Burxoniddin az-Zarnujiy «Ta’lim oluvchiga ta’lim berish va ta’lim
berish yoʻllari» risolasida ilm va kasb-hunar oʻrganishning asosiy
shartlari sifatida oʻquvchida jiddiy istak, kayfiyat va non boʻlishi
lozimligini, shundan keyin yaxshi muallim hamda yetarlicha vaqt
zarurligini yozgan.
Buyuk mutafakkir Muso al-Xorazmiy matematika
fani sohasida yangilik yaratgan nazariyotchi va
pedagog uslubiyotchi olim sifatida matematika fanida abstrakttsiya
tushunchasini kengaytirdi. Indukttsiya yoʻli bilan umumiy yechish
usullarini hal etdi, dedukttsiya yoʻli bilan umumiy usullar yordamida
turli xususiy masalalarni yechdi. U ta’lim texnologiyasida bilimlarni
egallashda koʻrgazmali vositalardan foydalanish, ta’limda mantiqiy
tafakkurga, shaxsiy kuzatish va tajribalarga tayanish, savol-javob, bahs
munozara kabi ta’lim usullaridan keng foydalangan holda oʻquvchilarda mantiqiy fikrlash
qobiliyatini rivojlantirish, ularda olgan bilimlarini amaliyotga tadbiq eta olish, malaka va
koʻnikmalarni tarkib toptirish toʻg’risida ishlar olib borgan.
Amaliy bilimlar sohasida Abu Nasr Mansur ibn Ali ibn Iroq arifmetika, geometriya
astronomiya fanlari va ta’lim texnologiyasi taraqqiyotiga katta hissa qoʻshdi va ularni
oʻqitish usullariga ham alohida ahamiyat berdi. Ibn Iroqning fikricha, arifmetikani
oʻqitishdan asosiy maqsad oʻquvchining aql idroki va tafakkurini shakllantirishdan iborat.
Sharqda oʻz bilimi, fikr doirasining kengligi bilan “Sharq Arastusi” yoki “Ikkinchi
muallim” nomlariga sazovor boʻlgan Abu Nasr Farobiyning fikriga koʻra
ta’lim texnologiyasining bosh g’oyasi ta’lim-tarbiyaning maqsadi hamda
oʻqitishning vosita va usullariga borib taqaladi. Uning fikricha: “Ta’lim
degan soʻz xalqlar va shaharliklar oʻrtasida nazariy fazilatni
birlashtirish, tarbiya esa shu xalqlar oʻrtasida tug’ma fazilat va amaliy
Do'stlaringiz bilan baham: |