Nerv tizimi haqidagi ilm (neurologia)
-rasm. Eshituv suyakchalari
Download 0.54 Mb.
|
AXMEDOV A.G’.Odam anatomiyasi 4
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ichki quloq
152-rasm. Eshituv suyakchalari .
1-malleus; 2-caput mallei; 3-uncus; 4-crus breve; 5-corpus incudis; 6-crus longum; 7- processus lenticularis; 8- caput stapedis; 9-stapes; 10-basis stapedis; 11-crus anterior et posterior; 12-manibrium mallei; 13-processus anterior mallei; 14-processus lateralis mallei; 15-collum mallei. Bu qismlarning o‘zaro qo‘shilgan joyda eshituv nayi torayib isthmus tubae auditivae ni hosil qiladi. Suyak qismi nayning yuqori 1/3 qismini tashkil qilib, nog‘ora bo‘shlig‘iga ostium tympanicum tubae auditivae, pastki tog‘ay qismi nayning 2/3 qismini tashkil qilib, halqumning burun qismiga ostium pharyngeum tubae auditive bo‘lib ochiladi. Nayning shilliq pardasi kiprikli epiteliy bilan qoplangan bo‘lib, bo‘ylama burmalar hosil qiladi. U limfoid to‘qimaga boy bo‘lib nay bolishi oldida nay murtagini hosil qiladi. Yangi tug‘ilgan chaqaloqda nog‘ora bo‘shlig‘i shilliq osti qavati qalin bo‘lgani uchun nisbatan kichik va qiya joylashgan. Bola tug‘ilgan davrda u suyuqlik bilan to‘la bo‘lib, bola nafas olgan vaqtda eshituv nayi orqali halqumga siqib chiqarib yuboriladi. Nog‘ora bo‘shlig‘ining devorlari, ayniqsa yuqori qismi yupqa bo‘ladi. Uning pastki devori biriktiruvchi to‘qimadan iborat. Orqa devorida so‘rg‘ichsimon bo‘shliqqa olib kiruvchi keng teshik bor. So‘rg‘ichsimon o‘simta yaxshi rivojlanmagani uchun yangi tug‘ilgan chaqaloqda so‘rg‘ichsimon katakchalar bo‘lmaydi. Ularda nog‘ora bo‘shlig‘i shilliq pardasida burmalar bo‘ladi. Eshituv nayi yangi tug‘ilgan chaqaloqda to‘g‘ri, keng, qisqa (17 mm) bo‘lib, suyak qismi ko‘proq rivojlangan. Bola hayotining birinchi yilida eshituv nayi sekin o‘sadi. Uning uzunligi bir yoshda 20 mm, 2 yoshda 30 mm, 5 yoshda 35 mm bo‘ladi. Eshituv nayining teshigi yoshga qarab torayib boradi. 6 oylik bolada 2,5 mm bo‘lsa, 6 yoshda 1-2 mm bo‘ladi. Eshituv suyakchalari o‘z hajmini 4 oylik bolada egallagan bo‘lib, yoshga qarab o‘zgarmaydi. Ichki quloq Ichki quloq (auris interna) chakka suyagi piramidasi ichida joylashgan suyak (143-rasm) va parda labirintdan iborat. Suyak labirintni (labyrinthus osseus) devori suyak to‘qimadan iborat bo‘lib, nog‘ora bo‘shlig‘i, bilan ichki eshituv yo‘li o‘rtasida yotadi. Suyak labirintning uzunligi 20 mm. Unda dahliz, chig‘anoq va yarim doira kanallar tafovut qilinadi. Download 0.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling