Niyozov Qahramon Adashaliyevich


Zamonaviy ta’lim yondashuvlari, ularning maqsad va vazifalari


Download 0.76 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/64
Sana25.10.2023
Hajmi0.76 Mb.
#1722260
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   64
Bog'liq
Biologiya-fanini-o‘qitishda-pedagogik-texnologiyalar

Zamonaviy ta’lim yondashuvlari, ularning maqsad va vazifalari.
Oʻquv jarayonini zamonaviy yondashuvlar asosida tashkil etish usullari
 
Reja:
1. Ta’limni rivojlantirishda zamonaviy ta’lim yondashuvlarining oʻrni, maqsadi va
vazifasi. 
2. Pedagogik texnologiyalarning tasnifi. 
3. Mutafakkir allomalarning pedagogik texnologiya haqidagi qarashlari
Ta’limni rivojlantirishda zamonaviy ta’lim yondashuvlarining oʻrni, maqsadi va 
vazifasi 
Oʻzbekistonda ta’lim-tarbiya sohasini isloh qilishning asosiy omillaridan biri 
“shaxs manfaati va ta’lim ustuvorligi” dir. Bu omil davlatimizning ijtimoiy siyosatini 
belgilab berganligi tufayli ta’limning yangi modeli yaratildi. Prezidentimiz Islom Karimov 
tomonidan bu modelni amalga oshirish bilan hayotimiz jabhalarida roʻy beradigan 
“portlash effekti“ natijalari roʻy-rost koʻrsatib berildi, ya’ni:
– ijtimoiy-siyosiy iqlimga ijobiy ta’sir qiladi va natijada mamlakatimizdagi mavjud 
muhit butunlay oʻzgaradi; 
– insonning hayotidan oʻz oʻrnini topish jarayoni tezlashadi; 
– jamiyatda mustaqil fikrlovchi erkin shaxsning shakllanishiga olib keladi; 
– jamiyatimizning potentsial kuoʻlarini roʻyobga chiqarishda juda katta ahamiyat kasb 
etadi; 
– fuqarolik jamiyati qurishni ta’minlaydi, model vositasida dunyodan munosib oʻrin 
olishga, oʻzbek nomini yanada keng yoyib tarannum etishga erishiladi.
“Portlash effekti“ sari shijoat bilan qadam tashlash, yoʻllarda uchraydigan
qiyinchiliklarni bosqichma-bosqich va izchil hal etish masalalari nafaqat pedagog 
nazariyachi va amaliyotchilarni junbushga keltiradi, balki jamiyatimizni toʻliq 
pedagoglashtirish muammosini ijtimoiy buyurtma sifatida keltirib chiqaradi. Demak, 
jamiyatimizning har bir fuqarosini tarbiyashunoslik asoslari bilan tanishtirish, yosh 
avlodni barkamol inson qilib voyaga yetkazish jarayonini yangi pedagogik “qurol“ va 

Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling