Niyozov Qahramon Adashaliyevich
Muammoli darsni tashkil etishning tеxnologik xaritasi
Download 0.76 Mb. Pdf ko'rish
|
Biologiya-fanini-o‘qitishda-pedagogik-texnologiyalar
Muammoli darsni tashkil etishning tеxnologik xaritasi Ish bosqichlari Oʻqituvchi faoliyati Oʻquvchi fаоliyati Tayyorlov bosqichi. Darsni tashkil etish mazmunini, qoʻyiladigan muammoli vaziyatni hamda ushbu vaziyatning oʻquvchilar tomonidan hal qilinish yoʻllarini, ta’limiy, rivojlantiruvchi, tarbiyalovchi maqsadni, kutilayotgan natijani va baholash mеzonini bеlgilaydi. Dars maqsadini va bеlgilangan muammoni yozib oladilar. Tashkil etish bosqichi, ya’ni muammo qoʻyish, da’vat bosqichi. Dars maqsadini bayon qiladi, mavzuga oid muammoli vaziyat hosil qiladi (muammoli savollar qoʻyadi) oʻquvchilarga qoʻyilgan muammoni yеchishga doir koʻrsatmalar va yoʻllanmalar bеradi va ish natijalarini baholash mеzonlari bilan tanishtiradi. Muammoli vaziyat va muammo bayon etilgan matеriallar bilan tanishadilar va uni hal qilish yoʻllarini oʻylaydilar. Mustaqil ishlash jarayoni muammoning yеchimini topish. Anglash va fikrlash bosqichi. Qoʻyilgan muammoni oʻquvchilarning toʻgʻri tushunishlari, ularni muammoga yoʻllash maqsadida munozara va aqliy hujum, klastеr, kubik, zigzag usullaridan foydalanadi va yakka, ikkita hamda guruh bilan ishlashlarini tashkil etadi. Oʻquvchilarni faollashtirish maqsadida bir guruhdan ikkinchisiga oʻtish yoʻllarini amalga oshiradi. Oʻquvchilar bеrilgan muammolarni yakka tartibda, ikkita boʻlib yoki guruhlarga boʻlingan holda yеchishning turli imkoniyatlarini muhokama qiladilar, tahlil qilib, eng qulaylarini topadilar bir fikrga kеladilar. Natijalarni taqdim etish. Diqqat bilan tinglaydi. Oʻquvchilarning fikrlarini, tushunchalarini aniqlashtiruvchi savollar bеradi. Natijalarni bayon qiladilar va boshqa guruhlar taklif qilgan natijalar boʻyicha fikr yuritadilar va savollar bеrish orqali tushunchalarini mustahkamlaydi Yakunlash va umumlashtirish bosqichi Bеlgilangan muammoni yеchish usul va yoʻnalishlarining eng asosiylarini koʻrsatib, koʻpchilik fikriga mos kеlganlarini alohida ta’kidlaydi. Oʻquvchilarning qanchalik muammolarni yеchishdagi intilishlari, fikrlashlari va yеchimini topishini inobatga olingan holda baholaydi. Oʻqituvchining xulosalarini tinglaydi, yozib oladi. Guruhlar bir-birlariga va oʻz-oʻzlariga baho qoʻyishlari ham mumkin. Ma’lumki, oʻqitishning har qanday asosida inson faoliyatining muayyan qonuniyatlari, shaxs rivoji va ular negizida shakllangan pedagogik fanning tamoyillari va qoidalari yotadi. Insonning bilish faoliyati jarayoni mantiqiy bilish ziddiyatlarini hal qilishda obektiv qonuniyatlari didaktik tamoyil – muammolilikka tayanadi. 16 Oʻqitishning hozirgi jarayonitahlili psixolog va pedagoglarningfikrlash muammoli vaziyat, kutilmagan xayrat va mahliyo boʻlishdan boshlanadi, degan xulosalari haqiqatga yaqin ekanligini koʻrsatadi. Oʻqitish sharoitida insonning oʻsha psixik, emotsional va hissiy holati unga fikrlash va aqliy izlanish uchun oʻziga xos turtki vazifasini bajaradi. Muammoli vaziyat muayyan pedagogik vositalarda maqsadga muvofiq tashkil etiladigan oʻziga xos oʻqitish sharoitida yuzaga keladi. Shuningdek, oʻrganilgan mavzular xususiyatlaridan kelib chiqib, bunday vaziyatlarni yaratishning maxsus usullarini ishlab chiqish zarur. Shunday qilib, oʻqitishda muammoli vaziyatshunchaki «fikr yoʻlidagi kutilmagan toʻsiq» bilan bog’langan aqliy mashaqqat holati emas. U bilish maqsadlari maxsus taqozo qilgan aqliy taranglik holatidir. Bunday vaziyat negizida avval oʻzlashtirilgan bilim izlari va yangi yuzaga kelgan vazifani hal qilish uchun aqliy va amaliy harakat usullari yotadi. Bunda har qanday mashaqqat muammoli vaziyat bilan bog’liq boʻla bermasligini ta’kidlash oʻrinli boʻladi. Yangi bilimlar avvalgi bilimlar bilan bog’lanmasa, aqliy mashaqqat muammoli boʻlmaydi. Bunday mashaqqat aqliy izlanishni kafolatlamaydi. Muammoli vaziyat har qanday fikrlash mashaqqatlaridanfarq qilib, unda oʻquvchi mashaqqat talab qilgan obekt (tushuncha, fakt)ning unga avval va ayni vaqtda ma’lum boʻlgan vazifa, masala boʻyicha ichki, yashirin aloqalarini anglab yetadi. Shunday qilib, muammoli vaziyat mohiyati shuki, u oʻquvchi tanish boʻlgan ma’lumotlar va yangi faktlar, hodisalar (qaysiki, ularni tushunish va tushuntirish uchun avvalgi bilimlar kamlik qiladi) oʻrtasidagi ziddiyatdir. Bu ziddiyat bilimlarni ijodiy oʻzlashtirish uchun harakatlantiruvchi kuchdir. Muammoli vaziyatning belgilari quyidagilar: oʻquvchiga notanish faktning mavjud boʻlishi; vazifalarni bajarish uchun oʻquvchiga beriladigan koʻrsatmalar, yuzaga kelgan bilish mashaqqatini hal qilishda ularning shaxsiy manfaatdorligi. Muammoli vaziyatdan chiqa olish hamma vaqt muammoni, ya’ni nima noma’lum ekanligini, uning nutqiy ifodasi va yechimini anglash bilan bog’langan. Muammoli vaziyatning fikriy tahlil qiladigan boʻlsak, u avvalombor oʻquvchilarning mustaqil aqliy faoliyatidir. U oʻquvchini intellektual mashaqqat keltirib chiqargan sabablarni tushunishga, unga kirish, muammoni soʻz bilan ifodalash, ya’ni faol fikr yuritishni belgilashga olib keladi. Bu oʻrinda izchillik yorqin koʻrinadi: avvalo muammoli vaziyatyuzaga keladi, soʻng oʻquv muammosi shakllanadi. Oʻqitish amaliyotida boshqa variant – oʻsha muammo tashqi koʻrinishda muammoli vaziyatyuzaga kelishiga muvofiq kelganday boʻladigan variant ham uchraydi. Faktlar, hukmlar nazariy qoidalar ziddiyatlari mazmunidagi savollar koʻrinishidagi muammoning ifodasi odatda «nimaga» savoliga javob boʻladigan muammoli vaziyatning mavjudligini aks ettiradi. Shunday qilib, oʻquvchilar biladigan vazifa va uni mustaqil hal qilinish usuli oʻquv muammosi boʻla olmaydi, ikkinchidan, biror vazifaning yechilish usullarini va uni izlash vositalarini bilishmasa ham oʻquv muammosi boʻla olmaydi. Oʻquv muammosining muhim belgilari quyidagilar: yangi bilimlarni shakllantirishga olib keladigan noma’lumning qoʻyilishi; oʻquvchilarda noma’lumni topish yoʻlida izlanishni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan muayyan bilim zahirasining boʻlishi. 17 Oʻquv muammosini yechish jarayonida oʻquvchilar aqliy faoliyatining muhim bosqichi uning yechilish usulini oʻylab topish yoki gipoteza qoʻyish hamda gipotezani asoslashdir. Oʻquv muammosi muammoli savollar bilan izchil rivojlantirib boriladi va bunda har bir savol uning hal qilinishida bir bosqich boʻlib xizmat qiladi. Muammoning tarkibiy qismlari, ma’lum va noma’lumning oʻzaro munosabati xarakteri bilimga boʻlgan ehtiyojni keltirib chiqaradi va faol bilishga boʻlgan izlanishga undaydi. Ta’kidlash joizki, muammoli oʻqitishning zaruriy sharti oʻquvchilarda haqiqatni va uning natijasini izlash jarayoniga boʻlgan ijobiy munosabatni vujudga keltirish hisoblanadi. Oʻquvchilarning muammoli oʻqitishdagi ijodiy va qidiruv bilish faoliyati muammoli vaziyat paydo qilinganda oʻquvchilar mashg’ulotda muammoni ifodalab berishdan iborat boʻladi, ya’ni bilishdagi qiyinchiliklarning paydo boʻlishi mohiyatini (ya’ni ushbu damda unga nima ma’lum boʻlsa) soʻz bilan ifodalab beradi, soʻngra muammoning yechilish usullarini qidiradi va bunda turli tahminlarni olg’a suradi, oʻquvchilar haqiqiy deb topgan taxminlardan birini gipoteza sifatida asos qilib oladi va uni isbotlaydi, izlanish muammo yoki vazifa bajarilgandan soʻng tugallanadi. Shaxs bilish faoliyatining izlanish davrini maxsus sxemalarda ifodalash mumkin: muammoli vaziyat – oʻquv muammosi – oʻquv muammosini yechish uchun izlanish – muammoning yechilishi. Muammoli oʻqitish mashg’ulotlarini tashkil etish va oʻtkazishning muhim tomoni shundaki, bunda oʻqituvchi uning ham ta’limiy, ham tarbiyaviy funksiyasini yaxshi anglab olgan boʻlishi talab qilinadi. Oʻqituvchi hech qachon oʻquvchilarga tayyor haqiqatni (yechimni) berishi kerak emas, balki ularga bilimlarni olishga turtki berishi, mashg’ulotlarda va hayot faoliyatlarida zarur boʻlgan axborot, voqea, vaqt va hodisalarni ongida kayta ishlashlariga yordam berishi lozim boʻladi. Muammoli oʻqitish bilimlarni ongli va mustahkam oʻzlashtirish, atrof-muhitga oʻzining faol munosabatini belgilab olishda oʻquvchilar bilish faoliyatini jonlantirishda katta imkoniyatlarga ega. Muammoli oʻqitishda oʻqituvchi oʻquvchilarning bilish faoliyatini tashkil etadi, shundagina oʻquvchilar fanlarni tahlil qilish asosida mustaqil ravishda intellektual mashaqqatlarni hal qilish, xulosa chiqarish va umumlashtirish, qonuniyatlarni shakllantirish, qoʻlga kiritilgan bilimlarni yangi vaziyatga tatbiq etishga intiladi. Ayrim hollarda oʻqituvchi oʻquvchilarda nafaqat qiziqish uyg’otishi kerak, balki oʻquv muammosini oʻzi hal qilib qoʻymasligiva boshqa hollarda oʻquvchilarning oʻquv muammosini yechishdagi mustaqil ishlariga rahbarlik qilish lozim, natijada oʻquvchilarda bilimlarga mustaqil erishish qobiliyati shakllanadi hamda gipoteza qoʻyish va uni isbotlash orqali yangi aqliy harakat usullarini topadi, bilimlarni bir muammodan ikkinchisiga koʻchirish koʻnikmasini hosil qiladi, diqqat va tasavvurlari rivojlanadi. Oʻquvchilar muammoli oʻqitish jarayonida muammoli vaziyatda oʻquv materiallarini idrok qilish orqali bilim va aqliy harakat usullarini oʻzlashtirar ekan, oʻrganilganlarni mustaqil tahlil qilar ekan, gipotezalar qoʻyish va ularni isbotlash orqali oʻquv muammolarini shakllantirar va yechar ekan, unda oʻquvchilarning intellektual faolligi ta’minlanadi. Shunday qilib, muammoli oʻqitishning vazifasi oʻquvchilar tomonidan bilimlar tizimi va aqliy hamda amaliy faoliyatlari usullarini samarali oʻzlashtirishga hamkorlik qilish, 18 ularda yangi vaziyatda olingan bilimlarni ijodiy qoʻllash malakasini hosil qilish, bilish mustaqilligi oʻquv va tarbiya muammolarini hal qilishdir. Oʻquv jarayonining amaliy tahlili muammosi oʻqitishning oʻziga xosligini belgilash imkoniyatini ochadi. Muammoli oʻqitishning mohiyati ta’lim oluvchi tomonidan oʻzlashtirilishi lozim boʻlgan axborotlarni oʻqituvchining maxsus tashkil kilishidan iboratdir. Muammoli oʻqitishni tashkil etishning birinchi sharti oʻquv axborotlarining takomillashib borishi tizimidir. Muammoli oʻqitishning ikkinchishartida muammoli oʻqitish amalga oshiriladi va unda axborotning oʻquv vazifasiga oʻtkazilishi vaqtida uni yechish usulini tanlash imkoniyati koʻzda tutiladi. Muammoli oʻqitishning uchinchisharti ta’lim oluvchining subektiv mavqei, ularning bilish maqsadlarini anglab yetishi va qaror qabul qilishi, masalani hal qilish va natijani qoʻlga kiritish uchun oʻzlarining ihtiyorida boʻlgan vositalarni baholay bilishidir. Muammoli oʻqitishga asoslangan oʻquv mashg’ulotlarini oʻtkazish metodikasi unda qoʻllanadigan metodlarni asoslab berishni talab qiladi. Bunda: ijodiy, qisman-ijodiy yoki evristik, axborotlarni muammoli bayon qilish, axborotni muammoli boshlash orqali bayon qilish asosiy metodlar hisoblanadi. Ijodiy metod ta’lim oluvchining ijodiy mustaqilligini toʻla amalga oshiradi. Unda oʻquvchi oʻqituvchining bergan vazifasini bajaradi, ayni vaqtda oʻzlari ham oʻquv muammosini shakllantiradi, oʻzlari mustaqil gipotezani yechishga harakat qiladilar, izlanishni amalga oshiradi va provard natijaga erishadilar. Shu tariqa ijod metodi qoʻllash bilan oʻquvchilarfaoliyati olimlarning ilmiy-tadqiqot faoliyatiga yaqinlashadi. Oʻqituvchi faqat oʻquvchilarning ilmiy izlanishlariga umumiy rahbarlik qiladi, vazifalar esa ularning mustaqil oʻquv-bilish xatti-harakatlarining toʻla davriyligini koʻzda tutadi: yo tahlilgacha axborotlar yig’iladi yoki yechilishiga qadar oʻquv muammosi qoʻyiladi hamda yechimlar tekshirib koʻriladi va yangi bilimlar joriy qilinadi. Ijodiy metoddan oʻrganilayotgan kursning umumiy asoslarini qamrab olgan eng muhim mavzularni oʻtishda foydalanish tavsiya etiladi. Bu esa boshqa barcha materiallarning tobora ongli oʻzlashtirilishiga olib kelishi lozim. Shuningdek, bunday metodda mashg’ulot oʻtkazish uchun oʻqituvchi tanlangan boʻlim yoki mavzu oʻquvchilarning idrok qilishlariga qulay boʻlishini nazarda tutishi lozim boʻladi. Ijodiy metod ta’lim oluvchidagi uzoq vaqtni va maxsus sharoit yaratilishini talab qiladi. Oʻquvchilarning ijodiy ishlari shakliy jihatdan rang-barangdir. Ular ma’ruza matnini tayyorlash va seminarga tayyorgarlik koʻrish, u yoki bu masalaning nazariy holatini (adabiyotlar bilan birma-bir ishlash, hujjatlarni arxivda oʻrganish) oʻrganish, koʻrgazmali qurollar, didaktik materiallar tayyorlash va boshqalardir. Qisman ijodiy metod murakkab muammoni boʻlaklarga ajratib, uning qulay masalalarini bosqichma-bosqich aniqlab olishda qoʻllanadi va unda hal qilingan har bir bosqich (qadam) masalaning keyingi bosqichini yechishda asos boʻlib xizmat qiladi. Bunda oʻquvchilar bunda oʻquv mummosining qoʻyilishida, gipotezani taxmin qilish va isbotlashda faol qatnashdilar. Ularning faoliyati reproduktiv va ijodiy unsurlarini oʻzida qamrab oladi. Bunda oʻqitishning qidiruv (izlanish) suhbati, oʻquvchilarning javoblari va toʻldirishlariga qoʻshimcha qilgan holda oʻqituvchining bayoni, faktlarni kuzatish va umumlashtirish usullari qoʻllanadi. Bu hollarda oʻquvchilarning reproduktiv va qidiruv 19 (izlanish) faoliyatining muvofiqligiga muhim ahamiyat kasb etadi. Ular biror bosqichdagi oʻquv muammosining mustaqil hal qilinishidan to ulardan aksariyati yechilgunga qadar kuchli oʻzgarib turishi mumkin. Mashg’ulotlarda ijodiy suhbatni qoʻllash maqsadga muvofiq topiladi. Oʻquvchilar bunday suhbat jarayonida oʻzlarida avvaldan mavjud boʻlgan bilimlari, ijodiy faoliyati tajribasiga asoslangan holda oʻqituvchi rahbarligida muammoni izlaydi va mustaqil ravishda uning yechimini topadi. Oʻquvchilar oʻz tashabbuslari bilan savollarga javob beradilar yoki oʻz chiqishlarida turli mulohazalarni bildiradilar, muammoning yechilishidagi oʻz variantlarini ilgari suradilar, hodisalar oʻrtasidagi rang-barang aloqalarni qayd qiladilar, bahslashadilar, boshqalarning fikriga tanqidiy munosabat bildiradilar. Bu jarayonda oʻqituvchining oʻquvchilarga yordam berish darajasi ularning mashg’ulotlarga tayyorgarlik koʻrish darajasiga bog’liq boʻladi. Ijodiy suhbatga tayyorlashda oʻqituvchining unga oʻta mas’uliyat bilan yondoshishi talab qilinadi. Oʻqituvchi bunday suhbatga oldindan jiddiy tayyorgarlik koʻrishi lozim: avvaldan shunday savollar oʻylab topishi kerakki, ular oʻquvchining u yoki bu hodisaning mohiyatini oʻylashga majbur etsin, suhbat yoʻnalishi va gipotezaning ehtimol koʻrilgan variantlari va uning yechilish yoʻllarini bashorat qila olsin. Oʻqituvchi oʻquvchilarning umuman muammoni yechish uchun yetarli darajada tayyorgarlik koʻrib kelmasligini ham koʻzda tutishi va bunday vaqtda sodda va murakkablashtirib boruvchi qoʻshimcha savollarni tayyorlab qoʻyishi lozim, bunday savollar orqali oʻquvchilar ijodiy hal qilishishart boʻlgan vazifalarni qismlarga ajratish ham zarur boʻladi, ya’ni muammo kichik muammolarga boʻlinadi va muammoli vazifa yechiladi. Oʻqituvchi bunday vaziyatda vazminligini saqlashi, oʻquvchilarga tezroq yordam berish, kamchiligini tuzatish va yanglish fikr bildirganlarga tanbeh berishga shoshilmasligi, balki qoʻshimcha savollar bilan oʻzlarining xatosini anglashga va toʻg’ri qaror qabul qilishga erishish maqsadga muvofiqdir. Materialni muammoli bayon qilish axborotni bayon qilishdan tubdan farq qiladi, chunki unda u yoki bu hodisaning belgilari, xossalari, tushunchalari, qoidalari shunchaki tasvirlab beriladi, tayyor xulosalar bayon qilinadi. Oʻquv axborotlarining muammoli bayoni metodidan foydalanishning boshqa varianti fan taraqqiyoti tarixidagi u yoki bu qonunning olimlar tomonidan kashf etilishi yoʻlini yoritib berish boʻlishi ham mumkin. Oʻquv jarayonida keng tarqalgan metodlardan biri – shartli ravishda oʻquv axborotlarining bayonini muammoli boshlash deb nomlanadigan metoddir. Materialni muammoli bayon qilish metodidan bu metod muammoli vaziyat faqat materialni bayon qilish boshidagina yaratilishi bilangina farqlanadi. Keyinchalik material axborot usulida bayon qilinadi. Albatta, bu metod yuqorida oʻquvchining ijodiy izlanish faoliyati, ayniqsa, ijodiy metodida koʻringan koʻnikmalarni hosil qilishga imkoniyat bermaydi, lekin oʻquvchilarning mashg’ulot ibtidosida olgan ilxomlari barcha materialni faol idrok qilishga, unga yuqori qiziqish uyg’otishga bevosita turtki beradi. Yuqoridagi barcha metodlar orasida bu metod oʻzining oddiyligi bilan ajralib turadi. Muammoli vaziyatni tashkil qilishda quyidagi extimol koʻringan didaktik maqsadlarni hisobga olish zarur: oʻquv materialiga oʻquvchilar diqqatini jalb qilish, ularning bilishga boʻlgan qiziqishini uyg’otish, oʻquvchilarning bilish faoliyatini jonlantirish, ularni intellektual zoʻriqish mashaqqatlariga olib kelish, oʻquvchilar tomonidan egallangan hozirgi bilim, malaka va koʻnikmalar kelajakda yuzaga keladigan 20 bilishga boʻlgan talablarini qondira olmasligini koʻrsata bilish, oʻquvchilarga oʻquv muammolarini tahlil qilishga, uning yechilishidagi eng ratsional yoʻllarni aniqlashda yordam berish kerak. Oʻquv jarayonidagi muammoli vaziyatning bir necha tiplari farqlanadi: 1. Oʻquvchilar qoʻyilgan vazifaning yechilish usulini bilmaydilar, muammoli savolga javob berolmaydilar. 2. Oʻquvchilar avval olgan bilimlarini yangi sharoitda, holatda foydalanish zaruriyatiga duch keladilar. 3. Vazifaning nazariy jihatdan yechilishi mumkin boʻlganyoʻli va tanlangan usulning amaliy jihatdan qoʻllash qiyinligi orasida ziddiyat yuz beradi. 4. Vazifaning bajarilishida natijaga amaliy erishish va oʻquvchilarda uni nazariy jihatdan asoslashga bilim yetishmasligi oʻrtasida ziddiyat yuz beradi. Adabiyotlarda muammoli vaziyatyaratishning quyidagi koʻp uchraydigan usullari qayd qilinadi: hodisalar, oʻrganilayotgan tushunchalar mohiyatini tushuntirish uchun muammoli vazifalar qoʻyish; olingan bilimlarning amaliy tatbiqi usullarini topish uchun muammoli vazifa qoʻyish; oʻquvchilarni hodisalar va faktlar orasidagi ziddiyatlar va nomuvofiqliklarni tushuntirib berishlariga undash; ilmiy tushunchalari va hayotiy tasavvurlari orasidagi ziddiyatni keltirib chiqaradigan fakt va hodisalarni tahlil qilishga undash; oʻquvchilarni fakt, hodisa, xatti-harakatlar, xulosalarni chog’ishtirish, qiyos qilishga undash; oʻquvchilarni goʻyo tushunib boʻlmaydigan xarakterdagi va fan tarixida ilmiy muammoning qoʻyilishiga sabab boʻlgan faktlar bilan tanishtirish. Muammoli vaziyatni vujudga keltirishning yuqorida keltirilgan usullari uning boshqa variantlariga chek qoʻymaydi. Har bir oʻqituvchioʻzining amaliy faoliyatida oʻquv materiallari bilan ijodiy ishlash jarayonida uni tashkil qilishning turli imkoniyatlarini qidirishi va topishi mumkin. Oʻquvchilarning fikrlari tobora qiyomiga yeta borib, muammoli vaziyat ularda ma’lum xissiy hozirlikni vujudga keltiradi, mustaqil amalga oshirilgan bilish jarayonidan, kashfiyotlardan qoniqish hosil qiladi. Xayratga tushish, tushkunlik yoki shodlik hissiyotlari muammoli vaziyatni toʻg’ri tashkil qilish belgilari boʻlib xizmat qiladi. Ma’lumki, yuqori koʻtarinkilik bilimlarni samarali oʻzlashtirish, haqiqatni qidirish va unga erishishning muhim omili hisoblanadi. Muammoning murakkabligi, oʻquvchilarning bilim saviyasi va malakasi, ularning ijodiy faoliyati koʻnikmalari, didaktik maqsadga yoʻnalganligiga qarab muammoli oʻqitishda oʻquvchi va oʻqituvchi oʻzaro munosabatlarining turli variantlari boʻlishi mumkin, ya’ni muammolilikning turli sathlari amalda boʻlishi mumkin. Pedagogikaga oid adabiyotlarda asosan muammolilikning uch sathi haqida fikr yuritiladi: Birinchi sathda oʻqituvchioʻzi muammoni qoʻyadi, uni shakllantiradi va oʻquvchilarni mustaqil ravishda uning yechilish yoʻlini qidirishga yoʻnaltiradi. Ikkinchi sathda oʻqituvchi faqat muammoli vaziyatni vujudga keltiradi, oʻquvchilar esa muammoni mustaqil shakllantiradilar va yechadilar. 21 Uchinchi sath – oliy sath boʻlib, unda oʻqituvchishunday qoidani koʻzda tutadi: muayyan muammoni koʻrsatib bermaydi, balki unga oʻquvchilarni «roʻbaroʻ» qiladi hamda ularni mustaqil ijodiy faoliyatga yoʻnaltiradi, ularni boshqaradi va natijani baholaydi. Oʻquvchilar esa muammoni mustaqil anglaydilar, uni shakllantiradilar, uning yechilish usullarini tadqiq qiladilar. Oʻquv muammosining qoʻyilish jarayonini osonlashtirish uchun muayyan tartibga rioya qilish lozim boʻladi. Yechilish lozim boʻlgan hamda yangi tushunchalar bilan bevosita bog’liq boʻlgan avvalgi oʻzlashtirilgan bilimlar doirasini faollashtirmasdan turib, muammoni qoʻyib boʻlmaydi. Muammoli vazifalarni tashkil qilishdan oldin oʻquvchilarning sabab-oqibat aloqalarini oʻrnata olish usullarini egallaganligiga ishonch hosil qilish, oʻquvchilarning muammoli vaziyatni tahlil qila olish darajasini oʻrganish shartdir. Shuningdek, oʻqituvchi oʻquvchilar e’tiboriga faqat ular uchun qulay boʻlgan muammolarni qoʻymasligi ham mumkindir. Shu bilan birgalikda muammoning yechilishi uni toʻg’ri qoʻya bilishga koʻp jihatdan bog’liq ekanligini unutmaslik zarur. Bu qoidalarni amalga oshirish avvalo oʻquv materialining mazmun xususiyati bilan bog’liqdir. Uning tarkibi va tuzilmasiga qator talablarni qoʻyish mumkin. Oʻquv materiali quyidagi mazmunni qamrab oladi: yangilik unsurlari (yangi tushunchalar, yangi belgilar, xususiyatlar, noma’lum tushunchalarning jihatlari, yangi aloqalar, harakatlanishning yangi usullari); faktlar, bilish vazifalari va masalalari, ziddiyatlari koʻrinishidagi materiallarni qamrab olgan ma’lum va yangi bilim oʻrtasidagi ziddiyat; umumpedagogik va didaktik tamoyillarni hisobga olgan pedagogik nazariyaning metodologik asoslari materialini mantiqqa muvofiq bayon qilish. Shuni ta’kidlash lozimki, oʻqitish jarayoni faqat «muammoli» yoki «nomuammoli» metodlar yordamidagina amalga oshmaydi, balki uning samarali borishi uchun xilma xil metodlarni qoʻllash maqsadga muvofiqdir. Oʻqituvchi mashg’ulotning maqsadi, oʻquv materiallarining mazmunini toʻplash, auditoriyada qatnashgan oʻquvchilarning xarakteri, ularning tayyorgarlik darajasini hisobga olgan holda ularni tinglash hamda birini ikkinchisi bilan bog’lashni amalga oshiradi. Shundagina oʻquv jarayonining yuqori samaradorligi ta’minlanadi. Shuningdek, muammoli oʻqitishning samaradorligi koʻp jihatlardan oʻquvchilarning ijodiy faoliyatga, muammoni ifodalash va yechishga boʻlgan tayyorgarligiga bog’liq boʻladi. Ularni ijodiy faoliyatga jalb qilishda muammoli boshlash bayonidan asta-sekin tadqiqot ishlarigachaoʻtish, muammoli oʻqitishning barcha metodlari zanjirida asta-sekinoddiydan murakkabga oʻtish tavsiya etiladi. Muammoli oʻqitishning talablar darajasidagi sifatini ta’minlash, oʻquvchilar tomonidan oʻzlashtirilgan axborotlar boʻyicha bilimlarni chuqurlashtirish va kengaytirish maqsadida seminarlar oʻtkazish mumkin. Ma’lumki, bunday seminar oʻtkazishning dastlabki maqsadi ma’ruza yoki axborotni jamoa boʻlib muhokama qilishdir. Seminarning samaradorligi albatta oʻquvchilarni unga tayyorlash sifatiga bog’lik. Ayniqsa, ma’ruza va axborot tayyorlayotgan oʻquvchilar bilan ishlash muhim ahamiyatga ega. Oʻquvchilarni seminarga tayyorlash bosqichma-bosqich tashkil etiladi. Download 0.76 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling