Niyozov Qahramon Adashaliyevich
“texnos“ (techne) - san’at, mahorat, hunar va “logos“ (logos)
Download 0.76 Mb. Pdf ko'rish
|
Biologiya-fanini-o‘qitishda-pedagogik-texnologiyalar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Pedagogik texnologiya
“texnos“ (techne) - san’at, mahorat, hunar va “logos“ (logos) - fan soʻzlaridan tashkil
topib “hunar fani“ ma’nosini anglatadi. Biroq bu ifoda zamonaviy texnologik jarayonni toʻliq tavsiflab berolmaydi. Texnologik jarayon har doim zaruriy vositalar va sharoitlardan foydalangan holda amallarni (operatsiyalarni) muayyan ketma-ketlikda bajarishni koʻzda tutadi. Pedagogik texnologiya - termini birinchi bor pedagogika boʻyicha ishlarda XX asrning 20-yillarida tilga olingan Ta’lim jarayonini “Texnologiyalash”- oʻqituvchining shaxsiy mahoratiga bog’liq boʻlmagan holda universal tarzda loyihalanganligini bildiradi. Pedagogik texnologiya –ta’lim texnologiyasi Pedogogik texnologiyaning asosiy maqsadi- oʻquv jarayonini takomillasht rish yoki oʻquvchilarning bilish faoliyatini rivojlantirish Pedagogik texnologiyaning vazifasi-oʻquv jarayonini mazmunli rivojlantirish va vaqt doirasida olib borish Pedagogik texnologiya - bu oʻqituvchi (tarbiyachi)ning oʻqitish (tarbiya) vositalari yordamida oʻquvchi(talaba)larga muayyan sharoitda ta’sir koʻrsatishi va bu faoliyat mahsuli sifatida ularda oldindan belgilangan shaxs sifatlarni intensiv shakllantirish jarayonidir. Yuqorida keltirilgan ta’rifdan koʻrinib turibdiki, pedagogik texnologiya tushunchasini izohlashda texnologiya jarayonni asos qilib olindi. Aslini olganda ham bu tushunchaga berilgan ta’riflar soni pedagogik adabiyotlarda nihoyatda koʻpdir. Pedagogik texnologiya oʻqitish jarayoning oʻzaro bog’liq qisimlarini tashkiliy jihatdan tartibga keltirish, bosqichlarini qurish, ularni joriy etish shartlarini aniqlash, mavjud imkoniyatlarini hisobga olgan holda belgilangan maqsadga erishishni ta’minlaydi. Yoxud pedagogik texnologiya oʻqituvchining kasbiy faoliyatini yangilovchi va ta’limda yakuniy natijani kafolatlaydigan muolajalar yig’indisidir. Shu bilan birgalikda ma’lum vaqt davomida pedagogik texnologiya oʻquv jarayonini texnik vositalar yordamida amalga oshirish, deb qamrab kelindi. (40-50 yillarda) 70 - yillardan boshlab pedagogik adabiyotlarda bu tushunchaning mohiyati yangicha talqin etila boshlandi. Yapon olimi T. Sakamoto tomonidan “oʻqitish texnologiyasi - bu oʻqitishning maqbulligini ta’minlovchi yoʻl-yoʻriqlar tizimi bilan bog’liq bilimlar sohasi” ekanligi e’tirof etiladi. Rus olimasi N.F.Talizina texnologiyani “belgilangan oʻquv maqsadiga erishishning oqilona usullarini aniqlashdan iborat“ deb tushuntiradi pedagogik texnologiyani fan sifatida e’tirof etish K.K Selevko tomonidan ham ma’qullandi: “Pedagogik texnologiya oʻqitishning birmuncha oqilona yoʻllarini taqdim qiluvchi fan sifatida ham ta’limda qoʻllaniladigan usullar, printsiplar va regulyativlar sifatida ham, real oʻqitish jarayoni sifatida ham mavjuddir”. Olimning ta’kidlashicha “pedagogik texnologiya” tushunchasi ta’lim amaliyotida ierarxik darajada ishlatiladi: Download 0.76 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling