Nima uchun O’zbekiston tarixini bilish shart ?


Download 366.24 Kb.
Pdf ko'rish
Sana07.01.2023
Hajmi366.24 Kb.
#1082302
Bog'liq
Nima uchun O’zbekiston tarixini bilish shart



1. 
“ Nima uchun O’zbekiston tarixini bilish shart ?”mavzusida 
esse yo’zib bering  
ESSE (frans. 
— urinish, sinash, ocherk) — erkin mavzuda yozilgan, uncha katta 
boʻlmagan nasriy 
asar.
Esse orqali narsa va hodisalarga yoki shaxsga oid sub
‘yektiv 
fikr 
bayon
 qilinadi. Esse uslubi obrazliligi, jonli tilga yaqinligi bilan ajralib turadi. Mazmuni 
muayyan sabab yoki masalaga oid tugal tafsilotni yoki aniqlikni talab qilmaydigan 
individual taassurot va mulohazalardan iborat boʻladi. Esseda talaba o’z shahsiy nuqtai 
nazarini bildiradi, uni qat’iy tarzda faktlar bilan asoslab beradi. 
Эссе yozishda quyidagi talablarga amal qilish shart:
• shahsiy munosabatni bildirish 
• to’g’ri faktlarni,dalillarni keltirish; 
• nazariyaga asoslanish; 
• atamalarni o’z o’rnida qo‘llash 
• sitatalar keltirish; 
• turli hil ko’z qarashlarni keltirish; 
• mantiqiy qonuniyatning saqlanishi; 
• taqqoslash va xulosalash usullaridan foydalanish; 
• savodxonlik ( uslubiy, imlo, tinish belgilari);
Esse quidagi qismlardan iborat: 
1. Kirish qismi. Unda mavzuning dolzarbligi, turli fikrlarni mavjudligi, ularning 
ma’no-mazmuni ko’rsatiladi. 
2. Asosiy qism. Mulohazalarning mazmuni, mualifning dalillari (misollar, faktlar), 
zid 
bo‘lgan dalillarni keltiradi, ularni tahlil qiladi, zaif va kuchli tomonlarni ko’rsatadi.
3. Xulosa. Asosiy mulohazini keltiradi, faktlardan xulosa qiladi va uning foydali 
tomonlarini ko
’rsatib beradi..
Essening xajmi-
komp’yuterda 2-3 varoqdan iborat bo‘lishini tavsiya qilamiz
“Tarix” so‘zi arabcha bo‘lib, “o‘tmishdagi voqealar haqida aniq hikoya 
qilish” ma’nosida ishlatiladi. Demak, tarix odamzotning turli davr va sharoitlardagi 
kechmishi, insonning hayot uchun kurashi, turli qiyinchiliklarni yengishga, 
bunyodkorlikka, odamiylikka, ezgulikka intilishi haqida aniq dalillar bilan hikoya 
qilar ekan. “O‘zbekiston tarixi” fanini xalqimiz tarixini haqqoniy tasvirlovchi
ko‘zgu va ijtimoiy, siyosiy, tarbiyaviy, ma’naviy saboqlar to’plami desak bo’ladi. U 
xalqimizning deyarli uch ming yillik murakkab va shonli o‘tmishini, ijtimoiy, 
iqtisodiy, madaniy va ma’naviy hayotini xolisona o‘rganishga, uni tushuntirishga 
qaratilgan.


Shuni aytib o’tmoqchi edimki, yuqorida berib o’tilgan savolga 
davlatimizning birinchi prezidenti marhum Islom Abdug’aniyevich Karimovning 
aytib o’tgan gaplari keng ma’noda javob bo’la oladi: “Har bir fuqaroni, jumladan 
yoshlarimizni boy madaniy merosimizni qadrlashga, uni ko‘z qorachig‘iday 
avaylab-asrashga, yurak-yurakdan iftixor qilishga o‘rgatadi. O‘zimizning boy 
o‘tmish merosimizdan madad va ibrat olishga imkon beradi. Odamlar qalbida 
ezgulik tuyg‘ularini uyg‘otib, bugungi avlod kimlarning avlodi, kimlarning zoti va 
vorislari ekanligini anglashga undaydi”. Shunday ekan, O‘zbekiston tarixi yoshlarga 
xalqimizning o‘tmishi, tarixi haqida bilim berish bilan cheklanib qolmaydi, u 
yoshlarni vatanparvar, ma’naviy jihatdan komil fuqaro etib shakllantiradi. 
Mening fikrimcha, O‘zbekiston tarixi fani boshqa fanlar orasida alohida 
ahamiyatga ega. Chunki u ijtimoiy-siyosiy fan bo‘lib, xalqimizning o‘z o‘tmishini 
bilishi, o‘zini-o‘zi anglashi hamda kelajagini belgilashida asosiy poydevor 
hisoblanadi. Zero, O’zbekiston Respublikasi birinchi prezidenti Islom 
Abdug’aniyevich Karimov ta’kidlaganidek, “ Milliy mafkurani shakllantirishdagi eng 
katta manba–bu xaqqoniy yoritilgan tarixdir. ” Bizning oldimizdagi vazifa esa 
tarixiy xatolardan xulosa chiqarib, o’gitlardan saboq olib ish yuritishdir. Hozirgi 
kunda ham yurtimizda olib borilayotgan siyosat, iqtisodiy munosabatlar va 
albatta davlatimiz boshqaruvi, hammasi tarixdan xulosa qilib, adjodlarimiz 
o’gitlaridan saboq olgan holda amalga oshirilmoqda. Bunga misol tariqasida 
tarixda parchalanib ketgan ko’plab davlatlarni keltirishimiz mumkin. Masalan, 
arab xalifaligi davrini oladigan bo’lsak, islomni qabul qilmaganlardan ko’p 
miqdorda soliq olinganligi ayovsiz chora tadbirlar olib borilganli sababli, tohiriylar 
davrida esa soliqlar haddan ziyod ko’payib( yiliga 48mln dirhamni tashkil qilgan) 
aholi qiynalib qolganligi va shu kabi sabablarga ko’ra davlatlar inqirozga yo’l 
tutganligini bilishimiz mumkin. Bu xatolardan xulosa chiqarishimiz kerak bo’lsa, 
davlatni boshqarishda , rivojlantirish yo’lida olib borilgan ishlardan biri -
amaldorlardan dunyoviy va diniy bilimlar birdek talab qilinganligi, bu esa davlatni 


tez fursatda yuksalishida katta ahamiyat kasb etganligi bizga o’rnak olishimiz 
kerak bo’ladigan bir saboq deb o’ylayman.
Demak, O’zbekiston tarixi fani tarixiy xotira, haqiqatni bilish, ajdodlarimiz 
qoldirgan boy ma’naviy merosni egallash talabalarda vatanparvarlik, odillik, 
halollik, mehr–oqibat, bag‘rikenglik, mehnatsevarlik, ilmga intilish kabi fazilatlarni 
shakllantirishga yordam berar ekan. Xulosa qilib aytadigan bo’lsam, tarix–bu 
tafakkur bulog‘i. U bizni o‘tmish voqealariga ochiq ko‘z bilan qarashga, oq qorani 
aniqroq ko‘rishga, ziyraklik bilan anglashga o‘rgatadi, tarixiy shaxslar faoliyatini, 
hodisalarni qiyoslash, taqqoslash asosida mustaqil xulosa qilishga da’vat etadi. 
Shunday ekan, tariximizning buyuk murabbiy ekanligini doimo yodda tutmog’imiz 
lozim. 

Document Outline

  • Эссе yozishda quyidagi talablarga amal qilish shart:

Download 366.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling