Niyozov Qahramon Adashaliyevich
Muammoli savollar tizimini ishlab chiqishda
Download 0.76 Mb. Pdf ko'rish
|
Biologiya-fanini-o‘qitishda-pedagogik-texnologiyalar
Muammoli savollar tizimini ishlab chiqishda oʻquvchilarni oʻylashga majbur qilish
hamda ularning javoblari ehtimoli nazarda tutiladi. Shu bilan bog’liq ravishda mashg’ulot ssenariysi mashg’ulotning biror (ehtimol koʻrilgan) variantini aks ettirishi lozim boʻladi, uning realligi esa oʻqituvchining oʻquvchilardagi boshlang’ich fikrlash qobiliyati darajasi 22 haqidagi qay darajada bilimga ega boʻlishiga bog’liq. Shu bilan birga, xatto yaxshi ishlab chiqilgan ssenariy boʻlsa-da, seminarning borishida avval oʻylangan rejadan chetga chiqishlar boʻladi, chunki oʻquvchilarning individual xislatlari, bilimlarining darajasi va kengligi har xil boʻladi, shu tufayli oʻqituvchi seminarni samarali oʻtkazishi uchun temaga muvofiq material mazmunini oʻzi yuksak darajada egallagan boʻlishishart. Seminar avvalida oʻqituvchi tayyorlab kelgan savollari yoki vazifalaridan foydalangan holda oʻquvchilarda seminarda qatnashish uchun yetarli boʻlgan bilimlarni yuzaga chiqaradi. Bilimlarni yuzaga chiqarish bilimlarni chuqurlashtirish va kengaytirish boʻyicha seminarlardagi usullar asosida amalga oshiriladi.Soʻng yuzaga chiqarilgan bilimlar asosida oʻqituvchi mashg’ulotda hal qilinadigan muammoni oʻquvchilarga bildiradi va uni ifodalab beradi. Avval boshdanoq qoʻyilgan muammoning oʻquvchilar tomonidan qabul qilinishini ta’minlash uchun muammoni qoʻyishda uni yechish uchun urinib koʻrishni tashkil etish tavsiya etiladi. Bu bilan oʻqituvchi kutilayotgan yechimni oʻquvchilar bilan tahlil qiladi, ularda koʻringan qiyinchiliklarni aniqlaydi. Muammoni yechishdagi dastlabki urinish natijasida oʻquvchilar uni yengilgina yechish mumkin emasligini aniqlaydilar. Bunda muammoli vaziyat oʻquvchilar uchun muammoni yechish usullarining keyingi izlanishini avj oldirish zarurligining ichki ruxiy asoslanishi boʻlib xizmat qiladi. Oʻqituvchi muammoni yechish usullarini izlashni tashkil etishga oʻtar ekan, avvalo birinchi muammoni ifoda qiladi, soʻng muammoli savollarni qoʻyadi va javoblarni muhokama qilib, oʻquvchilarning bu muammoni yechish usulini izlashga, ya’ni birinchi oraliq xulosani qidirishga undaydi. Soʻngra shu tahlitda yaxlitligichamuammoni yechish va xotima xulosalarni ifodalash bilan tugallanishi lozim boʻlgan keyingi muammolarning yechilish usulini izlashni tashkil etadi. Oʻqituvchi muammoni qoʻyishda uning mazmunini oydinlashtiruvchi muammoli savollarni berishdan oldin muammoni toʻlaligichayechishga urinish tashkil etilganidek, oʻquvchilarning muammo qismlarini yechishga urinishlarini tashkil etishi mumkin. Bu urinish muammoni yechishda ikkinchi mashaqqatni vujudga keltiradi, uning oʻquvchilar tomonidan anglab yetilishi muammoning yechilish usulini qidirishda faol ishtirok etishining qoʻshimcha motivi boʻlishiga olib keladi. Oʻqituvchi muammoli savol qoʻyib, unga javob olishi bilanoq toʻg’ri va notoʻg’ri javoblarni baholamasligi, balki oʻquvchilardan savollarga har tomonlama keng javob talab qilishi kerak. Agar oʻquvchi kutilgan muayyan javobni tayinli asoslay olmasa, bu javobga xayrihoh boʻlgan boshqa oʻquvchilarni ham aniqlab, ularga birgalikda shu javobni asoslashni taklif etadi. Agar oʻquvchilar u yoki bu savolga turli javoblar taklif etsalar, oʻqituvchi oʻquvchilarning javoblarni qiyoslashga qaratilgan fikrlashga urintirishi lozim boʻladi. Bunday fikrlash ishi murakkab boʻlib, u barcha bildirilgan nuktai nazarlarni tushunish, ularning kuchli va kuchsiz tomonlarini aniqlash, toʻg’ri javobni qidirish maqsadida tanqidlarni hisobga olgan holda turli karashlarni oʻzaro nisbatlashni koʻzda tutadi. Shunday qilib, muammoli savolga javob topishni qidirishni tashkil etish oʻzida muntazam qoʻyilgan qadamlar modulini birlashtirdi. Ular quyidagilar: muammoli savolni qoʻyish; qoʻyilgan savollarga javob topish va asoslash boʻyicha oʻquvchilarning fikrlashga urinishlarini tashkil etish; 23 javoblarning tanqidiy tahlilini tashkil etish, ularning kuchli va kuchsiz jihatlarini aniklash; kelishilgan mavqe (pozitsiya)ni ishlab chiqish – eng toʻg’ri javobni konstruksiyalash maksadida javoblarni oʻzaro qiyos qilishni tashkil etish; keyingi muammoli savolni qoʻyishga oʻtish. Oʻqituvchi tashkil etgan bunday mujassamlangan harakatlarni bajarish jarayonida oʻquvchilarning tafakkurlarida rivojlanish yuz beradi. Oʻquvchilarga muammolisavollar qoʻyishda muammoli savollarning uzluksizligini, ularning bajargan ijodiy ish natijalari bilan aloqasini ta’minlash zarur. Umuman, oʻquvchilarning fikrlash qobiliyatlarini oʻstirishga bag’ishlangan seminar quyidagi bosqichlarni oʻz ichiga oladi: 1. Oʻquv muammosini yechish boʻyicha ijodiy faoliyatda faol ishtirok etish uchun zarur boʻlgan bilimlarni yuzaga chiqarish; 2. Muammoga kirishish va uni ifodalash; 3. Oʻquvchilarning avval egallangan bilimlari negizida muammoni yechishga urinishni tashkil etish; 4. Muammoni yechish boʻyicha oʻquvchilarning keng ijodiy faoliyatini tashkil etish (muammoni va muammoli savolni qoʻyish, muammoli savolga javob topishni tashkil etish, oraliq va yakuniy xulosalarni ifodalash); 5. Mashg’ulotga yakun yasash. Muammoli oʻqitish sharoitidagi oʻquv jarayonining mustahkam asosi oʻquvchilarni mustaqil fikrlashga muntazam tayyorlash, shaxsiy fazilat sifatida ulardagi baholanadigan mustaqillikni shakllantirish va rivojlantirish hisoblanadi. Bu oʻqitishdagi mustaqil ishning alohida muhim ahamiyati, uni oʻquv yurti pedagogik tizimi markaziga qoʻyilishining qonuniyligi, uning oʻz tizimi boʻlishi zaruriyatini tashkil etish demakdir. Shu bilan birga ta’kidlash joizki, bu masala hanuzgacha amaliyotda toʻla hal qilingan emas. Amaliy mashg’ulotlar bir necha bosqichda oʻtkaziladi. Birinchi bosqichda bilimlar nazorat qilinadiki, ularning mavjudligi mashg’ulotlarda ishlab chiqiladigan vazifalarning yechilish metodikasini tushunishga yordam beradi. Oʻqituvchi bilimlar oʻzlashtirilishining nazoratini oʻtkazib boʻlgach, oʻquvchilarni muayyan toifadagi vazifalarni yechish metodikasi bilan tanishtiradi. Bu jarayonda oʻqituvchi metodika tarkibiga kiradigan barcha harakatlarnioʻquvchilarga tushuntirishi lozim. Oʻrganilgan metodikaga muvofiq ravishda barcha harakatlarni amaliy egallashni tashkil etish uchun oʻqituvchi oʻquvchilarga individual topshiriqlar beradi. Bu topshiriqlarni bajarish jarayonida yuzaga kelgan qiyinchiliklarni oʻz vaqtida yengish maqsadida oʻqituvchi oʻquvchilarga yoʻl-yoʻriqlar beradi. Bunda oʻqituvchining vazifasi har bir oʻquvchining oʻz topshirig’ini ongli ravishda bajarishini ta’minlashdan iborat boʻladi. Topshiriqni bajarish yakunlangach, oʻqituvchi uning borishini va oʻquvchilar ishlari natijalarini tahlil qiladi, guruh bilan birgalikda tipik qiyinchiliklarni muhokama qiladi, ularni yengish usullarini koʻrsatib beradi, shakllangan malakalarni kelgusida takomillashtirish boʻyicha vazifalar qoʻyadi. Shunday qilib, algoritmik tipdagi amaliy mashg’ulotlarni oʻtkazish quyidagi bosqichlarni koʻzda tutadi: 1. Muayyan toifadagi vazifalarni yechish metodikasini tushunib olishga yordam beradigan bilimlar oʻzlashtirilishini nazorat qilish; 2. Oʻzlashtirilish obekti boʻlgan vazifalarning yechilish metodikasi bilan tanishish; 24 3. Konkret vazifa materiallari asosida oʻrganilgan metodikaga muvofiq ravishda oʻquvchilarning individual faoliyatni tashkil etish; 4. Tipik qiyinchiliklar va ularni yengish yoʻllarini guruh boʻlib muhokama qilishni tashkil etishning oʻquvchilar tomonidanbajarilishining borishi va natijalarini tahlil qilish, kelgusida egallanishi mumkin boʻlgan malakalarni takomillashtirish boʻyicha vazifa qoʻyish. Muammoli tipdagi amaliy mashgulotlarni tashkil etish quyidagi bosqichlarni oʻz ichiga oladi: 1. Muayyan toifadagi vazifalarning yechilish metodikasini ishlab chikish uchun zarur boʻlgan bilimlarning oʻquvchilar tomonidan oʻzlashtirilishini nazorat qilish; 2. Yechilish metodikasini ishlab chiqishni koʻzda tutgan yangi vazifalarni qoʻyish; 3. Qoʻyilgan vazifaning yechilish metodikasini ishlab chiqishga qaratilgan oʻquvchilarning fikrlashga urinishlarini tashkil etish; 4. Oʻquvchilar ishlarining natijalarini tahlil qilish, metodikani ishlab chiqish jarayonida yuzaga kelgan qiyinchiliklarni guruh boʻlib muhokama qilish, uning sabablari va uni yengish usullarini aniqlash. Amaliy vazifa va muammolarni yechishdagi oʻquvchilarning umumiy faoliyatini tashkil etishning samarali shakli tadbirkorlik oʻyinlaridir. Ma’lumki, tadbirkorlik oʻyinlari oʻquvchilarning kollektiv faoliyatini tashkil etishni bildiradiki, bu jarayonda uning boʻlg’usi kasbiy faoliyatining ashyoviy va ijtimoiy mazmuni yaratiladi. Tadbirkorlik oʻyinlarining pedagogik samaradorligi natijasi koʻp jihatlardan oʻyinning ssenariysini ishlab chiqish uning tayyorlanish sifati bilan belgilanadi. Tadbirkorlik oʻyinlari oʻquvchini amaliytayyorlashning pedagogik vazifalari tizimini yechishga qaratilgan boʻlishi lozim. Bularga birinchi navbatda: real kasbiy faoliyatsharoitida qoʻllanadigan amaliy malaka va koʻnikmalarni shakllantirish; amaliy vaziyatlar va shunga mos harakat usullarini ishlab chiqishni tahlil qiladigan fikrlash qobiliyatlarini shakllantirish; guruh (jamoa) faoliyatida faol ishtirok etishini ta’minlaydigan qobiliyatlarni shakllantirish taalluqlidir. Oʻyinning mazmuni va tuzilmasi shunday shakllanishi va shunday tuzilishi kerakki, shunga mos malaka va qobiliyatlar har bir ishtirokchida butun oʻyin davomida shakllansin. Oʻyinning pedagogik vazifalari ssenariyda aniq aks etishi shart. Muammoli oʻqitishni tashkil etish natijasida oʻquvchilarda kasbiy bilim, malaka va koʻnikmalar hamda fikrlash qobiliyatlarini oʻstirishning ijodiy imkoniyatlari yuzaga keladi. Muammoli texnologiyani amalga oshirish uchun: eng dolzarb, ahamiyatli vazifalarni tanlash; oʻquv ishlarining barcha turlarida muammoli oʻqitishning oʻziga xos xususiyatlarini belgilash; muammoli oʻqitishning eng maqbul tizimini ishlab chiqish, darslik, oʻquv va metodik qoʻllanmalar, tavsiyanomalar yaratish; shaxsiy yondashuv va oʻqituvchi mahorati zarurdir. Quyida biologiya fanini o‘qitishda muammoli ta’lim texnologiyasini tatbiq etish orqali o‘quvchilarda hayotiy ko‘nikmalarni shaklantirish bo‘yicha uslubiy tavsiyalar berib o‘tamiz. Misol uchun biologiya darsida odam qon guruhlari va ularning nasldan naslga berilishini muammoli ta’lim texnologiyasi asosida quyidagicha mashg‘ulot tashkil etish 25 mumkin. Buning uchun o‘qituvchi dastlab 5-7 nafar o‘quvchilardan tashkil topgan kichik guruhlarni shakllantiradi, so‘ngra har bir guruhga mavzu bo‘yicha muammoli topshiriqlar berilgan tarqatma materiallarni beradi. Topshiriqlar quyidagicha bo‘lishi mumkin: 1-guruhga. Avtohalokat tufayli jarohat olgan bemorga qon quyish zarurati tug‘ildi. Tekshiruv natijasida bemor qoni I-guruhga mansubligi aniqlandi, donorlik qilmoqchi bo‘lgan uning turmush o‘rtog‘iniki esa IV- guruh ekanligi aniqlandi. Savol: ushbu holatda qon quyish mimkinmi? Ularning farzandlari-chi? 2-guruhga. Ota farzandini maktabgacha ta’lim muassasasiga joylashtirish uchun tibbiy hujjat tayyorlash jarayonida tibbiy ko‘rik natijasiga ko‘ra farzandi IV-qon guruhli ekanligi ma’lum bo‘ldi. Ota o‘zining tasavvuriga ko‘ra, o‘zi II-qon guruhiga, turmush o‘rtog‘i esa III-guruhga mansubligini hisobga olib, turmush o‘rtog‘idan shubhalanib, ushbu masalani hal etib berish va nikohni bekor qilish to‘g‘risida sudga murojaat qildi. Ushbu muammoli vaziyatda siz sudyaning o‘rnida bo‘lganinggizda oilani saqlab qolish va to‘g‘ri xulosa chiqarish uchun qanday yo‘l tutgan bo‘lardingiz? Shundan so‘ng o‘qituvchi guruhlarga yodga soluvchi, ma’lumot beruvchi va yo‘naltiruvchi savollar berish orqali ushbu muammoli vaziyatning yechimini topishlariga yo‘llaydi. Guruhlar yuqoridagi muammolar yechimini topishida 8-sinfda Odam va uning salomatligi fanidan hamda 9-sinfda Biologiya fanining genetika asoslari bo‘limida olgan bilimlar, shuningdek, o‘qituvchini muammo yechimini topishga yo‘llagan savollariga tayangan holda ko‘zlangan natijaga erishadilar. Natijalar quyidagicha bo‘lishi kutiladi: Bizga ma’lumki, 1901-yili avstriyalik olim K. Landshteyner, 1907-yili chex olimi Ya.Yanskiy turli odamlar qoni kimyoviy-bioligik xossalariga ko‘ra bir-biridan farq qilishini aniqlaganlar. Ularning xulosasiga ko‘ra, barcha odamlar qoni to‘rt guruhga bo‘linadi. Download 0.76 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling