Niyozov Qahramon Adashaliyevich


Oʻquvchi shaxsiga yoʻnaltirilgan ta’lim


Download 0.76 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/64
Sana25.10.2023
Hajmi0.76 Mb.
#1722260
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   64
Bog'liq
Biologiya-fanini-o‘qitishda-pedagogik-texnologiyalar

Oʻquvchi shaxsiga yoʻnaltirilgan ta’lim. 
Oʻquvchi shaxsiga yoʻnaltirilgan ta’limning mohiyati 
Oʻquvchi shaxsiga yoʻnaltirilgan ta’lim-oʻquvchi shaxsiy imkoniyatlariga 
moslashtirilgan pedagogik muhitni hamda ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etishni nazarda 
tutadi. Bu ta’lim texnologiyasida har bir oʻquvchini tushunish, hurmat qilish, unga 
ishonish katta ahamiyatga ega. Oʻquvchi-oʻqituvchi hamda oʻquvchi-oʻquvchi hamkorligi 
koʻzda tutilgan ijobiy natijalarni beradi. Bu texnologiyada kommunikativ metodlardan 
keng foydalaniladi, ularning ayrim asosiy belgilarini koʻrib chiqamiz.
Oʻqituvchi tomonidan oʻquvchi shaxsiga yoʻnaltirilgan ta’limni amalga oshirishning 
quyidagi asosiy mezonlari mavjud: 
1. Har bir oʻquvchiga buyuk shaxsdek qarash, uni hurmat qilish, uni tushunish, qabul 
qilish, unga ishonish.
2. Ta’limning shunday muhitini yaratish kerakki, unda oʻquvchi oʻzini shaxs deb 
sezsin, unga boʻlgan e’tiborni tuysin. 
3. Bolaga tazyiq oʻtkazmaslik hamda uning kamchiligini boʻrttirmaslik, bilimlarni 
oʻzlashtirmasligi, oʻzini yomon tutishi sabablarini aniqlash va ularni bolaning shaxsiyatiga 
zarar etkazmaydigan tarzda bartaraf etish. 
4. Ta’limda «muvaffaqiyat muhitini» tashkil etish, bolaga oʻqishda muvaffaqiyat 
qozonishiga yordam berish, uning oʻz kuchi va iqtidoriga ishonchini orttirish. Oʻquvchiga 
atrofdagilarning har biri oʻzi kabi ekanligini anglatish, unda jamoaga aloqadorlik hissini 
rivojlantirish. 
5. Oʻquvchining hurmati va ishonchini qozonish, oʻziga ham shaxs nuqtai nazaridan 
qarash. 
Bola shaxsiga yoʻnaltirilgan ta’limda rivojlantiruvchi muhitning ahamiyati 
Umumiy oʻrta ta’lim muassasasining bola shaxsiga yoʻnaltirilgan ta’limni amalga oshirish 
faoliyatida bolalarning kognitiv (aqliy), kommunikativ (nutq-muloqotchanlik), ijtimoiy-
hissiy va jismoniy-motor rivojlanishiga sharoit yaratilishini ta’minlash juda muhimdir. 
Bolaning rivojlanishiga sharoit nafaqat sinf xonalarida, balki ta’lim muassasasiga kirishda, 
yoʻlaklarda, sport va dam olish maydonchalarida ham yaratilgan boʻlishi shart. 
Xona va bino-bu bolaning rivojlanishi uchun muhim boʻlgan ichki omildir,binodan 
tashqaridagi sport, dam olish va oʻyin maydonchalari, maktab va boshqa ta’lim 
muassasasining hududi-tashqi omillar boʻlib xizmat qiladi. 
Bola shaxsiga yoʻnaltirilgan rivojlantiruvchi muhit ta’lim-tarbiya jarayonida bolaning 
yoshi, psixologik, fiziologik xususiyatlarini toʻliq hisobga olgan holdagi eng qulay shart-
sharoitlarni ta’minlashga xizmat qiladi. Unga quyidagi asosiy talablar qoʻyiladi: 
Bolaning salomatligini saqlash omillari: toza havo, toza joy, normal harorat va yorugʻlik 
ta’minlanadigan bino va oʻquv xonalari. 


28 
Maktabning bolani noxush, kutilmagan hodisalardan saqlaydigan xavfsiz joy boʻlishini 
ta’minlash. 
Bolalarning harakat, kashf qilish va tajriba qilishlariga ragʻbat koʻrsatish, ya’ni maktab 
hududining barcha joylarida bunga imkon boʻlsin. Masalan, sport, dam olish va oʻyin 
maydonchasida jihozlarning etarli boʻlishi; koridorda turli oʻsimliklarning oʻsishini 
kuzatish, xonada oʻquv fanlariga doir ma’lumotlar, kutubxonada turli kitoblar boʻlishi va 
shu kabilar. 
Bolalarning oʻzlari ishlagan barcha narsalar, ashyo va qoʻllanmalar bola koʻra 
oladigan, boʻyi etadigan darajadagi masofa va balandlikda joylashgan boʻlishi. 
Bolalar oʻrtasida hamkorlik va muloqotga ragʻbat bildirish, ya’ni darsda kichik guruh va 
juft boʻlib ishlashlari, darsdan tashqari vaqtda oʻyin oʻynashlariga sharoit yaratilgan 
boʻlishi kerak. 
Bolalarda maktabga tegishlilik hissi, xavfsizlik va erkinlik hissi boʻlishi. 
Turli madaniyatlar mavjudligini his qildirish. 
Sinf xonasi bolaning har tomonlama rivojlanishini ta’minlaydigan alohida mavzular 
boʻyicha qismlarga boʻlingan va shu har bir qismlar oʻz mavzulari boʻyicha bola uchun 
kerakli va qiziqarli boʻlgan ashyo, jihozlar, oʻyinchoqlar, konstruksiyalar, belgilar, 
raqamlar, soʻzlar va h.k.bilan jihozlanganligi. 
Mebel bolaning jismoniy holatiga va erkin harakatlana olishiga toʻsiq boʻlmaydigan 
holda joylashtirilgan boʻlishi, bola oʻziga tegishli mebelni bemalol harakatlantira oladigan 
va nogiron oʻquvchilar uchun mos mebel ham boʻlishi, shuningdek, oʻqituvchi uchun 
mebel ham qulay boʻlishi kerak. 
Bolaning idrok etish qobiliyatini rivojlantiruvchi va ijod qilishga undovchi turli shakl 
va rangdagi materiallar bilan ta’minlash. 
Bolalar koʻrishi va tanishishi uchun narsalar va ma’lumotlarni iloji boricha bitta joyga 
juda koʻp joylashtirmaslik, bu bolaning ularni ajratib olishiga halaqit beradi. 
Bolaga erkin tanlash imkonini berish va mustaqil qaror qabul qilishga undash. 
Oʻz 
tengdoshlari 
bilan 
munosabatga 
kirishishiga 
yordam 
berish. 
Kundalik qilinadigan ishlarni biror jadval shaklida soʻzlar hamda belgilar bilan tasvirlash, 
uni 
bola 
koʻra 
oladigan 
va 
tushunadigan 
holatda 
ilib 
qoʻyish.
Ota-onalar va maktab oʻrtasida iliq munosabatlarni shakllantiruvchi muloqot oʻrnatishga 
imkon beruvchi muhit yaratish.
Oʻquvchi shaxsiga yoʻnaltirilgan ta’limda dars shakli. 
Shaxsga yoʻnaltirilgan oʻquv vaziyatlari oʻquvchilarning bilish faoliyatini tashkil etish 
usul va metodlari bilan uzviy bogʻliq. Bunday oʻquv mashgʻulotlarining shakllari 
turlicha.Ular orasidan alohida e’tibor dars jarayonida oʻqituvchi-oʻquvchi hamkorligining 
tadqiqot- izlanish metodlari hamda dialogli shakllariga qaratiladi, shuningdek, 
koʻrgazmali, tasviriy, reproduktiv va boshqa metodlar ham qoʻllaniladi.. Bunday 
mashgʻulotlarning shakl va usullari bevosita shaxs faoliyatiga yondashuv konsepsiyasi va 
tamoyillariga mos kelib, ular bola ichki dunyosi, tafakkuri va shaxsiy hayotiy tajribasini 
maksimal darajada faollashtirishga xizmat qiladi. Bu oʻrinda oʻquv faoliyatiga ragʻbat 
uygʻotish orqali oʻquvchilarni bilim egallashga yoʻnaltirib, bunday shakl va usullarda 
tashkil etilgan ta’lim jarayoni oʻquvchilarning shaxsiy bilimi, tajribasi va hissiyotlarini 
rivojlantirishning asosiy manbalaridan biri boʻlib qoladi.
Oʻquvchi shaxsiga yoʻnaltirilgan ta’lim amalga oshiriladigan ayrim noan’anaviy dars 
shakllarini keltiramiz: 


29 
Shoʻngʻish darsi- ma’lum bilimlarni egallash uchun eng qulay muhitda boʻlish yoki 
shunday muhit yaratish orqali mavzuni faol oʻrganish mashqlaridan iborat. 
Musobaqa darsi- oʻquvchilarning oʻzaro musobaqalashuvini tashkil etish orqali bilimlarni 
mustahkamlash mashqlari. 
Konsultatsiya darsi- dars jarayonida oʻquvchilarning oʻzaro hamda oʻqituvchining 
konsultatsiyalarini tashkil etish orqali darsni oʻzlashtirish mashqi. 
Ijod darsi- oʻquvchilarning mustaqil ijod etishlarini tashkil qilish darsi. 
Sinov darsi- oʻquvchilarning oʻzlashtirishini turli shakllarda sinash tashkil qilinadigan 
dars. 
Shubha bildirish darsi- dars mavzusi boʻyicha qoidalar, xulosalarni agar notogʻri deb 
hisoblansa, nimalar boʻlishi mumkinligi haqida qiziqarli bahs va tahlillar oʻtkazish orqali 
yangi mavzuni tushuntirish darsi. 
Ijodiy hisobotlar darsi- oʻquvchilarning ayrim mavzular boʻyicha mustaqil oʻrgangan 
bilimlari va xulosalari taqdimoti. 
Umumlashtirish darsi- ilgari oʻtilgan mavzular boʻyicha olingan bilimlarni 
umumlashtirish mashqlarini oʻtkazish darsi. 
Ilmiy-fantastika darsi- oʻquvchilarning oʻrgangan bilimlari asosida ijodiy xayol, 
taxminlar oʻylab topishlari mashqini oʻtkazish orqali mustaqil fikrlashlarini kengaytirish 
darsi. 
Haqiqatni izlash darsi- dars mavzusiga doir ayrim masalalar yuzasidan oʻquvchilarning 
mustaqil fikrlar bildirishni tashkil etish orqali haqiqatni aniqlash va mavzuni 
oʻzlashtirishni ta’minlash darsi. 
“Paradokslar” darsi- oʻquvchilarning faolliklari va qiziqishlarini oshirish maqsadida 
oʻrganilayotgan mavzuni har turli “paradokslarga” bogʻlab bayon qilish hamda tegishli 
tahlillar oʻtkazish asosida toʻgʻri xulosalarni aniqlash darsi. 
Seminar darsi- yangi dars mavzusiga doir savollar boʻyicha oʻquvchilarga oldindan 
berilgan topshiriqlarni bajarish natijalari toʻgʻrisida ma’lumotlarni tinglash orqali sinfdagi 
barcha oʻquvchilar darsni oʻzlashtirishlarini va bilimlarini mustahkamlashni ta’minlash 
darsi. 
Ekskursiya darsi- bu darslarda oʻquvchilarni turli ob’yektlar: muzey, ziyoratgoh, 
korxona, ustaxona, tabiat ob’ektlari, ilmiy muassasa, kollej, litsey va boshqalarga olib 
borish va tanishtirish orqali ularning bilimlarini hayot bilan bogʻlash va kasbga 
yoʻnaltirish ishlarini amalga oshirib borish ta’minlanadi. Juda uzoqdagi va borish qiyin 
boʻlgan ob’ektlarga, ular toʻgʻrisida filmlar, turli koʻrgazmali va boshqa materiallar 
mavjud boʻlgan hollarda, ularni oʻquvchilarga namoish etib, tushuntirish orqali 
videoekskursiyalar tashkil etish ham munkin. 
Oʻquvchilarning shaxsiy sifatlarini hisobga olish, ijobiylashtirish va rivojlantirish. 
Oʻquvchilarning yosh xususiyatlarini ta’lim- tarbiya jarayonida hisobga olish, ularning 
shaxsiy sifatlarini bilish, tahlil qilishga yakka tartibda yondashishda hozirgi yosh 
psixologiyasi va pedagogikasining qoidalari va talablaridan kelib chiqiladi. Bunda 
oʻquvchilarning bir- birlariga nisbatan tayyorgarliklari, qiziqishlari va fanlarni turlicha 
oʻzlashtirishlari bilan farqlanishini hisobga olish asosiy masalalardan hisoblanadi. Shunga 
muvofiq ravishda oʻqituvchilarning ham bir- biridan oʻqitish uslubi, oʻquv-tarbiya 
jarayonini rejalashtirish boʻyicha farqlanishini hisobga olgan holda har bir oʻqituvchining 
ma’lum vaqt davomida opedagogik texnologiyaimal natijaga, ya’ni oʻquvchilarning 


30 
koʻzda tutilgan darajada oʻzlashtirishlariga erishish yuzasidan individual yondashuvlari 
mavjud. 
Oʻquvchilarning shaxsiy sifatlarini hisobga olish asosida shu sifatlarni ijobiylashtirish 
va rivojlantirish maqsadlariga erishish uchun darsda oʻquvchilarga mustaqil vazifalar 
berish, ularning mustaqil hulosalar chiqarishlarini, bir- birlaridan oʻrganishlarini tashkil 
qilish, ularning oʻqishlari uchun qulay muhit yaratishga alohida e’tibor berish talab 
qilinadi.Ta’lim bilan tarbiyaning uzviyligini ta’minlash. 
Ta’lim bilan tarbiyaning uzviyligini ta’minlash hamma zamonda ham e’tibor 
markazida boʻlgan masalalardan hisoblanadi. Buning uchun ta’lim-tarbiya jarayonida 
bolalarning nutqi, muloqot koʻnikmalari, hissiy, aqliy, jismoniy va ijtimoiy rivojlanishi 
uchun qulay sharoitlar yaratish, jumladan: toza joy, toza havo, normal haroratli xona va 
unda yetarli yoritilganlik boʻlishi, xavfsizlik, sport, dam olish, oʻyin maydonchalarini 
yetarlicha jihozlash va shu kabilarga e’tibor berish talab qilinadi. 
Shu yoʻnalishdagi ayrim tajribalarni keltiramiz:
Yorib oʻtishlar texnologiyasi va V. Erxard maktabi. Bu texnologiya menejerlarni qayta 
tayyorlash oʻqishlaridan iborat boʻlib, uning maqsadi har bir alohida odamning ichki 
olamida mavjud boʻlgan (lekin kundalik bir xildagi hayot va ish bilan boʻgʻib qoʻyilgan) 
qobiliyatlari va intilishlarini an’anaviy muammolarni yangi muammo sifatida echish 
uchun kundalik izlanishlarga aynan uygʻotish hisoblanadi. 
Bu kurslar oʻquvchining fikrlashi va xulqidagi shaxsiy stereotiplarni bartaraf qilish, 
oʻz imkoniyatlarini va eskirgan muammolarni yangicha echish yoʻllarini koʻra olishlarini 
faollashtirish va oʻzgartirish boʻyicha ishlab chiqilgan koʻp sonli mashgʻulotlardan iborat. 
Bu kurslarning afzal jihatlari-inson omilini ishga solishga qaratilgan boʻlib, maxsus 
mablagʻlar sarflashni talab qilmaydi; erishilgan samara soʻnib qolmaydi, ya’ni olingan 
samara yangi shakllarda va sharoitlarda muntazam kuchayib borishi bilan bir necha marta 
samara olishni ta’minlaydi; alohida yirik yangiliklar yaratishga, hosil boʻlgan boshi berk 
holatlardan noan’anaviy chiqish yoʻllarini izlashga qaratilganligidan iborat. 48 
yoʻnalishdagi kurslar va seminarlar AQShning 94ta shaharlarida va boshqa 
mamlakatlarning 128ta shaharlarida olib borilmoqda. Bu kurslarda yiliga 57 ming kishi 
oʻqiydi.
Oʻquv materialining sxemalar va shartli belgilardan iborat modellari (tayanch signallar 
konspektlari) asosida ta’limni intensivlashtirish texnologiyasi (V. F. Shatalov, Donetsk 
shahri). 
Tayanch signallar konspektlari koʻrgazmali sxemalardan iborat boʻlib, ularda 
oʻzlashtirilishi lozim axborot birliklari aks ettiriladi, ular orasidagi turli bogʻliqliklar 
koʻrsatiladi hamda mavhum (abstrakt) materialni yaqqollashtiruvchi misollar, tajribalarni 
eslatish uchun belgilar va maqsadlarning ahamiyatliligi boʻyicha klassifikatsiyasi turli 
shartli belgilar bilan beriladi. 
Tayanch signallar konspektlari bilan ishlashda qator oʻziga xos usullar va metodik 
echimlar qoʻllaniladi.
Oʻquvchi shaxsiga yoʻnaltirilgan ta’limdan amalda foydalanish masalalari 
Maktabda pedagogik jamoa yoki metod birlashmalar miqyosida oʻqituvchilarning 
oʻquvchi shaxsiga yoʻnaltirilgan ta’limni amalga oshirishda oʻquvchi shaxsini oʻrganish 
yoʻnalishlari, muloqot usullari, darsda oʻquvchilarning bilim darajasi, qiziqishlari, fanlarni 
turlicha oʻzlashtirishlaridagi farqlarni hisobga olish, qulay muhit yaratish, oʻquvchilarning 
oʻzlashtirishlariga erishish va boshqa masalalar boʻyicha nazariy, metodik va amaliy 


31 
tajribalar bilan tanishish, oʻrganish, ommalashtirish maqsadida amaliy mashgʻulotlarni 
vaqti-vaqti bilan oʻtkazib borish lozim. Bu mashgʻulotni mavjud sharoit va imkoniyatlarga 
muvofiq bahs-munozara, trening, ishchanlik oʻyini yoki seminar kabi shakllardan birortasi 
boʻyicha oʻtkazish tavsiya qilinadi. 
Oʻquvchi shaxsiga yoʻnaltirilgan ta’lim samaradorligini oshirish uchun quyidagi 
nazariyalarga asoslanish yaxshi natijalar beradi: 
Bola intellekti rivojlanishi nazariyasi. Bu nazariyani shveytsariyalik psixolog Jan Piaje 
(1896-1980) ishlab chiqqan. Bu nazariya bolalar intellekti rivojlanishini tushunish uchun 
katta ahamiyatga ega boʻldi. Unga koʻra bolalar fikrlashining koʻp xususiyatlari ochib 
berildi. Bular: egosentrizm-boshqa odamning nuqtai-nazariga oʻta olmaslik; sinkretizm-
har turli hodisalarni etarli ichki asos boʻlmagani holda oʻzaro bogʻlashga moyillik hosil 
boʻladigan tafakkur turi; transduksiya-mantiqiy fikrlashning xususiyati boʻlib, bunda 
xususiydan-xususiyga tomon, umumiylikni chetlagan holda, oʻtish amalga oshiriladi
artifitsializm-olamni goʻyo odam qoʻli bilan yaratilgan, sun’iy deb idrok qilish; animizm-
olamni jonli deb hisoblash, ziddiyatlarni sezmaslik. 
Bola psixikasi rivojlanishining toʻrtta bosqichi nazariyasini ishlab chiqdi. Bular 
quyidagi bosqichlar: 
1. Sensomotor bosqich (tugʻilgandan 2 yoshga toʻlguncha)-jismoniy his tuygʻular: teri 
sezgisi, ochlik, ogʻriq, shovqin, yorugʻlik va boshqalarga munosabat shakllanadi. 
2. Faoliyatgacha bosqich (2-7 yosh)–bola oʻziga atrofdagilar koʻzi bilan qaraydi. 
Bunda ijobiy muhitning ahamiyati katta. Bola oʻziga ijobiy baho berishi yaxshi 
rivojlanishga, past baho berishi, aksincha natijaga olib keladi. 
3. Aniq faoliyat bosqichi (7-11 yosh)-faktlarni qiyoslash, ob’ektiv aqliy xulosalar 
chiqarish, atrofdagilarning tan olishiga erishish va bolalarcha egosentrizmdan xalos 
boʻlish, mavjud me’yor va qoidalarni oʻzlashtirish bosqichi.
4. Rasmiy faoliyat bosqichi (11-15 yosh)-mustaqil fikrlashga intilish bilan hayotiy 
qadriyatlarni qayta baholash, shaxsiy e’tiqodlar, qadriyatlarga munosabat, yangi odamlar 
bilan oʻzaro munosabatlar, umidlar, kelgusi yoʻlni tanlash, biror ma’naviy qahramon yoki 
faoliyat sohasiga e’tibor va qiziqishlarning yoʻnalganligi, axborotlarni jadal, koʻpincha, 
aralashiga, ba’zan tanlab, toʻplash bosqichi. 
Shu har bir bosqichda oʻsha darajadagi oʻzgarmas operatsiya paydo boʻlishi hamda 
uning oʻzgaruvchanligi rivojlanib borishidan iborat ikkitadan bosqich mavjud. Bunda agar 
bolaga tanish tajribalar takrorlansa, bu oson qabul qilinadi va oʻzgarmas operatsiya 
boʻladi. Agar bu boshqa yoki yangi tajriba boʻlsa, bola yangi sharoitga moslashish uchun 
muvozanatdan chiqadi va oʻzinining bilimi tarkibini oʻzgartiradi. Shunday qilib, bola 
borgan sari koʻproq adekvat bilimlari tarkibini boyitib boradi. 
Eng yaqin rivojlanish sohasi nazariyasi. Bu nazariyani rossiyalik psixolog Vigotskiy 
Lev Semyonovich (1896-1934) ishlab chiqqan. Bu nazariyaga koʻra ta’lim oldinda borishi 
va bolaning rivojlanishini oʻziga ergashtirib borishi lozim. Rivojlanish faqat bola yangi 
koʻnikmalarni oʻzlashtirganida hosil boʻladi. Lekin uni real hayotdan ajralgan holda emas, 
oʻzida bor boʻlgan bilimlar asosida oʻzlashtirishi shart. Bu «eng yaqin rivojlanish sohasi» 
deb nomlandi va pedagogika hamda psixologiya faniga kirdi. Eng yaqin rivojlanish sohasi 
deb L.S.Vigotskiy «yetilish jarayonidagi, ertaga yetiladigan, hozir paydo boʻlayotgan 
holatda boʻlgan funkstiyalarni, ularni rivojlanish mevasi deb emas, rivojlanish kurtaklari, 
gullari, 
ya’ni 
endigina yetilib kelayotgan funkstiyalar»ni tushuntirgan edi. 
Eng yaqin rivojlanish sohasi bola oʻz yoshiga nisbatan qiyin masalalarni katta yoshdagi 


32 
odamning yordami boʻlganda yechishi jarayonida aniqlanadi. Masalan, emaklashni 
oʻrganib olgan chaqaloq uchun emaklash u oʻzlashtirgan koʻnikma, lekin tik turish va 
yurish esa, uning tomonidan endi oʻrganilayotgan va katta yoshdagilar yordamida 
oʻrganiladigan koʻnikma boʻlib, bu koʻnikma bolaning eng yaqin rivojlanish sohasida 
hisoblanadi.
Oʻquvchi bilan muloqotda uning qiziqishlaridan kelib chiqqan holda uning eng yaqin 
rivojlanish sohasi keng boʻlgan belgilarni topish va asta–sekin yangi bilimlar bilan 
toʻldirib borish orqali kutilgan natijaga erishiladi. Bunda bolalarga doʻstlik va oʻzaro 
hurmatda boʻlish asosiy shart hisoblanadi.
 

Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling