2. Nekrasov she’rlaridan parchalar.
SHAHARDAN TASHQARIDA
“Qiziq, bizni quvontirar olis jilg‘a jildirashi,
Hatto keksa shu emanning sirli-sirli shildirashi.
Eritadi ko‘nglimizni hazin-hazin kuylab, qurg‘ur,
Bu bekorchi o‘smirlardek oqshom palla tinmay bulbul.
Olis ko‘kning bu gumbazi to‘lib yulduzlaru sir-la,
Nazdimizda nurli qo‘lin bizga cho‘zar mehr birla.
ELEGIYA
Mayli, bizga desinlar; odatlar boqiy emas,
“Jafokash xalq” mavzusi eskirdi bu kunda, bas,
She’riyat ham gar uni unutsa, bo‘lmas yomon…
Yo‘q, ishonmang, siz yoshlar, u eskirmas hech qachon.
Eskitolsa, eh, qani, uni o‘tgan bu yillar,
Dunyo rivoj topardi!.. Afsuski, hamon ellar
Qashshoqlikda sudralar, darraga tobe bari,
Taqir o‘tloqda yurgan oriq poda singari.
Qarg‘ab ular qismatin ilhom xizmatda har chog‘,
Yer yuzida yo‘q o‘zga bundoq puxta ittifoq.
Xalqning nochor holidan kiborlarga urar dam,
Ular ayshu ishratda yayrab, bazm qurar dam.
Maqsadi – xalqqa burish zo‘rlar diqqatin mudom,
Shundoq ulug‘ xizmatga hamisha shaydir ilhom.
ROMCHI AYOL
Bizga yaqin bir qishloqda romchi ayol bor,
Dam uradi suv, aroqqa, ne bo‘lsa duchor.
Allaqanday giyoh bilan fol ko‘radi u,
Bu yaramas solar dilga hamisha qo‘rqu.
Bashorati nuqul kulfat, yaxshi gapi kam,
Yig‘la desa, yig‘lavorsa kerak dengiz ham.
Tangri bizga ko‘p mehribon, rus xalqi biroq
Yig‘lashni deng yoqtirmaydi, kuylaydi ko‘proq.
Bir baqiroq yigitga der bir kun jodugar, –
Itxonaga bopsan, to‘ram olsalar agar.
VIDOLASHUV
Ajralishdik yarim yo‘ldayoq,
Judolikmi buyog‘i, hayhot!
Biz o‘yladik, kechar yengilroq.
So‘nggi razil “kechir” u “nahot?..”
AXLOQLI KISHI
Men bir umr axloqqa muvofiq yashab
Qilmaganman birovga yomonlik sira.
Xotinim-chi, yuziga vual*ni tashlab,
Kechda ketdi o‘ynashin uyiga qarab,
Tun og‘dirib, mirshab-la bostirib bordim,
Razzoq Abdurashid tarjimalari
Do'stlaringiz bilan baham: |