3. Er-xotin mol-mulkining shartnomaviy tartibi. Amaldagi Oila kodeksiga er-xotinlarning qonuniy mulkidan tashqari II-bo'lim 6-bobda belgilangan er va xotin mol-mulkining shartnomaviy tartibi ham kirib keldi.
Bu qoidaning qonunchilikka kirib kelishining sababi bozor iqtisodiyotini yanada chuqurlashtirish, tadbirkorlikni rivojlantirish va xususiy mulkchilik mavjudligi bilan bog'liq.
Nikoh shartnomasi deb, nikohlanuvchi shaxslarning yoki er-xotinning nikohda bo'lgan davrida va er-xotin nikohdan ajratilgan taqdirda ularning mulkiy huquq va majburiyatlarini belgilovchi kelishuvga aytiladi. Er-xotinning qonuniy mulk tartibining mavjudligi er-xotin nikoh shartnomasini tuzishlari shart emasligini anglatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |