Niyozov Qahramon Adashaliyevich


  Pedagogik texnologiyalarning tasnifi


Download 0.76 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/64
Sana25.10.2023
Hajmi0.76 Mb.
#1722260
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   64
Bog'liq
Biologiya-fanini-o‘qitishda-pedagogik-texnologiyalar

 



Pedagogik texnologiyalarning tasnifi 
1) 
Umumpedagogik (umumdidaktik) daraja : umumpedagogik (umumdidaktik, 
umumtarbiyaviy) texnologiya ma’lum mintaqada , oʻquv yurtida , ma’lum oʻqitish 
bosqichida yaxlit ta’lim jarayonini tavsiflaydi. 
2) 
Xususiy metodik ( predmetli ) daraja: xusuiy predmetli pedagogik texnologiya 
“xususiy metodika” ma’nosida qoʻllaniladi, ya’ni ta’lim va tarbiyaning aniq mazmunini 
joriy etish metodlari va vositalari yig’indisi sifatida bir predmet. sinf, oʻqituvchi doirasida 
qoʻllaniladi ( fanlarni oʻqitish metodikasi , oʻqituvchi, tarbiyachining ishlash metodikasi). 
3) 
Lokal ( modulli) daraja : lokal texnologiya oʻzida oʻquv - tarbiyaviy 
jarayonning ayrim qismlarini, xususiy didaktik va tarbiyaviy masalalar yenchimini oʻzida 
mujassamlashtiradi (alohida faoliyat turlari texnologiyasi, tushunchalarni shakllantirish
alohida shaxs sifatlarini tarbiyalash , dars texnologiyasi, yangi bilimlarni egallash, 
mustaqil ishlash texnologiyasi va boshqa). 
Akademik V.P. Bespalko oʻzining yirik asarida “Pedagogik texnologiya - bu oʻqituvchi 
mahoratiga bog’liq boʻlmagan holda pedagogik muvaffaqiyatni kafolatlay oladigan 
oʻquvchi shaxsini shakllantirish jarayonining loyihasidir“ deb ta’rifladi. 
Bu ta’rif mazmunidan muhim ilmiy printsiplarni alohida ajratib koʻrsatish mumkin: 
­ pedagogik texnologiya oʻquvchi(talaba)larda ma’lum ijtimoiy tajriba elementlarini 
shakllantirish uchun loyihalanadi; 
­ loyihalangan tayyor texnologiyani amalga oshirish fan oʻqituvchisidan katta mahorat 
talab etmaydi; 
­ yakuniy natija, albatta , kafolatlanadi. 
Pedagogik texnologiya tushunchasini oydinlashtirishga maratilgan ta’riflarning 
xilma-xilligi, bir tomondan, rivojlangan mamlakatlarda bu mavzuning u yoki bu darajada 
yechilganligini koʻrsatsa, ikkinchi tomondan, pedagogik texnologiyani amaliyotga joriy 
etishga boʻlgan urinishlar natijasini ifodalaydi.

Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling