- Milliy g’oya xalqni birlashtiruvchi asosiy kuchdir. U milliy g’ayrat-shijoatni va o’z mamlakatiga muhabbatni alanga oldiradigan uchqundir. Milliy birlik g’oyasi xalq ongida qaror topadi hamda umummilliy manfaatlarga bo’ysunish va ularni ro’yobga chiqarish uchun kurashish zarurligi to’g’risida tushunchani uyg’otadi. Milliy g’oya milliy iftixor va milliy qadr-qimmat tuyg’usini uyg’otadi. San’at, she’riyat, adabiyot va musiqa g’oyaga xalq ijodi ruhini baxsh etadi, milliy g’oyani umumxalq ongiga aylantiruvchi ma’naviy yuksalishni yuzaga keltiradi.
O’rta Osiyoda milliy g’oya uchun kurash ma’rifatchilik, madaniyatni rivojlantirish, milliy qadriyatlar hamda an’analarni saqlab qolish shaklida namoyon bo’ldi va bu harakat jadidchilik nomini oldi. “Jadid” arabcha so’z bo’lib, “yangi usul” ma’nosini anglatadi. Jadidlar “tovushli usul”ni qo’llashdi, bunda alifboning har bir harfiga muayyan tovush muvofiq kelgan bo’lib, shu tufayli o’zlashtirish tezligi ancha oshar edi. - O’rta Osiyoda milliy g’oya uchun kurash ma’rifatchilik, madaniyatni rivojlantirish, milliy qadriyatlar hamda an’analarni saqlab qolish shaklida namoyon bo’ldi va bu harakat jadidchilik nomini oldi. “Jadid” arabcha so’z bo’lib, “yangi usul” ma’nosini anglatadi. Jadidlar “tovushli usul”ni qo’llashdi, bunda alifboning har bir harfiga muayyan tovush muvofiq kelgan bo’lib, shu tufayli o’zlashtirish tezligi ancha oshar edi.
- Rossiya imperiyasi amaldorlari va mahalliy hukmdorlar zulmi ostida ikki yoqlama ezilgan Turkiston aholisining og’ir ijtimoiy-siyosiy ahvoli, madaniy va iqtisodiy jihatdan qoloqligi, mazkur ahvoldan qutilish yo’llarini izlash jadidlar faoliyatining asosiy harakatlantiruvchi omili bo’ldi.
MA’RIFATCHILIK G’OYALARI VA JADIDLAR - O’rta Osiyoda jadidlar harakatini rivojlantirishda Istambulda ta’lim olgan, siyosat va jamoat arbobi Ismoil G’aspirali Bey (1851-1914) katta rol o’ynadi. Sharq tillari va sharq adabiyotini yaxshi bilgan iqtidorli G’aspirali Bey Osiyoning musulmon mamlakatlarini modernizatsiya qilishga, ularning madaniy saviyasini oshirishga, iqtisodiy va madaniy jihatdan rivojlanishiga xalal berib kelayotgan taqiqlarni bartaraf etishga intildi. U Buxoroga kelib, amir Sulton Ahad bilan uchrashdi va unga o’qitishning yangi usulidan foydalangan holda, islom bilan bir qatorda dunyoviy fanlar-geografiya, tarix, matematika ham o’qitiladigan qator maktablar ochishni taklif qildi. Biroq amir G’aspirali Beyning bu takliflni qo’llab-quvvatlamadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |