Nizo bu o‘zaro kelishmovchilik yoki qarama-qarshilik, dushmanlik, adovat orqasida tug‘ilgan holat, munosabat; ixtilof, nifoq


Download 21.27 Kb.
bet6/6
Sana06.12.2021
Hajmi21.27 Kb.
#178926
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
mavzu 5

Gans Sels asabiylashishni odam yoki hayvon organizmining har qanday ta’sirga o‘ziga xos munosib javob deb baholaydi. U uch -bosqichga bo‘linadi:

1. Boshlang‘ich ta’sirchanlik (emosional) tuyg‘usi(g‘alayon); a’zoi badandagi kuchlarning safarbarlikka tortilishi.

2. Qarshilik ko‘rsatish bosqichi.

3. Toliqish -bosqichi.

Stress — bu oddiy va ko‘p uchrovchi holat. Qattiq bezovta bo‘lish, hayajon va uyqusizliqdan biz hammamiz uni sezamiz. Ozgina stresslarning ziyoni bo‘lmasligi mumkin. Shuning uchun har bir rahbar yoki xodim:

·         yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan va haddan tashqari asabiylashganlik darajasini bilmog‘i lozim. Nol holatdagi asabiylashish bo‘lishi mumkin emas. Ya’ni asabiylashmaydigan kishi mutlaqo yo‘q. Tanida joni bor har qanday kishi u yoki bu darajadagi asabiylik holatiga tushadi. Ammo:

Haddan tashqari yasabiylashishdan qochish kerak. Uning oqibati kutilmagan noxushlikka olib keladi.

Stressga duchor bo‘lmaslik uchun xayrli ishlarni, masalan, mahalla, qarindosh urug‘, ishda — ijodiy ishlarni ko‘proq qilish kerak. Sabrqanoatli bo‘lish, har qanday mushkul vaziyatga tayyor bo‘lish, o‘zini chalg‘itish lozim. Mashaqqatli mehnatni yaxshi dam bilan birga olib borish, hyech bo‘lmasa bir oz orom olish, tinchlanish kerak. Ishda xushfe’l, tavozelik bo‘lish, o‘zaro hurmat va xushmuomalali inson bo‘lish kerak.

 Stressning sodir bo‘lishiga asosan ikki yo‘nalishdagi omillar sabab bo‘ladi

Insonlar o‘zaro munosabatlarida qiyinchiliklar va konfliktlar bo‘lib turishi tabiiy holat. Ular hayotimizning bir qismi hisoblanadi. Konfliktlar yomon va xavfli hodisa ekani borasidagi fikrlar ommlashgani hech kimga sir emas. Shu tarzda ko‘pchilik insonlar konfliktlardan qochish, ularga aralashmaslik va ularni xohlamaslikka harakat qilishadi. Ammo buning iloji yo‘q. Shunchaki tashqi ko‘rinish bermagan konfliktlar insonning ichki olamida yashirin holatda hukmron bo‘ladi. Konfliktlar borligini ham tanqid qilish, qoralash va hayotni ularsiz ham yashab o‘tish mumkinligiga bo‘lgan sodda ishonish konflikt va uni hal etish yo‘llari o‘rtasidagi farq to‘g‘risida yetarlicha bilimning yo‘qligidandir. M.Veber, G. Zimmellarning asarlarida ular konfliktni sosial hayotning ajralmas va bartaraf qilib bo‘lmaydigan qismi ekanligini ta’kidlab o‘tishadi. Sotsiologlar jamiyatda mavjud bo‘lgan ko‘pgina egoistik guruhlar bir-birlaridan ajralgan emas, balki, bir-birlari bilan minglab ko‘zga tashlanmaydigan iplar bilan bog‘langan degan fikrga kelishadi. Aynan bu kabi guruhiy manfaatlar kelishuvi konfliktlarni yumshatadi va demokratik jamiyatlarning barqarorligi uchun asos bo‘ladi. Shunga qaramay konfliktlar to‘laligicha bartaraf etilmaydigan, ular ijtimoiy hayotning hokimiyat, bozor, ijtimoiy kelishuv singari barqaror va universal xususiyati hisoblanadi.“Hayot hayvonot holatidan ko‘tarilishi bilanoq unda ichki konflikt bo‘ladi, uni kuchayishi va hal qilinishi butun madaniyatni yangilashni yo‘lidir”.Zamonaviy davr ushbu hayotning umumiy xususiyatining eng keskin rivojlangan darajasi bilan xarakterlanadi. “Bu konflikt eng keskin xarakterga ega bo‘lgan barcha tarixiy davrlar orasidan hech biri bizning davrimizdagidek asosiy motiv ko‘rinishida namoyon bo‘lmagan”. Zimmelning ko‘plab izdoshlari sotsiologiyaning asosiy amaliy maqsadi –konfliktlarni hamkorlikka transformasiya qilishga yordam berish degan fikrga kelishdi. Zimmelning bu qarashlaridan keyin fanga “Konflikt sotsiologiyasi” degan ilmiy atama kirib keldi.

Demak, ijtimoiy konflikt munosabatlarining bugungi kundagi ahamiyati katta. Agar muammo muammoligicha qolaversa, ya’ni u qandaydir yo‘l bilan xoh u murosa, xoh konflikt natijasida yuzaga chiqmasa, u yig‘ilib, to‘planib yirik katta miqyosdagi muammoga olib kelishi mumkin. Shuning uchun konflikt bor bo‘lgani va u vaqtida yechimini topgani katta muammoning oldini olingani maqsadga muvofiqdir. «Yopiq» jamiyatlarda konfliktlar inqilobiy zo‘ravonlik, vayron qtiluvchi xususiyatga ega bo‘lsa, «Ochiq» jamiyatda garchand ko‘pgina konfliktlar paydo bo‘lsada, ular konstruktiv yo‘l bilan hal qilinadi. Bizning demokratik jamiyatimizda insonlarning haq-huquqlari kafolatlangan zaminimizda biz konfliktdan rasional yo‘l bilan foydalanishimiz darkor. Hozirda insonlar oldingi davrdagidek muammolarini urush-janjal va qurol-yarog‘ bilan emas, g‘oyaviy yoki kelishuv asosida hal qilishmoqda. Yoki har xil namoyishlar, chiqishlar, ish tashlashlar orqali jamiyatimizdagi muammolarni yechilishida katta yordam berishmoqda. Konfliktlar zinxor mavjud ijtimoiy tizimlar uchun xavf tug‘dirmaydi, aksincha, ular asosida paydo bo‘lgan pozitiv o‘zgarishlarni saqlash va ularni o‘zgartirish manbalari bo‘lib xizmat qilishi mumkin.Hozirgi kunda iqtisodiy asosda ishchilar bilan tadbirkorlar o‘rtasidagi konfliktlar o‘zining oldingi portlovchi kuchini yo‘qotgan va XIX asrga xos bo‘lgan inqilobiy usullarsiz hal qilinishi mumkin zamonaviy jamiyat konfliktni boshqarishning bu jarayonga hokimiyat strukturalarini ishtirokini ta’minlash orqali oqilona usullarini ishlab chiqdi. Ular tomonidan ishlab chiqilgan sosial konflikt nazariyasining asosiy holatlarini quyidagilarda ko‘rish mumkin:

- har qanday jamiyatning farqli tomoni – hukmronlik va bo‘ysunish munosabati bo‘lgani uchun, uning asosiy atributi konflikt hisoblanadi;

- sosial hayotning,  uning konfliktligini asosi hokimiyat munosabatlari bir guruhning ikkinchisi ustidan hukmronligi xo‘jayinning ishchilar, ofiserning askarlar, o‘qituvchining talabalar, davlat munosabatlarining barcha jamiyat a’zolari ustidan hukmronligi tashkil etadi;



- jamiyat konfliktda bo‘ladigan tizimni tashkil etadi, konfliktlarning bo‘lishi shubhasiz va ular universal. Konfliktlarning bir qancha turlari, jumladan, shaxs ichidagi, guruh ichidagi, shaxslararo va guruhlararo butun jamiyat darajasidagi, davlatlar o‘rtasidagi va boshqa turlari mavjud. Shuning uchun ham konfliktlarni halqilish haqida emas,balki ularni boshqarish to‘g‘risida gapirsak to‘g‘riroq bo‘ladi. Chunki, konfliktlar hech qachon butunlay yo‘q bo‘libketmaydi. “Insoniy munosabatlar” nazariyasining asoschisi E.Meyo ham “Zamonamizning asosiy muammosi – sanoatda  tinchlikni o‘rnatish, xavfli sosial klassik konfliktni bartaraf etish” deb ta’kidlaydi. Uning nuqtai nazaricha, “sosial sog‘lik”-bu “sosial muvozanat”, “hamkorlik holati”dir. Unga har doim nafaqat iqtisodiy, shu bilan birga ishlab chiqarish konfliktida qulay psixologik muhitni shakllantirish, mehnatdan qoniqish hissi, rahbarning demokratik boshqarish fazilati singari usullarni qo‘llash orqali harakat qilish kerak. Uning bu kabi fikrlari menedjer – amaliyotchilar tomonidan ma’lum dastaklarga ega bo‘ldi. Hozirgi vaqtda davlatimizning bir qator ilm dargohlarida konfliktologiya fan sifatida o‘qitilmoqda. Chunki, konfliktologiyani o‘rganish real hayotimiz talabidir
Download 21.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling