Независимость – новая мировозрения


Download 3.99 Kb.
Sana19.06.2023
Hajmi3.99 Kb.
#1614173
Bog'liq
д.и

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MAKTAB VA MAKTABGACHA TA’LIM VAZIRLIGI NIZOMIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI MAGISTRATURA BO‘LIMI

  • Mutaxassislik: 70112001 –Ta’lim-tarbiya nazariyasi va metodikasi (chaqiriqqacha harbiy ta’lim) magistranti
  • ABDUMALIKOV MIRZO MAHMUD O’G’LINING
  • “Chaqiruvga qadar boshlang’ich tayyorgarlik darsi jarayonida o’quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash xususiyatlari” mavzusidagi
  • Magistrlik akademik darajasini olish uchun tayyorlagan dastlabki himoya
  • TAQDIMOTI
  • Tadqiqot ob’ekti: umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik jarayoni.
  • Tadqiqot predmeti: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 23-fevraldagi 140-son qarori bilan tasdiqlangan “Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash” konsepsiyasi. Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik o‘quv fanini o‘qitishda qadriyatli yondashuvlar asosida o‘quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash.
  • Tadqiqotning maqsadi: umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida o‘quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda qadriyatli yondashuvni nazariy metodologik jihatdan asoslash hamda ularni amaliyotga tatbiq etish yo‘llarini ishlab chiqish.
  • Tadqiqotning vazifasi:
  • - o‘quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda qadriyatli yondashuvga doir falsafiy, sotsiologik, psixologik, pedagogik adabiyotlarni o‘rganish va tahlil etish;
  • - o‘quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda qadriyatli yondashuvga doir tarixiy tajribalarni o‘rganish;
  • - pedagogik qadriyatlar tushunchasi mazmuni, mohiyatini aniqlash;
  • - o‘quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda qadriyatli yondashuv andozasi va mezonlarini ishlab chiqish hamda shart-sharoitlarini aniqlash;
  • - o‘quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda qadriyatli yondashuvga doir ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqish.
  • Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
  • - Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik darsi jarayonida o‘quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda qadriyatli yondashuv pedagogik muammo sifatida ilmiy-nazariy va amaliy jihatdan ilk bora tadqiq etildi;
  • - «qadriyatli yondashuv» ta’limda qadriyatli yondashuv sifatida pedagogika va harbiy pedagogika iste’moliga kiritildi;
  • - «qadriyatli yondashuv» tushunchasi pedagogik jihatdan tasnif etildi.
  • - Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik darsi jarayonida o‘quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda qadriyatli yondashuvni amalga oshirish mazmuni, shakl va metodlari bir tizimga keltirildi.
  • Tadqiqot metodi - qiyosiy tahlil, pedagogik kuzatish, ijtimoiy so‘rov (so‘rovnomalar, suhbat, test so‘rovlari), tajriba-sinov, matematik-statistik, modellashtirish, natijalarni umumlashtirish.

Download 3.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling