
5-tunica fibrosa bulbi; 6-tunica vasculosa bulbi; 7-retina.


hox parda (sornea) tiniq bo‘lib, soat oynasiga o‘xshash ko‘rinishga ega. Uning diametri 12 mm, qalinligi 1 mm.Shox pardada oldingi yuza



Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling