Niyozov Qahramon Adashaliyevich


Download 0.76 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/64
Sana25.10.2023
Hajmi0.76 Mb.
#1722260
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   64
Bog'liq
Biologiya-fanini-o‘qitishda-pedagogik-texnologiyalar

modul darajasi - birlamchi modullarning oʻz tarkibida aslida qancha modullarga ega 
ekanligiga qarab quyidagi darajalarga boʻlinadi: 

bir oʻquv mashg’ulotini oʻtkazishga moʻljallangan modullar; 

oʻquv fanining bir mavzusini, bir boʻlimini, bir qismini yoki hamma tarkibiy 

boʻlaklarini oʻqitish texnologiyasini tashkil etuvchi modullar.Ularni bloklar deb 
ham nomlanadi;

bir nechta turdosh oʻquv fanlarini yoki ayrim fanlarni oʻqitish texnologiyasini 
tashkil qiluvchi modullari;

DTSning tarkibiy boʻlaklarini va ularni bajarish texnologiyasini tashkil qiluvchi 
modullar;


35 

oʻquv reja va dasturlarning tarkibiy boʻlaklarini va ularni bajarish 
texnologiyasini tashkil qiluvchi modullar; 

ta’lim vositalarini tashkil qiluvchi modullar;

pedagogik texnologiya jarayonida qoʻllaniladigan usullarni tashkil qiluvchi 
modullar. 
Algoritm - pedagogik texnologiya boʻlaklari (modullar)ning oʻzaro joylashuvini
hamda pedagogik texnologiya jarayonlarini amalga oshirish ketma - ketligining avvaldan 
belgilangan tartibi, ya’ni qoidasidir. 
Algoritmlash esa pedagogik texnologiya tarkibiy boʻlaklarini amalga oshirish 
jarayonining ketma-ketligini belgilash boʻlib, koʻzlangan maqsadga erishish kafolatini 
amalga oshiradi. Odatda, pedagogik texnologiyani loyihalashda oldin uning algoritmi 
ishlab chiqiladii. Shu algoritmga muvofiq holda modullarning oʻzaro joylashuvi tartibi 
aniqlanadi. 
Pedagogik texnologiyada algoritmlar alohida mashg’ulot yoki uning biror boʻlagi 
algoritmi, oʻquv fanini oʻqitishning umumdidaktik izchilligi algoritmi, oʻquvchi 
faoliyatini, oʻqituvchi faoliyati, oʻzlashtirishni nazorat qilish jarayoni, maktabni 
boshqarish jarayoni algoritmi kabi turlarga boʻlinadi. 
Pedagogik faoliyatning eng kichik boʻlaklari oʻzaro joylashuvini va shu faoliyatni 
amalga oshirish ketma-ketligini belgilash algoritmlashning birlamchi darajasi boʻlib, 
ularni birlamchi algoritmlar deyiladi. 
Algoritmlash orqali pedagogik texnologiyani tegishlicha tayyorgarlikka ega boʻlgan 
mutaxassislar tomonidan oldindan belgilangan maqsadlarning toʻliq amalga oshirilishini 
kafolatlagan holda amalga oshirish imkoniyati yaratiladi. 
Modullashtirish va algoritmlash madaniyati ta’lim-tarbiya jarayonida odat tusiga 
kirgan holdagina turli darajalardagi pedagogik texnologiyalarni yaratish va amalda 
qoʻllash faoliyati yanada keng rivojlana boradi. 

Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling