Nima uchun O’zbekiston tarixini bilish shart ?
Download 366.24 Kb. Pdf ko'rish
|
Nima uchun O’zbekiston tarixini bilish shart
- Bu sahifa navigatsiya:
- Эссе yozishda quyidagi talablarga amal qilish shart
1. “ Nima uchun O’zbekiston tarixini bilish shart ?”mavzusida esse yo’zib bering ESSE (frans. — urinish, sinash, ocherk) — erkin mavzuda yozilgan, uncha katta boʻlmagan nasriy asar. Esse orqali narsa va hodisalarga yoki shaxsga oid sub ‘yektiv fikr bayon qilinadi. Esse uslubi obrazliligi, jonli tilga yaqinligi bilan ajralib turadi. Mazmuni muayyan sabab yoki masalaga oid tugal tafsilotni yoki aniqlikni talab qilmaydigan individual taassurot va mulohazalardan iborat boʻladi. Esseda talaba o’z shahsiy nuqtai nazarini bildiradi, uni qat’iy tarzda faktlar bilan asoslab beradi. Эссе yozishda quyidagi talablarga amal qilish shart: • shahsiy munosabatni bildirish • to’g’ri faktlarni,dalillarni keltirish; • nazariyaga asoslanish; • atamalarni o’z o’rnida qo‘llash • sitatalar keltirish; • turli hil ko’z qarashlarni keltirish; • mantiqiy qonuniyatning saqlanishi; • taqqoslash va xulosalash usullaridan foydalanish; • savodxonlik ( uslubiy, imlo, tinish belgilari); Esse quidagi qismlardan iborat: 1. Kirish qismi. Unda mavzuning dolzarbligi, turli fikrlarni mavjudligi, ularning ma’no-mazmuni ko’rsatiladi. 2. Asosiy qism. Mulohazalarning mazmuni, mualifning dalillari (misollar, faktlar), zid bo‘lgan dalillarni keltiradi, ularni tahlil qiladi, zaif va kuchli tomonlarni ko’rsatadi. 3. Xulosa. Asosiy mulohazini keltiradi, faktlardan xulosa qiladi va uning foydali tomonlarini ko ’rsatib beradi.. Essening xajmi- komp’yuterda 2-3 varoqdan iborat bo‘lishini tavsiya qilamiz “Tarix” so‘zi arabcha bo‘lib, “o‘tmishdagi voqealar haqida aniq hikoya qilish” ma’nosida ishlatiladi. Demak, tarix odamzotning turli davr va sharoitlardagi kechmishi, insonning hayot uchun kurashi, turli qiyinchiliklarni yengishga, bunyodkorlikka, odamiylikka, ezgulikka intilishi haqida aniq dalillar bilan hikoya qilar ekan. “O‘zbekiston tarixi” fanini xalqimiz tarixini haqqoniy tasvirlovchi ko‘zgu va ijtimoiy, siyosiy, tarbiyaviy, ma’naviy saboqlar to’plami desak bo’ladi. U xalqimizning deyarli uch ming yillik murakkab va shonli o‘tmishini, ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy va ma’naviy hayotini xolisona o‘rganishga, uni tushuntirishga qaratilgan. Shuni aytib o’tmoqchi edimki, yuqorida berib o’tilgan savolga davlatimizning birinchi prezidenti marhum Islom Abdug’aniyevich Karimovning aytib o’tgan gaplari keng ma’noda javob bo’la oladi: “Har bir fuqaroni, jumladan yoshlarimizni boy madaniy merosimizni qadrlashga, uni ko‘z qorachig‘iday avaylab-asrashga, yurak-yurakdan iftixor qilishga o‘rgatadi. O‘zimizning boy o‘tmish merosimizdan madad va ibrat olishga imkon beradi. Odamlar qalbida ezgulik tuyg‘ularini uyg‘otib, bugungi avlod kimlarning avlodi, kimlarning zoti va vorislari ekanligini anglashga undaydi”. Shunday ekan, O‘zbekiston tarixi yoshlarga xalqimizning o‘tmishi, tarixi haqida bilim berish bilan cheklanib qolmaydi, u yoshlarni vatanparvar, ma’naviy jihatdan komil fuqaro etib shakllantiradi. Mening fikrimcha, O‘zbekiston tarixi fani boshqa fanlar orasida alohida ahamiyatga ega. Chunki u ijtimoiy-siyosiy fan bo‘lib, xalqimizning o‘z o‘tmishini bilishi, o‘zini-o‘zi anglashi hamda kelajagini belgilashida asosiy poydevor hisoblanadi. Zero, O’zbekiston Respublikasi birinchi prezidenti Islom Abdug’aniyevich Karimov ta’kidlaganidek, “ Milliy mafkurani shakllantirishdagi eng katta manba–bu xaqqoniy yoritilgan tarixdir. ” Bizning oldimizdagi vazifa esa tarixiy xatolardan xulosa chiqarib, o’gitlardan saboq olib ish yuritishdir. Hozirgi kunda ham yurtimizda olib borilayotgan siyosat, iqtisodiy munosabatlar va albatta davlatimiz boshqaruvi, hammasi tarixdan xulosa qilib, adjodlarimiz o’gitlaridan saboq olgan holda amalga oshirilmoqda. Bunga misol tariqasida tarixda parchalanib ketgan ko’plab davlatlarni keltirishimiz mumkin. Masalan, arab xalifaligi davrini oladigan bo’lsak, islomni qabul qilmaganlardan ko’p miqdorda soliq olinganligi ayovsiz chora tadbirlar olib borilganli sababli, tohiriylar davrida esa soliqlar haddan ziyod ko’payib( yiliga 48mln dirhamni tashkil qilgan) aholi qiynalib qolganligi va shu kabi sabablarga ko’ra davlatlar inqirozga yo’l tutganligini bilishimiz mumkin. Bu xatolardan xulosa chiqarishimiz kerak bo’lsa, davlatni boshqarishda , rivojlantirish yo’lida olib borilgan ishlardan biri - amaldorlardan dunyoviy va diniy bilimlar birdek talab qilinganligi, bu esa davlatni tez fursatda yuksalishida katta ahamiyat kasb etganligi bizga o’rnak olishimiz kerak bo’ladigan bir saboq deb o’ylayman. Demak, O’zbekiston tarixi fani tarixiy xotira, haqiqatni bilish, ajdodlarimiz qoldirgan boy ma’naviy merosni egallash talabalarda vatanparvarlik, odillik, halollik, mehr–oqibat, bag‘rikenglik, mehnatsevarlik, ilmga intilish kabi fazilatlarni shakllantirishga yordam berar ekan. Xulosa qilib aytadigan bo’lsam, tarix–bu tafakkur bulog‘i. U bizni o‘tmish voqealariga ochiq ko‘z bilan qarashga, oq qorani aniqroq ko‘rishga, ziyraklik bilan anglashga o‘rgatadi, tarixiy shaxslar faoliyatini, hodisalarni qiyoslash, taqqoslash asosida mustaqil xulosa qilishga da’vat etadi. Shunday ekan, tariximizning buyuk murabbiy ekanligini doimo yodda tutmog’imiz lozim. Document Outline
Download 366.24 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling