Nerv tizimi haqidagi ilm (neurologia)


-rasm. Uzoqlashtiruvchi nerv


Download 0.54 Mb.
bet29/39
Sana28.12.2022
Hajmi0.54 Mb.
#1011476
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   39
Bog'liq
AXMEDOV A.G’.Odam anatomiyasi 4

144-rasm. Uzoqlashtiruvchi nerv.
1-nucleus n. abducentis; 2-n.abducens; 3-sinus cavernosus; 4-fissura orbitalis superior.


Yuz nervi
YII juft, yuz nervi (n. facialis) (145-rasm) tarkibiga ikkita nerv: harakatlantiruvchi o‘zak hujayralari aksonlaridan hosil bo‘lgan xususiy yuz nervi va tarkibida sezuvchi, vegetativ tolalari bo‘lgan oraliq nerv (n.intermedius) kiradi. Yuz nervining sezuvchi (nucleus solitarius), harakatlantiruvchi (nucleus n. facialis) va parasimpatik (nucleus salivatorius superior) o‘zaklari miya ko‘prigi sohasida joylashgan. Miya asosidan nerv ko‘prikning orqa qirrasidan, olivadan tashqariroqdan chiqib, dahliz-chig‘anoq nervi bilan ichki eshituv yo‘liga kiradi. Chakka suyagining piramidasi ichida o‘z nomidagi kanal ichida joylashib, bigizsimon-so‘rg‘ichsimon teshik orqali tashqariga chiqadi. Kanal ichida nerv bukilma-yuz nervi tizzachasi (geniculum n. facialis) va tizzacha tugunini (ganglion geniculi) hosil qiladi. Tizzacha tuguni sohta unipolyar hujayralardan iborat bo‘lib, oraliq nervning sezuvchi qismiga taalluqli. Yuz nervi kanali ichida nervdan quyidagi shoxlar chiqadi:
1.Katta tosh nervi (n. petrosus major) parasimpatik tolalardan iborat bo‘lib, kanaldan o‘z nomidagi tirqish orqali piramidaning oldingi yuzasiga, bu yerdan o‘z nomidagi egatda yo‘nalib yirtiq teshik orqali tashqariga chiqadi. Nerv simpatik nerv bilan birga qanotsimon kanalga kirib, qanotsimon kanal nervi (n. canalis pterygoidei) nomini oladi va qanot-tanglay tuguniga qo‘shiladi.
2.Nog‘ora tori nervi (chorda tympani) parasimpatik va sezuvchi tolalari bo‘lib, sezuvchi tolalar tizzachali tugun sohta unipolyar hujayra o’simtalaridan iborat. Uning periferik qismi tilning oldingi uchdan ikki qismi va yumshoq tanglayda joylashgan tam bilish retseptorlarini hosil qiladi. Nerv kanal ichidan canaliculi chordae tympani orqali o‘rta quloq bo‘lig‘iga o‘tadi. Nog‘ora bo‘shlig‘idan toshsimon-nog‘ora tirqishi (fissura petrotympanica) orqali chiqib til nerviga qo‘shiladi.
3.Uzangi nervi (n. stapedius) harakatlantiruvchi shox bo‘lib, nog‘ora bo‘shlig‘ida uzangi mushagini innervatsiya qiladi.
Yuz nervi bigizsimon-so‘rg‘ichsimon teshikdan chiqqanidan keyin quyidagi harakatlantiruvchi shoxlarini beradi:
1.Quloq suprasining orqasidagi nerv (n. auricularis posterior) peshona-ensa mushagining ensa qorinchasini va orqa quloq mushagini innervatsiya qiladi. 2.Ikki qorinchali shox (r. digastricus) ikki qorinli mushakni orqa qorinchasini innervatsiya qiladi. 3. Bigizsimon-til osti mushagiga boruvchi shox (r. stylohyoideus). So‘ng yuz nervi quloq oldi bezi ichiga kirib, uning ichida shoxlarga bo‘linadi va quloq oldi bezi chigalini (plexus intraparotideus) hosil qiladi. Bu chigaldan quyidagi shoxlar chiqadi:
1.Chakka shoxlari (rr. temporalis) quloq mushagi, kalla usti mushagining peshona qorinchasini va ko‘z kosasi atrofidagi aylana mushakni innervatsiya qiladi.
2.Yonoq shoxlari (rr. zygomaticus) ko‘z kosasi atrofidagi aylana mushakni va katta yonoq mushagini innervatsiya qiladi.
3.Lunj shoxlari (rr. buccales) katta va kichik yonoq mushaklari, ustki labni ko‘taruvchi mushak, lunj mushagi, og‘iz burchagini ko‘taruvchi mushak, og‘iz tirqishi atrofidagi aylana mushaki, burun va kulgu mushaklarini innervatsiya qiladi.
4 Pastki jag‘ chekkasi bo‘ylab yo‘naladigah shox (r. marginalis mandibulae) pastki labni va og‘iz burchagini tushiruvchi va engak mushaklarini innervatsiya qiladi.
5.Bo‘yin shoxi (r. coli) bo‘yinning teri osti mushagini innervatsiya qiladi.

145-rasm. Bosh va bo’yinning yuza nervlari.


1-rr.temporales; 2-n.supraorbitalis; 3-rr.zygomatici; 4-n. infraorbitalis;
5-rr. buccales; 6-n.facialis; 7-n.mentalis; 8-r.marginalis mandibulae;
9-r.colli; 10-n.transversus coli; 11-nn.supraclaviculares; 12-n.accessorius; 13-n.auricularis magnus; 14-n.occipitalis minor; 15-n.occipitalis major; 16-n.auriculotemporalis.

Dahliz-chig‘anoq nervi


YIII juft, dahliz-chig‘anoq nervi (n. vestibulococlearis) - sezuvchi nerv. U eshituv va muvozanat a’zosidan kelayotgan sezuvchi tolalardan tuzilgan bo‘lib, ikki qismdan iborat. Uning dahliz qismi nerv hujayralari ichki eshituv yo‘li tubidagi dahliz tugunida (ganglion vestibularàe) joylashgan. Ularning periferik o‘simtalari ichki quloqning parda labirintida retseptorlar hosil qilib tugaydi. Markaziy o‘simtalari esa rombsimon chuqurchada joylashgan vestibulyar o‘zaklarga boradi.
Chig‘anoq qismi (pars cochlearis) spiral kanalda joylashgan chig‘anoq tuguni (ganglion cochleare) hujayralarining o‘simtalaridan iborat. Ularning periferik o‘simtalari spiral a’zoda tugasa, markaziy o‘simtalari rombsimon chuqurchadagi chig’anoq o‘zaklarida tugaydi. Nerv miya asosidan ko‘prikning orqasidan, yuz nervi ildizlaridan tashqariroqdan chiqadi. Keyin dahliz-chig’anoq nervi ichki eshituv yo‘liga kiradi.

Til-yutqin nervi


IX juft, til-yutqun nervi (n. glossopharyngeus) aralash nerv. Uning tarkibida sezuvchi, harakatlantiruvchi va parasimpatik tolalar bor. Til-yutqin nervining sezuvchi tolalari yakka tutam o‘zagida (nucleus solitarius) tugasa, harakatlantiruvchi tolalari ikki yoqlama o‘zakdan (nucleus ambigiuus), parasimpatik tolalar esa pastki so‘lak ajratuvchi o‘zakdan (nucleus salivatorius inferior) boshlanadi. Til-yutqin nervi o‘zaklari uzunchoq miya sohasida joylashgan bo‘lib, nerv miya asosida olivaning orqasidan chiqadi. Kalla bo‘shlig‘idan til-yutqin nervi bo‘yinturuq teshigi orqali tashqariga chiqadi. Bo‘yinturuq teshigi sohasida nerv ustki sezuvchi tuguni (ganglion superius), chiqqanidan keyin tosh chuqurcha sohasida nisbatan katta pastki tugun (ganglion inferius) hosil qiladi. Bu tugunlar tarkibida sezuvchi neyronlar bo‘lib, ularning markaziy o‘simtalari uzunchoq miyadagi sezuvchi o‘zakda tugaydi. Ularning periferik o‘simtalari nerv shoxlari tarkibida tilning orqa 1/3 shilluq pardasiga, halqumning shilliq pardasiga,o‘rta quloqqa, uyqu sinusiga boradi. Bo‘yinturuq teshigidan chiqqach til-yutqin nervi ichki uyqu arteriyning orqasida, keyin unung lateral tomonida, shu arteriya bilan ichki bo‘yinturuq vena o‘rtasida yotadi. So‘ng nerv ravoq shaklida pastga va oldinga yo‘nalib, bigiz-yutqin va bigiz-til mushaklari orasidan o‘tadi. Til ildiziga kirgach u o‘zining oxirgi til shoxlariga (r. lingualis) bo‘linadi. Bu shoxlar til ustining orqa 1/3 qismi shilliq pardasini innervatsiya qiladi.


Til-yutqin nervidan quyidagi shoxlar chiqadi:
1.Nog‘ora nervi (n. tympanicus) pastki tugundan chiqib, chakka suyagining nog‘ora kanalchasi orqali nog‘ora bo‘shlig‘iga kiradi va shilliq pardada nog‘ora chigalini (plexus tympanicus) hosil qilib, nog‘ora bo‘shlig‘i va eshituv nayi shilliq pardasini innervatsiya qiladi. Bu nervning oxirgi shoxi kichik toshsimon nerv (n. petrosus minor) parasimpatik tolalaridan iborat bo‘lib, o‘z nomidagi tirqish orqali piramidaning oldingi yuzasiga chiqadi. Kalla bo‘shlig‘idan ponasimon-toshsimon tirqish (fissura sphenopetrosa) orqali o‘tib, quloq tuguniga qo‘shiladi.
2.Sinus shoxi (r. sinus carotici) umumiy uyqu arteriyasi bo‘lingan joydagi uyqu koptokchasini innervatsiya qiladi.
3.Yutqin shoxlari (r. pharyngeus) yutqin devorida vegetativ nerv tolalari bilan yutqin chigalini hosil qiladi.
4.Bigiz-yutqin shoxi (r. stylopharyngei) shu nomdagi mushakni innervatsiya qiladi.
5.Murtak shoxlari (r.r. tonsillaris) tanglay murtagini innervatsiya qiladi.
Adashgan nerv
X juft, adashgan nerv (n.vagus) aralash nerv (146-rasm). Bu nerv bosh miya nervlari ichida eng uzuni bo‘lib, uning tolalari odam organizmining ko‘p sohasiga tarqalgan. Nerv tarkibidagi harakatlantiruvchi tolalar ikki yoqlama o‘zak (nucleus ambiguus), vegetativ tolalar uning orqa o‘zagi (nucleus dorsalis nervi vagi) hujayralari aksonlaridan iborat. Sezuvchi tolalari ustki va pastki tugunlarda (ganglion superius et inferius) joylashgan sezuvchi neyronlarning markaziy o’simtalari yakka tutam o‘zagida (nucleus solitarius) tugaydi. Ularning periferik o‘simtalari bosh miya qattiq pardasiga, tashqi eshituv yo‘li terisiga va ichki a’zolarga boradi. Adashgan nervning parasimpatik tolalari nervning ko‘p qismini tashkil qilib bo‘yin, ko‘krak va qorin bo‘shlig‘i a’zolari faoliyatini boshqaradi.
Adashgan nerv uzunchoq miyaning orqa yon egatidan bir nechta ildiz hosil qilib chiqadi. Ular o‘zaro birikib bo‘yinturuq teshigiga qarab yo‘naladi. Teshikda va undan chiqqanidan keyin ustki va pastki tugunlarni (ganglion superius et ganglion inferius) hosil qiladi. Teshikdan chiqqanidan so‘ng adashgan nerv ichki bo‘yinturuq vena va ichki uyqu arteriyasi o‘rtasida pastga tomon yo‘naladi. Ko‘krak qafasining ustki aperturasi orqali u ko‘krak bo‘shlig‘iga kiradi. Ko‘krak qafasiga kirishda o‘ng adashgan nerv o‘mrov osti arteriyasi va venasi o‘rtasidan o‘tadi. Chap adashgan nerv umumiy uyqu va o‘mrov osti arteriyalari o‘rtasidan o‘tib aorta ravog‘ini oldiga yo‘naladi. Keyin o‘ng va chap nervlar o‘pka ildizi orqasidan o‘tib, o‘ng adashgan nerv qizilo‘ngachning orqa, chap nerv oldingi yuzasiga o‘tadi. Ular shoxlanib qizilg‘ngach chigalini hosil qiladi. Bu chigaldan oldingi va orqa adashgan nerv poyalari hosil bo‘lib, qizilo‘ngach bilan birga qorin bo‘shlig‘iga o‘tadi. Oldingi poya (truncus vagalis anterior) me’daning oldingi yuzasida, orqa poya (truncus vagalis posterior) uning orqa yuzasida joylashadi.
Adashgan nerv juda katta sohaga tarqalgani uchun uni to‘rt: kalla, bo‘yin, ko‘krak va qorin qismlariga bo‘lib o‘rganamiz.
Adashgan nervning kalla qismidan quyidagi shoxlar chiqadi:
1.Miya qattiq pardasiga boruvchi shox (r. meningeus) ustki tugundan boshlanib, orqa kalla chuqurchasi sohasidagi bosh miya qattiq pardasini, ko‘ndalang va ensa vena bo‘shliqlari devorini innervatsiya qiladi.
2.Quloq shoxi (r.auricularis) nog‘ora-so‘rg‘ichsimon tirqish orqali kalladan chiqib, tashqi eshituv yo‘lining orqa devori va quloq suprasi orqa terisini innervatsiya qiladi.
Adashgan nervning bo‘yin qismidan quyidagi shoxlar chiqadi:
1. Yutqin shoxlari (r. pharyngei) yutqin devorida til-yutqin va simpatik poya tolalari bilan birga yutqin chigalini (plexus pharyngeus) hosil qiladi. Bu shoxlar yutqinning shilliq pardasini, siquvchi mushaklarni va yumshoq tanglay mushaklarini (tanglay chodirini taranglovchi mushakdan tashqari) innervatsiya qiladi.
2.Yurakning ustki bo‘yin shoxlari (rr. cardiaci cervicales superiores) pastga tomon yo‘nalib, yurak chigalini hosil qilishda ishtirok etadi.
3.Hiqildoqning ustki nervi (n. laryngeus superior) pastki tugundan boshlanib, ikki shoxga bo‘linidi. Tashqi shox (r. externus) hiqildoqning uzuksimon-qalqonsimon mushagini, ichki shox (r. internus) hiqildoqning shilliq pardasini ovoz tirqishidan yuqori qismini va til ildizi shilliq pardasini bir qismini innervatsiya qiladi.
4.Orqaga qaytuvchi hiqildoq nervi (n. laryngeus recurrens). Chap tomonda bu nerv aorta ravog‘i sohasida boshlanib, uni past tomonidan o‘tsa, o‘ng tomonda o‘mrov osti arteriyasini past tomonidan aylanib o‘tib yuqoriga ko‘tariladi. Undan quyidagi: traxeya (rr. tracheales), qizilo‘ngach (rr. esophagei) va yurakning pastki bo‘yin shoxlari (rr. cardiaci cervicales inferiores) chiqadi. Uning oxirgi shoxi hiqildoqning pastki nervi (n. laryngeus inferior) hiqildoqning shilliq pardasining ovoz tirqishidan pastki qismini va hiqildoq mushaklarining (uzuksimon-qalqonsimon mushakdan tashqari) barchasini innervatsiya qiladi.
Adashgan nervning ko‘krak qismidan quyidagi shoxlar chiqadi:
1. Yurakning ko‘krak shoxlari (rr. cardiaci thoracici) yurak chigaliga boradi.
2.Bronx shoxlari (rr. bronchiales) simpatik poya shoxlari bilan qo‘shilib bronxlarni o‘rab o‘pkaga kiruvchi o‘pka chigalini (plexus pulmonalis) hosil qiladi.
3.Qizilo‘ngach chigalidan (plexus esophageus) qizilo‘ngach devoriga boruvchi shoxlar (rr. esophagei) chiqadi.
146-rasm. Bosh va bo‘yin nervlari.
1-gangl. trigeminale; 2-n.glossopharyngeus; 3-n. accessories; 4-n.vagus; 5-gang.cervicale superius; 6-plexus cervicalis; 7-n.laryngeus superior; 8-ansa cervicalis; 9-n.laryngeus superior; 10- n.hypoglossus; 11-n. lingualis.

Adashgan nervning qorin qismida adashgan nervning oldingi poyasidan oldingi me’da (rr. gastrici anteriores) va jigar shoxlari (rr. hepatici) chiqadi. Uning orqa poyasidan orqa me’da shoxlari (rr.gastrici posteriores) hamda qorin shoxlari (rr. coeliaci ) chiqadi. Qorin shoxlari chap me’da arteriyasi bo‘ylab yo‘nalib, quyosh chigaliga qo‘shiladi. Undan adashgan nerv tolalari jigar, taloq, me’da osti bezi, buyrak, ingichka va yo‘g‘on ichaklarga boradi.





Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling