Neyronlarning tuzilishi


Download 22.92 Kb.
bet1/3
Sana07.04.2023
Hajmi22.92 Kb.
#1337421
  1   2   3
Bog'liq
Nerv to


Nerv to’qimasi nerv to’qimasi markaziy va periferik nerv sistemasini hosil qilib, bir biridan bajaradigan vazifasiga ko’ra keskin farq qiluvchi ikki xil hujayralardan tashkil topgan. 1-turi neyronlar.(nevrositlar) 2-turi neyrogliya (gliotsit) neyronlar -- nerv implusini hosil qiladi va uning tarqalishini taminlaydi. Neyrogliya– kelib chiqishi neyronlar bilan bog’liq bulsa ham bir qator yordamchi vazifasini bajaradi.
nerv to’qimasining taraqqiyoti nerv tuqimasi tashqi embrional qavat—ektodermadan hosil bo’ladi. Nerv tarnovchasining chetlari buralib, bir—biriga yaqinlashadi va so’ngra birikib, nerv nayini hosil qiladi. Nerv nayi bir hujayra turidan– medulloblastlardan iborat bo’ladi. Keyinchalik 2 ta turga differensiyalashadi; 1) neyroblastlar– ularda neyronlarbrivojlanadi. 2) spongioblastlar– ularda har xil neyroglial hujayralar rivojlanadi. Hujayralar ko’payishi va nerv naycha devorida surilishi natijasida nerv nayida quyidagi uch qavat tafovut qilinadi ; 1) ichki– epindima qavati. 2) o’rta– yopqich ( mantiya) qavati 3) tashqi—qirg’oq vuali (parda) qavati
Neyronlarning tuzilishi

  • Neyron- tanasi, o’simtalari va nerv oxirlaridan tashkil topgan. Nerv hujayralarining shakli va kattaligi nerv sistemasining turli qismlarida turlichadir. Ularning kattaligi 4-6 mkm ( miyaning donador qavati) dan 100-130 mkm ( bosh miya po’stloq qismining bets hujayralarida) gacha bo’lishi mumkin. Nerv hujayralarining shakli ularning o’simtalari soniga bog’liq. 1 ta o’simtalilarni shakli dumaloq yoki kolbasimon, 2 ta o’simtalilarning shakli duksimon, ko’p o’simtali nerv hujayralarning shakli esa noto’g’ri shaklda bo’ladi.

  • Nerv hujayrasining sitoplazmasida umumiy organellalar va shuningdek maxsus tuzulmalar- tigroid modda va neyrofibrillalarni ham ko’rish mumkin.

  • Tigroid moddani birinchi bo’lib NISSL 1889-yilda aniqlagan.

Nerv hujayrasining o’simtalari tuzilishi va funksiyasi jihatdan bir-biridan farq qiluvchi akson va dendritga bo’linadi. dendrit– nerv implusini harakat potensiali sifatida hosil qiluvchi hujayra o’simtalari. Ular unchalik uzun emas va neyron tanasi yaqinida daraxtga o’xshab shoxlanib tugallanadi. Neyrit ( akson )-- nerv hujayrasidan ancha uzoqqacha davom etadi. O’simtalar uzunligi bir necha mikronda 1-1,5 m gacha bo’lishi mukin. Neyritlar nerv hujayrasidan chiqqandan keyin yon shoxchalar– kollateralar hosil qilishi mumkin. Dendritlar--butun bo’yi bo’yicha bir xil yogo’nlikka ega bo’lmay, ba’zi joylARDA BO’RTIB CHIQQAN DO’MBOQCHALAR HOSIL QILADI. ULAR HUJAYRA TANASUNING VA DENDRIT YUZASINING 40% NI EGALLAYDI. AKSON --BUTUN BO’YI BO’YICHA DO’MBOQCHALAR HOSIL QILMAYDI, LEKIN OXIRI KONUSSIMON KENGAYIB AKSON “ TEPALIGI” BILAN TUGAYDI.

Download 22.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling