Niyazova n. A, Ximmataliyev d. O


Download 3.34 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/88
Sana20.09.2023
Hajmi3.34 Mb.
#1681755
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   88
Bog'liq
DZwWQ1RQ5RjXoFIzijQp7faOQzd17hCLJY0v7gEQ

Skanerlar-matn, grafika, tasvirlarni kompyuterga 
kiritishni avtomatlashtirish uchun xizmat qiluvchi qurilma. 
Kompyuterga biror mavjud bo`lgan matnni yoki grafik 
tasvirlarni kiritib, ularni keyinchalik qayta ishlash kerak 
1.9-rasm


29 
bo`lganda skanerdan foydalaniladi. Agar bunday axborotlarni standart kiritish 
qurilmalari yordamida kiritsak juda ko`p vaqt talab qilinadi. Skaner qilingan 
axborotlar maxsus dasturlar yordamida qayta ishlanadi va matnli yoki grafikli 
fayllar ko`rinishida saqlanadi. 
Skanerlar rangli va rangsiz bo`ladi. U hozirda, asosan rangli ko`rinishda 
chiqarilayapti. Uning andazasi sifatida HP (Hewlett Packard) firmasi ishlab 
chiqaradigan HP Scanjet rusumli skanerlar qabul qilingan. 
Uning asosiy xarakteristikasi ma’lumotlarni aniq, tiniq, lozim bo`lgan 
rangda (xususan, oq–qora rangli) ko`rinishda chiqarish qobilyatidir. Ushbu 
tasvirlash qobilyati gorizontal va vertikal chiziqlardagi nuqtalar (piksellar) soni 
orqali belgilanadi. 
Odatda, bu xarakteristika misol uchun 300x600, 600x1200 ko`rinishda 
bo`ladi. Bu degani gorizantal chiziqlar bo`yicha piksellar soni 300 (600), vertikal 
bo`yicha piksellar soni 600 (1200) ekanligini bildiradi. 
Nuqtalar soni qancha ko`p bo`lsa, ma’lumotlar aniqroq tasvirga ega bo`ladi. 
Shuni aytish lozimki, dastur vositalari yordamida skanerning tasvirlash qobilyati 
ancha kuchaytirilishi mumkin. Skanerlarni ishlatish jarayonida, ayniqsa, matnlar 
bilan ish ko`rilganda u yoki bu milliy til drayverlarni aniq aks ettiruvchi 
dasturlardan foydalanish zarur. 
Skanerni kompyuterga ulash uchun turli usullardan foydalaniladi. Ba’zi 
skanerlar maxsus kontrollerga (kengaytiruvchi plata) ega bo`lib, ular u orqali 
ulanadi. Bunda plata kompyuterning asosiy platasining (sistema platasi) maxsus 
joyiga ulanadi va o`sha plata orqali ulanadi. 
Ba’zi skanerlar parallel portga to`g`ridan–to`g`ri ulanadi. Hozirda, asosan, 
SCSI–3 interfeysi orqali ulanadi. Bu andaza kompyuterga ko`plab tashqi 
qurilmalarni, shu jumladan, skanerni ulash imkonini beradi. Turli kompyuterlar 
uchun dastur birligini ta’minlash maqsadida TWAIN qaydnoma ishlatiladi. 
Skaner dastur boshqaruvida ishlaydi. Matnlarni yaxshi tanish uchun maxsus 
obrazlarni tanuvchi dastur vositalaridan foydalaniladi. Bunday dasturlar hatto 


30 
qo`lyozmalarni ham tanish qobilyatiga ega. Shunday dasturlar Fine Reader va 
Cunei Form nomlari bilan ataladi. 
Tasvirlar (rasm, grafik) bilan ishlash uchun Adobe PhotoShop dasturi 
ishlatiladi. Uning yordamida tasvirlar ustida turli tahrir qilish ishlari olib boriladi. 
Printer–ma’lumotlarni bosmaga chiqarish uchun 
mo`ljallangan qurilmadir. Printer yordamida matnlarni, 
grafiklarni, rasmlarni rangli va rangsiz ko`rinishda bosmaga 
chiqarish mumkin. Printerlarning bir necha turi mavjud 
bo`lib, ular bir–biri bilan ishlash printsipi, interfeysi va 
funksional 
imkoniyatlari 
bilan 
farqlanadi. 
Ishlash 
printsipiga ko`ra quyidagilarga bo`lingan: 
 matritsali; 
 oqimli; 
 lazerli. 

Download 3.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   88




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling