Niyozov Qahramon Adashaliyevich
vositalar bilan ta’minlash davr taqozosidir
Download 0.76 Mb. Pdf ko'rish
|
Biologiya-fanini-o‘qitishda-pedagogik-texnologiyalar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Noan’anaviy ta’lim texnologiyasi
vositalar bilan ta’minlash davr taqozosidir.
Oʻ.Q. Tolipov interfaol usullar va ularning tavsifiga quyidagi ta’rif bergan:“Zamonaviy talimni tashkil etishga qoʻyiladigan muhim talablardan biri ortiqcha ruhiy va jismoniy kuoʻ sarf etmay, qisqa vaqt ichida yuksak natijalarga erishishdir. Qisqa vaqt orasida muayyan nazariy bilimlarni oʻquvchilarga yetkazib berish, ularda ma’lum faoliyat yuzasidan koʻnikma va malakalarni hosil qilish, shuningdek, oʻquvchilar faoliyatini nazorat qilish, ular tomonidan egallagan bilim, koʻnikma hamda malakalar darajasini baholash oʻqituvchidan yuksak pedagogik mahorat hamda ta’lim jarayoniga nisbatan yangicha yondashuvni talab etadi”. Bugungi kunda zamonaviy ta’lim yondashuvlarining maqsadi – ta’lim jarayonining zaruriy samaradorligini ta’minlash va oʻquvchilar tomonidan oʻqishning koʻzlangan natijalariga erishishni kafolatlash. Zamonaviy ta’lim yondashuvlarining bosh vazifasi pedagogga oʻqitishning yetarli samarasiga erishishni ta’minlovchi, oʻquv jarayonini yaratish hisoblanadi. Zamonaviy ta’limning- predmeti – oʻquv jarayoni, ob’ekti - oʻquv mashg’ulotlari. 5 Zamonaviy ta’lim bu - darslarni noan’anaviy tarzda tashkil etish boʻlib, uning muhim belgisi aniq, natijali maqsadga erishishdir. Noan’anaviy ta’lim texnologiyasi an’anaviy ta’lim texnologiyasidan farq qilib, oʻquvchilarning bilish imkoniyatlarini rivojlanishiga sharoit yaratadi, mustaqil ishlashlariga alohida e’tibor beriladi, bilish faoliyatlari izlanuvchan va ijodiy harakterga ega boʻladi. Hozirgi ta’lim tizimida bilimlarni egallashning yangi kontsepedagogik texnologiyasiyasi - noan’anaviy ta’lim texnologiyalarining uslublarini qoʻllashni taqazo etmoqda. Noan’anaviy ta’lim texnologiyasi: Hamkorlikda oʻrganish, modellashtirish, tadqiqot(loyiha) texnologiyalariga boʻlinadi va u yaxlit uzviy tizim asosida olib boriladi. Pedagogik texnologiyaning asosiy tushunchasi, soʻzsiz, oʻquv jarayoniga tizim sifatida yondashishdir. Noan’anaviy ta’lim berish usuli ta’limiy maqsadni amalga oshirish boʻyicha ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchi bilan hamkorlik faoliyatining asosi hisoblanadi. Usullar: ta’lim oluvchi bilishi, udallashi va qadrlashi lozim boʻlgan koʻzlanayotgan natijalarga erishishni ta’minlaydi. Bunda ta’lim-tarbiyada ishtirok etuvchi barcha narsa va hodisalar oʻzaro funksional bog’liqda boʻlib, bir butunlikni, ya’ni pedagogik jarayon majmuini tashkil qiladi. Download 0.76 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling