Niyozov Qahramon Adashaliyevich
kasb-hunar fazilatlarini birlashtirish degan soʻzdir
Download 0.76 Mb. Pdf ko'rish
|
Biologiya-fanini-o‘qitishda-pedagogik-texnologiyalar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ta’lim-tarbiya maqsadi →
kasb-hunar fazilatlarini birlashtirish degan soʻzdir”.
Demak, Farobiyning ta’lim texnologiyasida barcha fanlarning nazariy asoslari oʻrganilsa, tarbiyada ma’naviy-ahloqiy qoidalar, odob me’yorlari oʻrganiladi, kasb- hunarga oid malakalar hosil qilinishi asoslab beriladi. Farobiy insonni dunyo taraqqiyotining eng mukammal va yetuk yakuni deb biladi. Shunga koʻra, u oʻz asarlarida insonga ta’lim-tarbiya berish zarurligini aytadi. Bunda ta’lim-tarbiya usullaridan kutilgan maqsad masalalari→(natija) asosiy oʻrin egallashini 9 qayd etadi. Uning koʻrsatmalari hozirgi ta’lim va tarbiya texnologiyasining tarkibiy tuzilmasiga juda yaqin: 1.Ta’lim-tarbiya maqsadi → ijtimoiy ehtiyoj 2.Ta’lim-tarbiya mazmuni → ta’lim jarayoni 3. Natija → ta’lim-tarbiya oluvchi va ta’lim-tarbiya beruvchidir. Abu Rayhon Beruniyning oʻqitishda oʻquvchini zeriktirmaslik va xotirasini toliqtirmaslik uchun oʻrganiladigan fanlarni tez-tez almashtirib turish zarurligi va oʻqitishda turli ta’lim uslublaridan foydalanish haqidagi ilgoʻr fikrlari hozirgi davr uchun ham dolzarbdir. Uning asarlarida ta’lim-tarbiyaning muhim metodologik asoslari quyidagicha qayd etilgan: darsda oʻquvchilarni zeriktirmaslik (motivattsion va shaxsni rivojlantirish vaziyatlarini ishlab chiqish, oʻquvchilarning oʻquv-bilish faoliyati tarkibiy tuzilmasini aniqlash); ta’limdagi uzviylik va izchillik (darsning ta’limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi vazifalarining birligi va uzviyligi); yangi mavzuni qiziqarli, asosan koʻrgazmali bayon etish (ta’lim metodlarini tanlash, ta’lim vositalaridan foydalanish uslubini aniqlash); olib borilayotgan mashqlarning bolalar yoshiga mos boʻlishi (oʻquvchilar -ning oʻzlashtirish darajasini ma’lum bosqichdan yuqoriroq bosqichga koʻtarish ketma- ketligini taominlash); har bir ta’lim jarayonini yengildan ogoirga qarab murakkablashtirib borish (ta’limning texnologik vositalar larini oʻquvchining yoshiga mos qilib tanlash bolaga bilim berishda majburan zoʻriqishga yoʻl qoʻymaslik (pedagogik texnologiyadan majburan foydalanmaslik) Mirzo Ulug’bek madrasalardagi oʻquv tizimini isloh qilib, falakiyot matematika, geografiya kabi aniq fanlarni oʻqitishni joriy etdi, oʻqitish uslubini yaxshilashga jiddiy e’tibor berdi. U madrasada berilgan nazariy bilimlarni amaliyotga tadbiq etish maqsadida rasadxonada amaliy mashgoulotlar oʻtkazishni talab etdi. mudarrislarning ma’suliyatini va pedagogik mahoratini oshirishga intildi; mudarrislarni oʻz ustida tinmay ishlashga, bilimlarini takomillashtirib borishga, bilim berishni yuqori saviyada boʻlishiga e’tibor berishiga da`vat etdi; ta’lim texnologiyasida madrasalarda oʻqitiladigan darsliklarning mazmuniga va oʻqitish uslubiga alohida e’tibor berdi. darsliklar qanchalik mazmunli va tushunarli boʻlmasin, ta’lim jarayonida oʻqituvchi asosiy oʻrinda turishi, oʻz pedagogik mahorati bilan namuna boʻlishi kerakligini ta’kidlaydi. Demak, Ulug’bek oʻz ilmiy-pedagogik faoliyatida olim-ustoz sifatida ilmiy farazlarni emas, balki bu bilimlarni takomillashtirib borish, ularni hayotga tadbiq etish yoʻllarini koʻrsatib berishdek bugungi zamonaviy ta’lim texnologiyalaridan farq etmaydigan mukammal amaliy ta’lim texnologiyasi shaklini yaratgan. Yuqoridagi aytilgan fikrlardan shunday xulosaga kelishimiz mumkinki, sharqning buyuk allomalari oʻz asarlari va pedagogik faoliyatlarida oʻquvchining aqliy faolligini 10 ta’minlaydigan, ta’lim-tarbiya jarayoni samaradorligini kafolatlaydigan dunyoviy bilimlarni oʻqitish uslublarining yangicha shakllarini yaratish va ta’lim-tarbiya amaliyotida qoʻllash g’oyasini ilgari surishgan. Shuningdek, mutafakkirlar tomonidan yaratilgan pedagogik asarlar va tuzilgan alifbolar, oʻqish kitoblari hamda darsliklarda maktab va madrasalarda foydalanib kelingan savol-javob usuli asosida oʻquvchilarda aqliy faollik, ziyraklik, hozirjavoblik sifatlari hamda goʻzal nutq tarkib topedagogik texnologiyairilgan. Bundan esa, sharqdan goarbga siljigan sharqona ta’lim texnologiyasi g’oyasi pedagogik texnologiya shaklida gʻarbdan sharqqa qaytib kelgan degan xulosa kelib chiqadi. Koʻp sonli tadqiqotlarga, tarihiy manbalarga asoslanib, shuni aytish mumkinki, ta’lim nazariyasining ta’lim-tarbiya mazmuni, shakli va uslublarining asosiy jihatlari sharqda ishlab chiqilib, Yevropa orqali oʻzgarib, rivojlanib Movaraunnahrga qaytib kelgan. Al-Xorazmiy, Abu Rayhon Beruniy, Al-Farobiy va boshqalarning g’oyalari dunyo ijtimoiy-pedagogik jarayoniga koʻp jihatdan ta’sir etib, ma’lum darajada Uyg’nish davrining asosiy shart-sharoitlarini yaratib bergan. Sharq mutafakkirlari xulosalarining oʻziga xosligi shundaki, ular ilgar surayotgan pedagogik g’oyalar bevosita oʻrganilayotgan pedagogik texnologiya fani mantiqidan ajratilmagan. Ta’lim-tarbiya maqsadi, printsiplari mazmuni va uslublariga xos g’oyalar alohida kitoblarda berilmay, balki bevosita amalda, biror bir fanda aniq bilim, iqtidor va koʻnikmalarni shakllantirish jarayonida yoritilgan. Qomusiy olimlar asarlari lotin tilida oʻrta asr Yevropa universitetlarida oʻquv qoʻllanmalari sifatida foydalanilgani aniq. Ya’ni bu asarlar tabiiy ijtimoiy ilmlar bilan bir qatorda umumpedagogik va xususiy- uslubiy ilmlarni rivojlantirish uchun asos boʻlgan. Soʻnggi yillarda an’anaviy, noan’anaviy, muammoli, faol va rivojlantiruvchi pedagogik texnologiyalar toʻg’risida koʻp mulohazalar yuritilmoqda. Download 0.76 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling