Niyozov Qahramon Adashaliyevich


“texnos“ (techne) - san’at, mahorat, hunar va “logos“ (logos)


Download 0.76 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/64
Sana25.10.2023
Hajmi0.76 Mb.
#1722260
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   64
Bog'liq
Biologiya-fanini-o‘qitishda-pedagogik-texnologiyalar

“texnos“ (techne) - san’at, mahorat, hunar va “logos“ (logos) - fan soʻzlaridan tashkil 
topib “hunar fani“ ma’nosini anglatadi. Biroq bu ifoda zamonaviy texnologik jarayonni 
toʻliq tavsiflab berolmaydi. Texnologik jarayon har doim zaruriy vositalar va sharoitlardan 
foydalangan holda amallarni (operatsiyalarni) muayyan ketma-ketlikda bajarishni koʻzda 
tutadi. 
Pedagogik texnologiya - termini birinchi bor pedagogika boʻyicha ishlarda XX 
asrning 20-yillarida tilga olingan 
Ta’lim jarayonini “Texnologiyalash”- oʻqituvchining shaxsiy mahoratiga bog’liq 
boʻlmagan holda universal tarzda loyihalanganligini bildiradi.
Pedagogik texnologiya –ta’lim texnologiyasi 
Pedogogik texnologiyaning asosiy maqsadi- oʻquv jarayonini takomillasht rish yoki 
oʻquvchilarning bilish faoliyatini rivojlantirish
Pedagogik texnologiyaning vazifasi-oʻquv jarayonini mazmunli rivojlantirish va vaqt 
doirasida olib borish
Pedagogik texnologiya - bu oʻqituvchi (tarbiyachi)ning oʻqitish (tarbiya) vositalari 
yordamida oʻquvchi(talaba)larga muayyan sharoitda ta’sir koʻrsatishi va bu faoliyat 
mahsuli sifatida ularda oldindan belgilangan shaxs sifatlarni intensiv shakllantirish 
jarayonidir. 
Yuqorida 
keltirilgan 
ta’rifdan 
koʻrinib 
turibdiki, 
pedagogik 
texnologiya 
tushunchasini izohlashda texnologiya jarayonni asos qilib olindi. Aslini olganda ham bu 
tushunchaga berilgan ta’riflar soni pedagogik adabiyotlarda nihoyatda koʻpdir.
Pedagogik texnologiya oʻqitish jarayoning oʻzaro bog’liq qisimlarini tashkiliy 
jihatdan tartibga keltirish, bosqichlarini qurish, ularni joriy etish shartlarini aniqlash
mavjud imkoniyatlarini hisobga olgan holda belgilangan maqsadga erishishni ta’minlaydi. 
Yoxud pedagogik texnologiya oʻqituvchining kasbiy faoliyatini yangilovchi va ta’limda 
yakuniy natijani kafolatlaydigan muolajalar yig’indisidir. 
Shu bilan birgalikda ma’lum vaqt davomida pedagogik texnologiya oʻquv 
jarayonini texnik vositalar yordamida amalga oshirish, deb qamrab kelindi. (40-50 
yillarda) 70 - yillardan boshlab pedagogik adabiyotlarda bu tushunchaning mohiyati 
yangicha talqin etila boshlandi.
Yapon olimi T. Sakamoto tomonidan “oʻqitish texnologiyasi - bu oʻqitishning 
maqbulligini ta’minlovchi yoʻl-yoʻriqlar tizimi bilan bog’liq bilimlar sohasi” ekanligi 
e’tirof etiladi. 
Rus olimasi N.F.Talizina texnologiyani “belgilangan oʻquv maqsadiga 
erishishning oqilona usullarini aniqlashdan iborat“ deb tushuntiradi pedagogik 
texnologiyani fan sifatida e’tirof etish K.K Selevko tomonidan ham ma’qullandi: 
“Pedagogik texnologiya oʻqitishning birmuncha oqilona yoʻllarini taqdim qiluvchi fan 
sifatida ham ta’limda qoʻllaniladigan usullar, printsiplar va regulyativlar sifatida ham, real 
oʻqitish jarayoni sifatida ham mavjuddir”. Olimning ta’kidlashicha “pedagogik 
texnologiya” tushunchasi ta’lim amaliyotida ierarxik darajada ishlatiladi: 

Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling