Niyozov Qahramon Adashaliyevich


vositalar bilan ta’minlash davr taqozosidir


Download 0.76 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/64
Sana25.10.2023
Hajmi0.76 Mb.
#1722260
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   64
Bog'liq
Biologiya-fanini-o‘qitishda-pedagogik-texnologiyalar

vositalar bilan ta’minlash davr taqozosidir. 
Oʻ.Q. Tolipov interfaol usullar va ularning tavsifiga quyidagi ta’rif 
bergan:“Zamonaviy talimni tashkil etishga qoʻyiladigan muhim talablardan biri ortiqcha 
ruhiy va jismoniy kuoʻ sarf etmay, qisqa vaqt ichida yuksak natijalarga erishishdir. Qisqa 
vaqt orasida muayyan nazariy bilimlarni oʻquvchilarga yetkazib berish, ularda ma’lum 
faoliyat yuzasidan koʻnikma va malakalarni hosil qilish, shuningdek, oʻquvchilar 
faoliyatini nazorat qilish, ular tomonidan egallagan bilim, koʻnikma hamda malakalar 
darajasini baholash oʻqituvchidan yuksak pedagogik mahorat hamda ta’lim jarayoniga 
nisbatan yangicha yondashuvni talab etadi”.
Bugungi kunda zamonaviy ta’lim yondashuvlarining maqsadi – ta’lim jarayonining 
zaruriy samaradorligini ta’minlash va oʻquvchilar tomonidan oʻqishning koʻzlangan 
natijalariga erishishni kafolatlash.
Zamonaviy ta’lim yondashuvlarining bosh vazifasi pedagogga oʻqitishning yetarli 
samarasiga erishishni ta’minlovchi, oʻquv jarayonini yaratish hisoblanadi. Zamonaviy 
ta’limning- predmeti – oʻquv jarayoni, ob’ekti - oʻquv mashg’ulotlari 



Zamonaviy ta’lim bu - darslarni noan’anaviy tarzda tashkil etish boʻlib, uning muhim
belgisi aniq, natijali maqsadga erishishdir. Noan’anaviy ta’lim texnologiyasi an’anaviy 
ta’lim texnologiyasidan farq qilib, oʻquvchilarning bilish imkoniyatlarini rivojlanishiga 
sharoit yaratadi, mustaqil ishlashlariga alohida e’tibor beriladi, bilish faoliyatlari 
izlanuvchan va ijodiy harakterga ega boʻladi.
Hozirgi 
ta’lim 
tizimida 
bilimlarni 
egallashning 
yangi 
kontsepedagogik 
texnologiyasiyasi - noan’anaviy ta’lim texnologiyalarining uslublarini qoʻllashni taqazo 
etmoqda. Noan’anaviy ta’lim texnologiyasi: Hamkorlikda oʻrganish, modellashtirish
tadqiqot(loyiha) texnologiyalariga boʻlinadi va u yaxlit uzviy tizim asosida olib boriladi. 
Pedagogik texnologiyaning asosiy tushunchasi, soʻzsiz, oʻquv jarayoniga tizim sifatida 
yondashishdir.
Noan’anaviy ta’lim berish usuli ta’limiy maqsadni amalga oshirish boʻyicha ta’lim 
beruvchi va ta’lim oluvchi bilan hamkorlik faoliyatining asosi hisoblanadi. Usullar:
ta’lim oluvchi bilishi, udallashi va qadrlashi lozim boʻlgan koʻzlanayotgan natijalarga 
erishishni ta’minlaydi. 
Bunda ta’lim-tarbiyada ishtirok etuvchi barcha narsa va hodisalar oʻzaro funksional 
bog’liqda boʻlib, bir butunlikni, ya’ni pedagogik jarayon majmuini tashkil qiladi.

Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling