Nizo bu o‘zaro kelishmovchilik yoki qarama-qarshilik, dushmanlik, adovat orqasida tug‘ilgan holat, munosabat; ixtilof, nifoq


Download 21.27 Kb.
bet2/6
Sana06.12.2021
Hajmi21.27 Kb.
#178926
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
mavzu 5

2-Reja: Nizo turlari


Tadqiqotlar va kuzatishlar bunday vaziyatlar: ishchining o‘z ishidan qoniqmaganlik, o‘ziga va korxonaga ishonchsizlik, shuningdek, xodimda asab buzilishi holatlarining tez-tez sodir bo‘lib turishi natijasida vujudga kelishini ko‘rsatadi.

 Shaxslararo nizo hayotda eng tarqalgan nizolardir. Bunday nizolar, masalan:



* oilada:

·         er bilan xotin o‘rtasida;

·         ota bilan farzand o‘rtasida;

·         ona bilan farzand o‘rtasida;

·         farzand bilan farzand o‘rtasida va hokazo.

·        ishlab chiqarishda:

Shaxslar o‘rtasidagi nizo ko‘p hollarda ularning u yoki bu masalaga bo‘lgan nuqtai nazarlarining mos tushmasligi, rahbarlar o‘rtasida resurslarni taqsimlash, xodimlar bilan rahbar o‘rtasida esa ish sharoitini qoniqarsizligi kabilar yuzasidan vujudga kelishi mumkin. Bir lavozimga ikki nomzod qo‘yilganda ham shu turdagi nizolar kelib chiqish hollari bo‘ladi.

Shaxslar to‘qnashuvi ham shaxslararo nizo tufayli bo‘lishi mumkin. Zero, har xil toifa, fe’ldagi odamlar hamma vaqt ham bir-birlarini tushunavermaydilar. Garchi bir ko‘rinishda bizga shundoq tuyulsada, shaxslararo nizolarning 75—80 foizi moddiy manfaatdorlik zamirida sodir bo‘ladi.

Shaxs bilan guruh o‘rtasidagi nizolar, odatda ayrim shaxsning u yoki bu narsaga nisbatan bo‘lgan fikrining yoki manfaatining guruh fikriga yoki manfaatiga mos tushmaslik oqibatida vujudga keladi. Aytaylik, biror oliygoh dosenti o‘zining asosiy ish joyidan tashqari pul topish maqsadida boshqa 2—3 joyda, shu jumladan, firmada ishlayotgani umum kafedra manfaatiga zid keladi. Chunki kafedra jamoasi uning shuncha joyda ishlab asosiy ish joyidagi ishni qotira olmay, o‘lda-jo‘lda ishlashidan manfaatdor emas. Bunday qarama-qarshi holat ular o‘rtasida nizoning kelib chiqishiga sabab bo‘ladi.

Xuddi shunday holat rahbarning biror-bir bo‘lim xodimlariga nisbatan qo‘llagan noo‘rin jazosi rahbar bilan guruh o‘rtasidagi to‘qnashuvga olib kelishi mumkin. Aholida shaxsning guruh bilan to‘qnashuvi ham alohida shaxs va guruh o‘rtasidagi kelishmovchilik oqibatida bo‘ladi. Masalan, mahsulot ishlab chiqarishni ko‘paytirish yo‘llaridan biri uning narxini nisbatan pasaytirish yo‘lidir. Bu masalani korxona majlisida muhokama qilish jarayonida bir guruh xodimlar bunday yo‘l korxona zimmasiga yuklatilgan rejani bajarilishiga imkon berishini aytsa, boshqa bir xodim bunday yo‘l mahsulot sifatining pasayishiga, uning ustiga-ustak hozirgi ishlab chiqarayotgan mahsulotning sifati shundoq ham raqobatdosh korxonalarda ishlab chiqarilayotgan aynan shunday turdagi mahsulot sifatidan past ekanligiga shama qilib, bu yo‘lning noto‘g‘riligini isbotlamoqchi bo‘ladi.

Bu yerda bir guruh xodimlarning fikri alohida xodimning fikriga mos tushmayapti. Bunday holat ham nizo kelib chiqishi uchun sabab bo‘ladi.

Har bir ishlab chiqarish jamoasida xodimlarning o‘zaro munosabati ikki tarkibiy doirada:

·         formal (yoki rasmiy) va

·         noformal (yoki norasmiy) doirada amalga oshadi. Formal guruh xodimlarning ishlab chiqarish va ijtimoiy faoliyatidagi ma’muriy jihatdan mustahkamlangan rasmiy aloqalarini ko‘rsatib beradi. Formal guruh kishilarning lavozim burchlaridan kelib chiquvchi o‘zaro munosabatlariga ko‘ra belgilanadi.

Noformal guruh shaxsiy simpatiya va antipatiyalar asosidagi norasmiy munosabatlarni, manfaatlarning umumiyligIni, xarakterlarning o‘xshashligini, o‘zaro bir-birini tushunishni ifodalaydi.

Har ikkala guruh doimo bir-biriga ta’sir qilib turadi va shu jarayonda nizoli holatlar ham vujudga kelib turadi

Guruhlararo nizolarga:

·         bo‘limlar bilan bo‘limlar o‘rtasidagi;

·         ma’muriyat bilan kasaba uyushmasi o‘rtasidagi;

·         bo‘limlar bilan ma’muriyat o‘rtasidagi;

·         bo‘limlar bilan kasaba uyushmasi o‘rtasidagi nizolar misol bo‘la oladi.

Mavhumligiga qarab, nizolar ochiq yoki yopiq ko‘rinishlarda bo‘lishi mumkin.




Download 21.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling