Niyozov Qahramon Adashaliyevich
Download 0.76 Mb. Pdf ko'rish
|
Biologiya-fanini-o‘qitishda-pedagogik-texnologiyalar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ta’lim texnologiyasi
- “texnologiya“
Pedagogik texnologiya – oʻquv jarayonini texnologiyalashtirishni butunligicha
aniqlovchi tizimli kategoriya. Texnologiyalarning barcha tushunchalarini belgilash uchun, sinonim sifatida ta’lim texnologiyasi, oʻqitish texnologiyasi kabilarni ishlatish mumkin. Oʻqitish texnologiyasi – birinchidan, pedagogik texnologiyani jarayonli harakat aspektini anglatadi. Bu ta’lim jarayonini oʻzgaruvchan sharoitlarda, ajratilgan vaqt davomida istiqbollashtirilgan natijalariga kafolatli erishishga va konkret ta’lim-tarbiya jarayonlarini amalga oshirishni instrumental ta’minlovchi usul va vositalar (texnologik operatsiyalar)ning tartibli birligini oʻzida mujassamlashtirgan ta’lim modulini ishlab chiqish va amalga oshirishning texnologik jarayoni; ikkinchidan, pedagogik texnologiyaning jarayonli – bayonli aspektini ifodalaydi. Bu maqsadni amalga oshirish va istiqbolda belgilangan natijalarga erishish boʻyicha pedagogik hamda oʻquv faoliyatini loyihasini bajarishning bayonidir (texnologik xarita). Ta’lim texnologiyasi – pedagogik texnologiyaning ilmiy aspektini belgilash uchun ishlatiladi. Bu (fan predmeti) «texnika va inson resurslarini hamda ularning oʻz oldiga ta’lim shakllarini opedagogik texnologiyaimallashtirish vazifasini qoʻyuvchi hamkorligini hisobga olgan holda dars berish va bilimlarni oʻzlashtirishning barcha jarayonlarini yaratish, qoʻllash va belgilashning tizimli usuli». Interfaol metod – ta’lim jarayonida oʻquvchilar hamda oʻqituvchi oʻrtasidagi faollikni oshirish orqali oʻquvchilarning bilimlarni oʻzlashtirishini faollashtirish, shaxsiy sifatlarini rivojlantirishga xizmat qiladi.“Interaktiv” (interfaol)-inglizcha soʻz boʻlib, “interact”- “inter” - bu oʻzaro, “act”-bu “harakat qilmoq” ma’nosini anglatadi. Yuqori ta’kidlanganidek, ta’lim texnologiyasi tushunchasi oʻqitish va oʻrganish jarayoniga tizim sifatida qarashni anglatar ekn, avvalo tizim tushunchasini tushunib olish zarur. Tizim soʻzi- tuzilma, qismlardan tuzilgan, birikkan yaxlit narsa yoki hodisa ma’nosini anglatadi. Zamonaviy ta’lim yondashuvlari bu oʻqituvchining pedagogik texnologiyalarni oʻrinli va maqsadli qoʻllagan holda noan’anaviy ta’lim va tarbiya berish usullaridir. Xoʻsh, texnologiya nima? Pedagogik texnologiya nima? 6 Dastlab “texnologiya“ tushunchasiga aniqlik kiritaylik. Bu soʻz texnikaviy taraqqiyot bilan bog’liq holda fanga 1872 yilda kirib keldi va yunoncha soʻzdan - Download 0.76 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling