Niyozov Qahramon Adashaliyevich


Download 0.76 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/64
Sana25.10.2023
Hajmi0.76 Mb.
#1722260
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   64
Bog'liq
Biologiya-fanini-o‘qitishda-pedagogik-texnologiyalar

Burxoniddin az-Zarnujiy «Ta’lim oluvchiga ta’lim berish va ta’lim 
berish yoʻllari» risolasida ilm va kasb-hunar oʻrganishning asosiy 
shartlari sifatida oʻquvchida jiddiy istak, kayfiyat va non boʻlishi 
lozimligini, shundan keyin yaxshi muallim hamda yetarlicha vaqt 
zarurligini yozgan. 
Buyuk mutafakkir Muso al-Xorazmiy matematika 
fani sohasida yangilik yaratgan nazariyotchi va 
pedagog uslubiyotchi olim sifatida matematika fanida abstrakttsiya 
tushunchasini kengaytirdi. Indukttsiya yoʻli bilan umumiy yechish 
usullarini hal etdi, dedukttsiya yoʻli bilan umumiy usullar yordamida 
turli xususiy masalalarni yechdi. U ta’lim texnologiyasida bilimlarni 
egallashda koʻrgazmali vositalardan foydalanish, ta’limda mantiqiy 
tafakkurga, shaxsiy kuzatish va tajribalarga tayanish, savol-javob, bahs 
munozara kabi ta’lim usullaridan keng foydalangan holda oʻquvchilarda mantiqiy fikrlash 
qobiliyatini rivojlantirish, ularda olgan bilimlarini amaliyotga tadbiq eta olish, malaka va 
koʻnikmalarni tarkib toptirish toʻg’risida ishlar olib borgan.
Amaliy bilimlar sohasida Abu Nasr Mansur ibn Ali ibn Iroq arifmetika, geometriya 
astronomiya fanlari va ta’lim texnologiyasi taraqqiyotiga katta hissa qoʻshdi va ularni 
oʻqitish usullariga ham alohida ahamiyat berdi. Ibn Iroqning fikricha, arifmetikani 
oʻqitishdan asosiy maqsad oʻquvchining aql idroki va tafakkurini shakllantirishdan iborat.
Sharqda oʻz bilimi, fikr doirasining kengligi bilan “Sharq Arastusi” yoki “Ikkinchi 
muallim” nomlariga sazovor boʻlgan Abu Nasr Farobiyning fikriga koʻra 
ta’lim texnologiyasining bosh g’oyasi ta’lim-tarbiyaning maqsadi hamda 
oʻqitishning vosita va usullariga borib taqaladi. Uning fikricha: Ta’lim 
degan soʻz xalqlar va shaharliklar oʻrtasida nazariy fazilatni 
birlashtirish, tarbiya esa shu xalqlar oʻrtasida tug’ma fazilat va amaliy 

Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling