Niyazova n. A, Ximmataliyev d. O


Download 3.34 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/88
Sana20.09.2023
Hajmi3.34 Mb.
#1681755
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   88
Bog'liq
DZwWQ1RQ5RjXoFIzijQp7faOQzd17hCLJY0v7gEQ

Super kompyuterlar-juda kuchli protsessor kompyuterlardir. Ular muammolarni 
hal qilish uchun raqamli modellashtirish ishlatiladigan va juda katta miqdordagi 
murakkab hisob-kitoblar yoki real vaqt rejimida katta hajmdagi ma'lumotlarni 


15 
qayta ishlash talab etiladigan barcha sohalarda qo'llaniladi. Superkompyuterlarni 
qo'llash sohalari: kriptografiya, yuqori energiyali fizika, yadro reaktsiyasini 
simulyatsiya qilish, ob-havo prognozi, shaxmat o'yini va boshqalar. 
Katta kompyuterlar-fan va texnikaning turli sohalariga oid masalalarni 
yechishga mo`ljallangan. Ularning amal bajarish tezligi va xotira hajmi super 
kompyuterlarnikiga qaraganda bir–ikki pog`ona past. 
Mini kompyuterlar-hajmi va bajaradigan amallar tezligi jihatidan katta 
kompyuterlardan kamida bir pog`ona pastdir. Shuni aytish joizki, ularning 
o`lchamlari tobora ixchamlashib, hatto shaxsiy kompyuterdek kichik joyni 
egallaydiganlari yaratilmoqda. Bu kompyuterlar avvallari asosan harbiy maqsadlar 
uchun ishlatilgan va maxfiy hisoblangan. 
Shaxsiy kompyuterlar-hozirda korxonalar, muassasalar, oily o`quv yurtlarida 
keng tarqalgan bo`lib, ularning aksariyati IBM rusumiga mos kompyuterlardir. 
IBM rusumiga mos kompyuterlar deganda, ularning turli kompaniyalar 
ishlab chiqarishiga qaramay, ham texnik, ham dasturiy ta’minoti mosligi, ya’ni 
bir–biriga to`g`ri kelishi nazarda tutiladi. 
Noutbuklar-bu miniatyurali kompyuterlar ularning parametrlari ish stoli 
parametrlaridan kam emas, lekin o'lchamlari bo'yicha ular kichik sumka yoki 
xaltada masalan, foydalanuvchining tizzasiga osib qo'yiladi. Ular orasida eng 
mashhurlari noutbuklar bo'lib, ular odatda o'xshash xususiyatlarga ega ish stoli 
kompyuterlariga qaraganda bir necha baravar qimmat turadi. 

Download 3.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   88




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling