Niyozov Qahramon Adashaliyevich


Oʻzbekistonda pedagogik texnologiyalar boʻyicha muammolar qaysi jurnallarda


Download 0.76 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/64
Sana25.10.2023
Hajmi0.76 Mb.
#1722260
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   64
Bog'liq
Biologiya-fanini-o‘qitishda-pedagogik-texnologiyalar

6. Oʻzbekistonda pedagogik texnologiyalar boʻyicha muammolar qaysi jurnallarda 
nashr etilgan?
a) xalq ta’limi, uzluksiz ta’lim, ta’lim muammolari va ta’lim texnologiyalari 
b) xalq ta’limi, maktab texnologiyasi
c) uzluksiz ta’lim, ta’limda innovatsiya 
d) maktab texnologiyasi va ta’limda innovatsiya
7. Noan’anaviy ta’lim texnologiyalarini ishlab chiqish va amalda qoʻllashda qaysi
tamoyillarga
e’tibor qaratiladi?
a) ilmiylik, loyihalashtirish, tizimlashtirish, maqsadga yoʻnaltirish, faoliyatiy yondashuv 
tamoyillari 
b) tizimlashtirish, faoliyatiy yondashuv tamoyillari, ilmiylik, loyihalashtirish 
c) tizimlashtirish, maqsadga yoʻnaltirish tamoyillari
d) ilmiylik, loyihalashtirish, tizimlashtirish tamoyillari 
8. Oʻzbekistonda pedagogik texnologiyalar boʻyicha markaz qachon tashkil etilgan? 
a) 1999 yilda Respublika ta’lim markazi qoshida 
b) 2000 yilda Toshkent Davlat Pedagogika universiteti qoshida
c) 1997 yilda Kadrlar tayyorlash milliy dasturi asosida 
d) 1994 yilda Innovatsion markaz qoshida 
9.Pedagogik texnologiya nima? 
a) ta’lim texnologiyasi 
b) ta’limot texnologiyasi
c) oʻqish texnologiyasi 
d) bilim texnologiyasi 
10.Pedagogik texnologiyaning asosiy vazifasi nima? 
a) oʻquv jarayonini mazmunli rivojlantirish va vaqt doirasida olib borish
b) oʻquv jarayonini rivojlantirish 
c) oʻquv jarayonini vaqt doirasida olib borish 
e) oʻquv jarayonini toʻliq amalga oshirish 
 


12 
Muammoli ta’lim yondashuvlari: shaxsga yoʻnaltirilgan, evristik (tadqiqotchilik) va 
loyihaviy ta’lim texnologiyalari.
 
 
Reja: 
1. Muammoli ta’lim texnologiyalari. Uning maqsad va vazifalari. 
2. Muammoli ta’lim yondoshuvlari. Shaxsga yoʻnaltirilgan, evrestik (tadqiqotchilik) va 
loyihaviy ta’lim texnologiyalari. 
3. Shaxsga yoʻnaltirilgan ta’lim texnologiyasi. 
4. Rivojlantiruvchi ta’lim texnologiyalari va usullari. 
Muammoli oʻqitish jarayonida oʻquvchining mustaqilligi oʻqitishning reproduktiv 
shakllariga nisbatan tobora oʻsib boradi.
Hozirgi pedagogikaga oid adabiyotlarda muammoli oʻqitishning turli ta’rif va 
tavsiflari bor. Nisbatan toʻliq va aniq ta’rif M.I.Maxmutova tomonidan berilgan boʻlib, 
unda muammoli oʻqitish mantiqiy fikrlar tadbirlari(tahlil, umumlashtirish) hisobga olingan 
oʻrgatish va dars berish usullarini qoʻllash qoidalari va oʻquvchilarning tadqiqot 
faoliyatlari qonuniyatlari (muammoli vaziyat, bilishga boʻlgan qiziqish va talab...) tizimi 
sifatida izohlanadi. 
Muammoli oʻqitishning mohiyatini oʻqituvchi tomonidan oʻquvchilarning oʻquv 
ishlarida muammoli vaziyatni vujudga keltirish va oʻquv vazifalarini, muammolarini va 
savollarini hal qilish orqali yangi bilimlarni oʻzlashtirish boʻyicha ularning bilish 
faoliyatini boshqarish tashkil etadi. Bu esa bilimlarni oʻzlashtirishning ilmiy-tadqiqot 
usulini yuzaga keltiradi. 
Muammoli ta’lim-bu oʻquv matеrialini oʻquvchi ongida ilmiy izlanish asosida bilish
vazifalari va muammolarini vujudga kеltiradigan yoʻsinda oʻrgatish uslubidir. 
Oʻquvchining fikrlash faoliyatida muammoli vaziyatlar vujudga kеladi va ular bolani 
ob’еktiv ravishda izlanishga va mantiqiy toʻgʻri ilmiy xulosalar chiqarishga da’vat etadi. 
Muammo - ilmiy bilishni rivojlantirish zarurligini ifodalashning sub’еktiv shaklidir. 
U muammoli vaziyatda, ya’ni jamiyat rivojlanishi jarayonida bilish va bilmaslik 
oʻrtasida ob’еktiv ravishda vujudga kеladigan ziddiyat. 

Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling