Ning yigirmanchi halqasining piri murshidi bo‘lib, buyuk avliyo, ulug‘ tarbiyachi, alloma. „Tuhfat az zoirin


Download 488.25 Kb.
Sana18.06.2023
Hajmi488.25 Kb.
#1589410
Bog'liq
Hujjat (2)


M

uhammad Zohid — (1460—1530) — alloma va avliyo. Hazrat Muhammad Zohid „Silsilayi sharif“ning yigirmanchi halqasining piri murshidi bo‘lib, buyuk avliyo, ulug‘ tarbiyachi, alloma. „Tuhfat az zoirin“da yozilishicha, Hazrat Mavlono Muhammad Zohid Surxondaryo viloyatining Vaxshvor mavzeida 1460-yilda tug‘ilganlar, shu joyda 1530 yil vafot etganlar.Buyuk shayx va olimning nasli, Mirzo Ulug‘bekning zamondoshi, taniqli mudarris va olim Xo‘ja Muhammad Balxiydan boshlanadi.XVII – asrning ikkinchi yarmi va XVIII – asrning birinchi yarmida Surxondaryo viloyati hududidagi, hozirgi Oltinsoy tumanining kichik bir Vaxshivor qishlog‘ida yashab, ilmiy faoliyat olib bordi.Hayoti va ijodi to‘g‘risida kam ma’lumotlar saqlanib qolgan, ammo u chuqur bilimli, keng dunyoqarash va tafakkur sohibi bo‘lganligi ma’lum. Bundan tashqari, Xoja Mavlonoiy Zohid bashorat qilish qobiliyatiga ham ega bo‘lgan ekan.

Aytishlaricha, u 1710 yilda yovvoyi dashtga ko‘chib o‘tgan so‘fi Olloyorning tashrifini oldindan ko‘rgan va Xo‘ja Mavlonoiy To‘xtamish qishlog‘iga etib kelib, u bilan uchrashgan. Xoja Mavlanoiy Zohid, ko‘plab ilmiy asarlar yaratgan, ammo ulardan faqat bittasi – “Tajvizi turki” asarigina bizgacha yetib kelgan. Ushbu asarda Qur’oni Karimni o‘qish qoidalari, uni turkiy tilda o‘qish, talaffuz qilish va imlosi usullari aks etgan. Arab alifbosidagi 29 ta harf uchun talaffuz qoidalari ham shu yerda ko‘rsatilgan Buyuk shayx va olimning nasli, Mirzo Ulug‘bekning zamondoshi, taniqli mudarris va olim Xo‘ja Muhammad Balxiydan boshlanadi. Jasadlari Vaxshvorda dafn qilingan[1]. U yoshligidan diniy va dunyoviy ilmlarni egallab, tariqatga mayl ko‘rsatgan. Muhammad Zohid Yaʼqubi Charxiy singillarining oʻg‘li bo‘lib, bolalikdayoq tog‘alari hisoblanmish Hazrat Yaʼqubi Charhiy xalifa (shogird)larining bir nechalari bilan hamsuhbat bo‘lgan. Hazrat Muhammad Zohid o‘z piri murshidlari Xoja Ahrorning quyidagi o‘gitlariga bir umr amal etdi: „Xudoyi taoloning haqqini saqlag‘il, to Haq taolo sani o‘z hifzu himoyatida saqlag‘ay. Va osonlik va xursandlik vaqtida o‘zingni Alloh taologa oshno qil, to qattig‘lik va dushvorlik chog‘ida sanga dastgirlik qilg‘ay va har vaqteki, bir hojating tushsa, Alloh taolo dargohida yig‘lagil va yorimandlik (ko‘mak)ni andin o‘zgadin tilama va yaqin bilgilki, agar hama xalq xohlasalarki, bir manfaatekim sanga taqdir bo‘lmabdur, sanga yetkuramen, desalar, yetkurolmaslar. Va agar xohlasalarkim bir zarareki peshonangga bitilmabdur, sanga yopushtirsalar, yopushtira olmaslar“. „Tuhfat az-zoirin“da yozilishicha, ular ilk bor uchrashgan kun Xoja Ahror sukr holatida (yaʼni Allohning ishqidan mast) bo‘lib, asr namozi qazo bo‘la boshladi. U kishi o‘z hollariga kelib, qarasalar ko‘kdagi quyosh botayotgandi. Shunda Hazrat Xoja Ahror quyoshga: „Ey, quyosh, botmay tur!“- dedilar. Ular to asr namozini o‘qiganlaricha quyosh osmonda porlab turdi. Namozdan so‘ng quyosh zudlik bilan botib, olamni qorong‘ulik chulg‘adi.Hazrat Muhammad ziyoratgohi Surxondaryo viloyatining Vaxshvor qishlog‘ida
Download 488.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling