4. Nikoh toʻgʻrisidagi buyuklar fikri:
Nikoh kishilik jamiyatining birinchi pog‘onasidir.
SITSERON
Tutun alangadan paydo bo‘lganidek, nikoh ham muhabbatga uyg‘unlashib ketadi.
N. SHAMFOR
...Jinsiy sevgi o‘z tabiatiga ko‘ra nikohni talab qiladi... Jinsiy sevgiga asoslangan nikoh o‘z tabiatiga ko‘ra individual nikohdir.
F. ENGELS
Hech kim nikohdan o‘tishga majburlanmaydi, ammo har qanday kishi ham modomiki nikohdan o‘tgan ekan, nikoh qonunlariga bo‘ysunishga majbur etilishi kerak.
K. MARKS
Har qanday nikoh ustidan bir narsa amr qilib turmog‘i lozim: har bir odam o‘z huzur-halovati uchungina emas, balki davlat manfaatlarini ko‘zlagan holda nikohdan o‘tmog‘i kerak.
AFLOTUN
Nikoh muhabbatning qaror topishidir. Faqat pishib yetilgan yurakkina chinakamiga seva oladi va shundagina muhabbat nikoh misolida o‘ziga hadya etilgan eng oliy mukofotni ko‘radi va har qanday shuhrat qarshisida ham xiralanmaydi, balki oftob nuridan o‘zining xushbo‘y gullarini barq urib ochiltiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |