Nikoh tuzish shartlari va majburiyatlari Reja: Nikoh tuzish shartlari va majburiyatlari


Download 76.5 Kb.
bet1/12
Sana05.01.2022
Hajmi76.5 Kb.
#208345
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Falsafa mustaqil ish

Toshkent Irrigatsiya va Qishloq Xo’jaligini Mexanizatsiyalash Muhandislari Instituti



Mavzu: “Nikoh tuzish shartlari va majburiyatlari”

Bajardi: “SXTE va B” fakulteti I kurs 4-guruh talabasi

Siddiqjon Musayev


Qabul qildi: “Gumanitar fanlar” kafedrasi o’qituvchisi

Muqimov Bahriddin


Nikoh tuzish shartlari va majburiyatlari

Reja:

1. Nikoh tuzish shartlari va majburiyatlari

2. Nikoh tuzish tartibi va shartlari

3. Er-xotin mol-mulkining shartnomaviy tartibi

4. Nikoh toʻgʻrisidagi buyuklar fikri

Tayanch iboralar:

Ko'kaldoshlar - bir onaning sutini emganlar.


1. Nikoh tuzish shartlari va majburiyatlari. Oila dastlab yuzaga kela boshlagan patnarxal zamonida erkak va ayolning tengligi, bir-birini sevish haqida hech qanday tasavvurlar shakllanmagan. U davrlarda ayol huquqi cheklangan, erkaklarning mulki sanalgani uchun uni sotishi, sovg'a sifatida boshqa odamga taqdim etishi hamda tahqirlashi mumkin edi. Shunga qaramay, oila doirasida boylik orttirish va uni qonuniy vorislar, farzandlarga berish maqsadining anglanishi, shu yo'lda boshlangan say-harakatlar oila va oilaviy munosabatlar takomilida muhim rol o'ynay boshladi. Bu jarayonning chuqurlashuvi natijasida oila qurishga munosib ayolni tanlashga, binobarin, unga bokiralik to'lovini to'lashga (maxr va qalin sifatida) yohud ota-onasining martabasi va boyligi darajasida munosabatda bo'lishga, xullas, sevib-sevilishga e'tibor beriladigan bo'ldi. Natijada iffat va nomusni sharaflovchi nikoh an'anaga aylanib bordi.

Nikoh ikki jinsdagi kishilar — yigit va qizning el nazarida qaror topgan, birga yashashga oid ahdu-paymoni bo'lib, bunday vaziyatda jinsiy munosabat shariatan halol sanalgan va shunday shar'iy nikohdan tug'ilgan bola jamiyatning teng huquqli a'zosi sifatida qadrlangan. Aksincha, nikoh qonun-qoidalariga amal qilinmay, nikohsiz tug'ilgan farzandlar "haromi" deb nomlanib, ular jamoaga baxtsizlik keltiruvchi deb hisoblangan.

Shar'iy nikohning bosh sharti iffat va bokiralik qimmatini maxr, qalin va to'y harajatlari evaziga to'lash hisob­langan. Qadimgi turkiy tilda "qiz" so'zi jinsni anglatmagan, balki iffatli, bokira, nodir va qimmatbaho degan ma'nolarni anglatgan.

Shu tariqa qalin, maxr va to'y harajatlari qizning bahosi, aniqrog'i iffat va bokiralik qimmati tarzida yuzaga kelishini ta'minlagan. Bu an'ananing eng qimmatli tomoni naslni sog'lomlashtirgan, oilada sog'lom turmush tarzini vujudga keltirgan.

Shariatda balog'atga yetgan qizning baxti oila qurib, farzand bo'lish, ayolning birinchi vazifasi onalik ekanligi uqtiriladi.

Ayol doim erkaklar himoyasida bo’lgan, o'z oilasiga ega bo'lguncha o’z ota-onasining, keyin erining, qarigan chog'ida esa farzandlarining himoyasida bo’lgan.

Shariat bo'yicha nikohdan o'tishda quyidagi qoidalarga amal qilish lozim bo’lgan:

1. Nikohdan o'tuvchilarning o'zaro roziligi.

2. Nikoh yoshiga to'lish.

3. Nikohni guvohlar ishtirokida tuzish.

4. Kelin uchun qalin va maxr to'lash.

5. Diniy e'tiqod birligi.

6. Nikohlanuvchilar yaqin qarindosh bo'lmasligi.

7. Tabaqa bo'yicha tenglik.

1. Nikohdan o'tuvchilarning ruhiy jihatdan sog'lom bo'lishi.

Burxoniddin Marg'iloniyning "Hidoya" asarida kelin tushirish va qiz chiqarishning talablari "Kafoat" tushunchasida ifodalanishi yoziladi. "Kafoat" er va xotin o'rtasidagi tenglikni bildiradi.

Nikohda ikki tomon teng va munosib bo'lishi shart. Kelin va kuyov nasl-nasabida, ijtimoiy mavqeda, bilim-saviyada, did-farosatda, mulkdorlikda bir-biriga yaqin bo'lishsa a'lodir. Lekin kelin biroz quyiroq darajada bo'lsa hech gap emas, chunki er oilada rahbardir.

Nikoh asrlar davomida insoniylikka, ahloqiy poklikka, nasl tozaligiga xizmat qiladi.

Abu Hurayra (r.a) rivoyat qiladilar "Payg’amhar (s.a.v.) dedilar: “Beva to amr qilmasa va qiz rozilik bermasa nikoh qilmanglar”. Asxob so'radilar: "Qiz hayodan rozilik bera olmaydi, qizning roziligi qandaydir?" hazrat buyurdilarki: "Qizning sukut saqlashi uning roziligidir.".

Bashariyatning uzluksizligi tirikligi — oiladan!

Xalqimiz millatimizga oid qaysi manba qaysi qo'lyozmaga murojaat qilmang ayol shu oilaning muqaddasligini ta'minlovchi mo’tabar inson sifatida ta'riflanadi. Qur'oni karimda hadislarda ayol onani ulug'lash kerakligi haqida ko'plab ibratli ko'rsatmalar bor.


Download 76.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling