7
Pedagogik texnologiyalarning tasnifi
1)
Umumpedagogik (umumdidaktik) daraja : umumpedagogik (umumdidaktik,
umumtarbiyaviy) texnologiya ma’lum
mintaqada , oʻquv yurtida , ma’lum oʻqitish
bosqichida yaxlit ta’lim jarayonini tavsiflaydi.
2)
Xususiy metodik ( predmetli ) daraja: xusuiy predmetli
pedagogik texnologiya
“xususiy metodika” ma’nosida qoʻllaniladi, ya’ni ta’lim va tarbiyaning aniq mazmunini
joriy etish metodlari va vositalari yig’indisi sifatida bir predmet. sinf, oʻqituvchi doirasida
qoʻllaniladi ( fanlarni oʻqitish metodikasi , oʻqituvchi, tarbiyachining ishlash metodikasi).
3)
Lokal ( modulli) daraja : lokal texnologiya oʻzida oʻquv
- tarbiyaviy
jarayonning ayrim qismlarini, xususiy didaktik va tarbiyaviy masalalar yenchimini oʻzida
mujassamlashtiradi (alohida faoliyat turlari texnologiyasi,
tushunchalarni shakllantirish,
alohida shaxs sifatlarini tarbiyalash ,
dars texnologiyasi, yangi bilimlarni egallash,
mustaqil ishlash texnologiyasi va boshqa).
Akademik V.P. Bespalko oʻzining
yirik asarida “Pedagogik texnologiya - bu oʻqituvchi
mahoratiga bog’liq boʻlmagan holda pedagogik muvaffaqiyatni kafolatlay oladigan
oʻquvchi shaxsini shakllantirish jarayonining loyihasidir“ deb ta’rifladi.
Bu ta’rif mazmunidan muhim ilmiy printsiplarni alohida ajratib koʻrsatish mumkin:
pedagogik texnologiya oʻquvchi(talaba)larda ma’lum ijtimoiy
tajriba elementlarini
shakllantirish uchun loyihalanadi;
loyihalangan tayyor texnologiyani amalga oshirish fan oʻqituvchisidan katta mahorat
talab etmaydi;
yakuniy natija, albatta , kafolatlanadi.
Pedagogik texnologiya tushunchasini oydinlashtirishga maratilgan ta’riflarning
xilma-xilligi, bir tomondan, rivojlangan mamlakatlarda bu mavzuning
u yoki bu darajada
yechilganligini koʻrsatsa, ikkinchi tomondan, pedagogik texnologiyani
amaliyotga joriy
etishga boʻlgan urinishlar natijasini ifodalaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: