Nikoh tuzish shartlari va majburiyatlari Reja: Nikoh tuzish shartlari va majburiyatlari
Download 76.5 Kb.
|
Falsafa mustaqil ish
Qon-qarindoshlik. Qonun bo'yicha kimlarni qarindosh deb ataymiz? Yaqin qarindoshlik o'z ichiga to'g'ri chiziq, yon, tug'ishgan va o'gay qarindoshlar, aka-ukalar bilan opa-singillar tushunchalarini oladi.
• To'g'ri chiziq — qarindosh bo'lib, biri boshqasidan dunyoga kelgan shaxslar: bobo-ota-o'g'il-nevara-chevara-duvoralar; • Yon chiziq — qarindosh bo'lib, aka-uka, opa-singil, umumiy ota-onaga ega bo'lganlar tug'ishgan qarindosh, ota bir ona boshqa yoki ona bir ota boshqalar o'gay qarindosh bo'ladi. Aka-uka hamda opa-singillar farzandlarining o'zaro nikoh tuzishlari, shuningdek bolalarni emizish tufayli vujudga kelgan sut qarindoshlar nikoh tuzishlari maqsadga muvofiq emas. Yaqin qarindoshlar o'rtasidagi nikohni qonun yo'li bilan ta'qiqlash axloqiy hamda biologik nuqtai nazarga, tibbiyot fani yutuqlari va xulosalariga asoslanadi. Boshqa qarindoshlar o'rtasida nikoh tuzish Qonun bilan man qilinmaydi. Shuning uchun amakivachcha, tog'avachcha, xolavachcha, ammavachchalar va boshqa uzoq qarindoshlar o'rtasida nikoh tuzish mumkin. Ammo bu maqsadga muvofiq emas. Chunki, qarindoshlik nikohi tufayli odatda jismoniy va aqlan nosog'lom, nimjon, kasalmand, aqli zaif, kar-soqov, ortiq, pakana yoki mayib nuqsonli bolalar tug'iladi. Bunday oilalarda ko'pincha yurak, buyrak xastaligi kasalligiga yo'liqqan go'daklar tug'ilishi kuzatilmoqda. Musulmon huquqi bo'yicha, har xil oilada tug'ilgan bolalarni bir ona emizish tufayli sut qarindoshligi vujudga keladi. Tug'ruqxonalarda ona-bola yotadigan alohida xonalar bo'lishi lozim. Boshqa ayoldan tug'ilgan bolani emizgan ayol o'sha bolaga ikkinchi ona hisoblanadi. Demak, go'dak boshqa onaning sutini emsa, u o'sha sut bergan ayolning farzandi bilan turmush qurishi mumkin emas. Bu ham tug'ishgan ukasi yoki singlisi bilan turmush qurishday gap. Qadimda sut emishganlararo opa-uka, aka-singil, ya'ni ko'kaldoshlik bo'lib ular o'zaro turmush qurmaganlar. Shuning uchun bundan buyon ana shunday boshqa ayolning manzili, nasl-nasabi, o'sha suti kam onaga rasman yozib berilishi, unga tanishtirib qo'yilishi shart. Er yoki xotin tanlagan kasb uni qanoatlantirib, oila ta'minoti uchun mablag' topishga xizmat qilishi lozim. Er-xotindan birining tekinxo'rlik bilan kun kechirishi, oilaning moddiy ta'minotida o'z mehnati bilan ishtirok etmasligi ham nikohdan ajralish uchun asos bo'lishi mumkin. Er-xotinning birga yashashi bolalarni tarbiyalash, mustahkam oila qurish uchun asos bo'lib xizmat qiladi. Qonun har bir er-xotinga qayerda yashashini erkin hal qilish huquqini berib, bir yo'la ularni rag'batlantiradi. Qonunchilik bunday maqsadlarda ko'maklashib, ulardan birortasi asosiy ish joyidan ko'chadigan bo'lsa, yo'l puli to'lash, o'quv yurtini tamomlagan mutaxassislarni ishga taqsimlashda, ularni yashab turgan joyida ishda qoldirish va boshqa masalalarni hal etish tartibini belgilaydi. Ег-xotinning turar joyiga qarab, ularning voyaga yetmagan farzandlari turar joylari belgilanadi. Download 76.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling